Berdalieva Mohlaroyim Abdulhamid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Arrali tola ajratish jarayoni parametrlarini optimallashtirish yo‘li bilan mahsulot sifatini yaxshilash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5392 
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti., DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arrali tola ajratish jarayoni parametrlarini boshqarish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish orqali paxta maxsulotlari sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta tolasini chigitdan ajralishi jarayoni  tahlili asosida tola ajratish mashinasi ishchi kamerasi materiali bilan paxta orasidagi ishqalanish koeffisientining paxta harakati tezligi va ko‘chishiga tasirini matematik modeli ishlab chiqilgan;
paxta chigitining ishchi kameradagi harakat tezligi va ko‘chishiga paxta bilan ishchi kamera yuzasi orasidagi ishqalanish koeffisienti past bo‘lgan ishchi kamera konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarilayotgan toladagi nuqsonli aralashmalar miqdori, kalta tolalar indexi va chigitning mehanik shikastlanganligi arrali slindr tezlik parametrlariga bog‘liqligini hisobga olgan holda arrali slindr tezligini boshqarish usuli va uni amalga oshiradigan mehatronik tizim ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli tajribalarni rejalashtirish va o‘tkazish usulidan foydalanib tola ajratish jarayonining ratsional tezlik parametrlari va ular asosida mashinaning energiya sarfini kamaytirishni ta’minlovchi ish rejimlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
amaliy tadqiqotlar natijalari asosida paxtani dastlabki ishlash jarayoni bosqichlarida texnologik mashinalarning paxta tolasi va chigiti sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va uning sabablari asoslab berilgan;
turli chet el va mahalliy paxta tolasini chigitdan ajratish mashinalari ishini o‘rganish natijasida ularning paxta maxsulotlari sifat ko‘rsatkichlariga qay darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi va birlik maxsulotga to‘g‘ri keladigan elektr enegiyasi sarflari hisoblangan va taqqoslangan;
 paxta chigitining ishchi kameradagi harakat tezligi va ko‘chishiga paxta bilan ishchi kamera yuzasi orasidagi ishqalanish koeffisienti kamaytirish imkonini beradigan ishchi kamera tayyorlangan;
paxta tolasini chigitdan ajralishi jarayoni ishchi parametrlarini boshqarish imkoniyatlari va mavjud uskunalar ishi tahlil qilingan va olingan natijalar asosida tola ajratish jarayoni parametrlarini boshqarish tizimi ishlab chiqilgan va mashina energiya sarfini kamaytirishni ta’minlovchi ish rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta chigitidan tolani sifatli ajratib olishni ta’minlovchi mashina ishchi parametrlarini boshqarish tizimini yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy–amaliy tadqiqotlar natijalari asosida:
parametrlari boshqariladigan tola ajratish mashinasi “Namangan ART-SOFT HOLDING” MChJ ga qarashli Pop paxta tozalash AJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachilik sanoat uyushmasining” 2025 yil 8-sentyabr 04/25-2123 son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtadan tola va chigitlarni ajratilishi jarayonida paxta tolasi tarkididagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushi nisbiy 11,3% ga, urug‘lik va texnik chigitlar mexanik shikastlanishi 15%,  jarayon energiya sarfi bitta mashina xisobiga 3.5 kVt/soatga kamayishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish