Muradov Muhammad Murod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mobil aloqa tayanch stansiyalarini uzlyuksiz elektr energiya bilan ta’minlash modeli va algoritmlari (O‘zbekiston Respublikasi misolida)”, 05.04.02–“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5365.
Ilmiy rahbar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.02
Rasmiy opponentlar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Hotamov Abdug‘afur, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mobil aloqa tayanch stansiyasini uzlyuksiz elektr energiya bilan ta’minlash uchun energiya ta’minot manbalarini boshqarish usulini takomillashtirish, ularning matematik modelini ishlab chiqish shuningdek, masofadan monitoring va avtomatik boshqarish qurilmasi modelini hamda ishlash algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mobil aloqa tayanch stansiyalarining elektr energiyasi ta’minot manbalari - kuchlanish, tok kuchi, akkumulyator va superkondensatorlarning zaryad darajasi hamda harorati, maxsus shkafning namlik ko‘rsatkichlarini doimiy monitoring qilish asosida avtomatik boshqaruvchi va joriy texnik holatini aniqlovchi usuli takomillashtirilgan;
tayanch stansiya energiya ta’minot manbalarining chegaraviy qiymatlarini taqqoslash asosida uzilish holatlarini ifodalash, tahlil qilish va baholash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
tayanch stansiyaning birlamchi elektr energiya uzilishlarida superkondensatorlardan foydalanishga asoslangan uzlyuksiz energiya bilan ta’minlash imkonini beruvchi ta’minot manbalarni avtomatik boshqarish blokining ishlash algoritmi taklif etilgan;
mobil aloqa tayanch stansiyasining elektr energiya ta’minot manbalarining joriy qiymatlarini o‘lchash, ularni saqlash, holatini nazorat qilish, kuzatuv markazi bilan ma’lumot almashish imkoniyatlariga asoslangan masofadan monitoring qilish va avtomatik boshqarish qurilmasining modeli hamda algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mobil aloqa tayanch stansiyalarini uzlyuksiz elektr energiya bilan ta’minlash modeli va algoritmlarini amalga oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mobil aloqa tayanch stansiyalarining elektr energiyasi ta’minot manbalari - kuchlanish, tok kuchi, akkumulyator va superkondensatorlarning zaryad darajasi hamda harorati, shuningdek, maxsus shkafning namlik ko‘rsatkichlarini doimiy monitoring qilish asosida joriy texnik holatini aniqlash va avtomatik boshqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi usuli “O‘zbektelekom” AK va “NET FEAT MOBILE” XKda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi 34-8/4813-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, zaxira manbalar ko‘rsatkichlarini doimiy monitoring va nazorat qilish asosida ishlash muddati 15-20 foizga oshirilgan;
tayanch stansiya energiya ta’minot manbalarining chegaraviy qiymatlarini taqqoslash asosida uzilish holatlarini ifodalash, tahlil qilish va baholash imkonini beruvchi matematik modeli “O‘zbektelekom” AKda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi 34-8/4813-son ma’lumotnomasi). Natijada real ish sharoitlarida tayanch stansiya energiya ta’minotida yuzaga keladigan uzilish holatlarini tahlil qilish, har xil energiya manbalari o‘rtasida avtomatik boshqaruv algoritmlarini ishlab chiqish hamda zaxira manbalarni ishga tushirish jarayonlarini modellashtirish va baholash imkonini bergan;
tayanch stansiyaning birlamchi elektr energiya uzilishlarida superkondensatorlardan foydalanishga asoslangan uzlyuksiz energiya bilan ta’minlash imkonini beruvchi ta’minot manbalarni avtomatik boshqarish blokining ishlash algoritmi hamda dasturi yordamida olingan natijalar “O‘zbektelekom” AKda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi 34-8/4813-son ma’lumotnomasi). Boshqaruv blokining ishlash algoritmi tizimning ishlash parametrlarini yozib borish va ularni tahlil qilish orqali uzilishlarni oldindan aniqlash hamda oldini olish bilan tayanch stansiya uzlyuksiz ishlash samaradorligini 1-1,5 foizga oshirish imkoniyatini bergan;
mobil aloqa tayanch stansiyasining elektr energiya ta’minot manbalarining joriy qiymatlarini o‘lchash, ularni saqlash, holatini nazorat qilish, kuzatuv markazi bilan ma’lumot almashish imkoniyatlariga asoslangan masofadan monitoring qilish va avtomatik boshqarish qurilmasining modeli, algoritmi va dasturi “UNICON.UZ” MChJ va “NET FEAT MOBILE” XKda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi 34-8/4813-son ma’lumotnomasi). Natijada, mobil aloqa tayanch stansiyalarini uzlyuksiz elektr energiya bilan ta’minlash, ishonchliligi va samaradorligini oshirish hamda zaxira elektr energiya ta’minot manbalarini ishlash muddatini oshirishga erishilgan.