Bekkamov Fayzi Absoatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kutubxona tizimlarida axborot resurslarini tavsiya etish modeli, algoritmlari va dasturiy moduli”, 05.01.09–“Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5313.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.02
Rasmiy opponentlar: Atadjanov Jasurbek Abdusharibovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Azimov Bunyod Raximjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini tahlil qilishni hisobga olgan holda resurslarni tavsiya qilish modeli, algoritmlarini ishlab chiqish asosida kutubxona tizimlarida ma’lumot qidirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kutubxona tizimlarida foydalanuvchilarning raqamli profil ma’lumotlarini shaxsga yo‘naltirishni aks ettiruvchi parametrlar asosida foydalanuvchilar va resurslar o‘rtasidagi bog‘liqlikni matematik ifodalash, ma’lumotlarni qayta ishlash hamda individual axborot ehtiyojiga ko‘ra ma’lumotlarini tasniflovchi axborot modeli ishlab chiqilgan;
raqamli profil ma’lumotlarining tahlili asosida axborot ehtiyojlari o‘xshash bo‘lgan foydalanuvchilar guruhlarini aniqlash, ular uchun mos resurslarni tanlash hamda kutubxona xizmatlarini shaxsga yo‘naltirish darajasini orttirish hisobiga qidiruv samaradorligini oshirishga imkon beruvchi resurslarni tavsiya etish algoritmi yaratilgan;
foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini ularning raqamli profili, demografik ma’lumotlari, qidiruv so‘rovlari tarixi, resurslarning metama’lumotlari va resursga nisbatan baholash hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish hisobiga tavsiya etish samaradorligi va tezkorligini oshiruvchi Baes usuliga asoslangan bashorat qilish algoritmi taklif etilgan;
kutubxona tizimlarida foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlariga ko‘ra axborot resurslarni aniqlash hamda ular asosida tavsiya etish imkonini beruvchi “Libsmart” integrallashgan kutubxona tizimining funksional tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kutubxona tizimlarida axborot resurslarini tavsiya etish modeli, algoritmlari va dasturiy modulini yaratish bo‘yicha ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida:
kutubxona tizimlarida foydalanuvchilarning raqamli profil ma’lumotlarini shaxsga yo‘naltirishni aks ettiruvchi parametrlar asosida foydalanuvchilar va resurslar o‘rtasidagi bog‘liqlikni matematik ifodalash, ma’lumotlarni qayta ishlash hamda individual axborot ehtiyojiga ko‘ra ma’lumotlarini tasniflovchi axborot modeli “O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi” Axborot-resurs markazi elektron kutubxona tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashining 2025-yil 14-apreldagi 4/17-1349/05-1-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, foydalanuvchilarning profil ma’lumotlarini formallashtirish hamda axborot ehtiyojlariga ko‘ra resurslarni shaxsga yo‘naltirish amalga oshirilgan;
raqamli profil ma’lumotlarining tahlili asosida axborot ehtiyojlari o‘xshash bo‘lgan foydalanuvchilar guruhlarini aniqlash, ular uchun mos resurslarni tanlash hamda kutubxona xizmatlarini shaxsga yo‘naltirish darajasini orttirish hisobiga qidiruv samaradorligini oshirishga imkon beruvchi resurslarni tavsiya etish algoritmi “Respublika axborot-kutubxona markazi”da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashining 2025-yil 14-apreldagi 4/17-1349/05-1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, axborot ehtiyojlari o‘xshash bo‘lgan foydalanuvchilarni aniqlash hamda resurslarni tavsiya etish samaradorligini 1,3-1,5 foizga oshirish imkonini bergan;
foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini ularning raqamli profili, demografik ma’lumotlari, qidiruv so‘rovlari tarixi, resurslarning metama’lumotlari va resursga nisbatan baholash hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish hisobiga tavsiya etish samaradorligi va tezkorligini oshiruvchi Baes usuliga asoslangan bashorat qilish algoritmi “Qarshi davlat universiteti” Axborot-resurs markazida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashining 2025-yil 14-apreldagi 4/17-1349/05-1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kutubxona tizimlarida foydalanuvchilarning profil ma’lumotlari asosida axborot ehtiyojlarini bashorat qilish amalga oshirilgan;
kutubxona tizimlarida foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlariga ko‘ra axborot resurslarni aniqlash hamda ular asosida tavsiya etish imkonini beruvchi “Libsmart” integrallashgan kutubxona tizimining funksional tuzilmasi va dasturiy majmuasi “Respublika axborot-kutubxona markazi” tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashining 2025-yil 14-apreldagi 4/17-1349/05-1-sonli ma’lumotnomasi). Kutubxona tizimiga Face ID, o‘zbek tilida ovozli qidiruv, geografik joylashuvni aniqlash modullari integratsiya qilingan hamda resurslarini qidirish samaradorligi 1,6-2,0 % foizga oshirish imkonini bergan.