Kurbonov Salimjon Numonjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni investision-innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish”, 08.00.02 –Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. PhD /Iqt4649.
Ilmiy rahbari: Abduraximova Saida Axmadjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedieva Aliya Toxtarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilhomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni investision-innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Investision-innovatsion rivojlanishni tartibga solish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni milliy iqtisodiyotda investisiya oqimlari va innovatsion jarayonlarning o‘zaro integratsiyasini bozor mexanizmlari, raqamli boshqaruv tizimlari hamda institutsional rag‘batlantirish vositalari orqali muvofiqlashtirishni ta’minlovchi kompleks boshqaruv tizimi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda uzoq muddatli majburiyatlar shaklida kapital qo‘yilmalarni takror ishlab chiqarish strukturasini, texnologik tarkibini va ulardan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda muhim rol o‘ynovchi omillar aniqlangan;
yuqori va past daromadli investisiyalar rentabelligi dinamikasining chiziqli va eksponensial tahlili asosida ishlab chiqilgan investisiya mexanizmlarini tartibga solishning bosqichma-bosqich modelini joriy etish orqali investisiya samaradorligi indeksini 12,7% ga oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni investision-innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Investision-innovatsion rivojlanishni tartibga solish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini milliy iqtisodiyotda investisiya oqimlari va innovatsion jarayonlarning o‘zaro integratsiyasini bozor mexanizmlari, raqamli boshqaruv tizimlari hamda institutsional rag‘batlantirish vositalari orqali muvofiqlashtirishni ta’minlovchi kompleks boshqaruv tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy siyosat” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda kompleks boshqaruv tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “Investision-innovatsion rivojlanishni tartibga solish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini beradi;
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda uzoq muddatli majburiyatlar shaklida kapital qo‘yilmalarni takror ishlab chiqarish strukturasini, texnologik tarkibini va ulardan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda muhim rol o‘ynovchi omillarni aniqlashga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlarni shakllantirish hamda Farg‘ona viloyatidadagi omillardan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 9-dekabrdagi 3/dn-247-sonli hamda Farg‘ona viloyati hokimligining 2025-yil 17-iyundagi 04-07/1233-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda investision jarayonlarning samaradorligi va FIKning milliy me’yor sifatida joriy etilishi investisiya siyosatini kuchaytirib, kapital, moliyaviy va ijtimoiy investisiyalardan foydalanishni optimallashtirish hamda texnologik yangilanishni uzlyuksiz ta’minlash imkonini bergan;
yuqori va past daromadli investisiyalar rentabelligi dinamikasining chiziqli va eksponensial tahlili asosida ishlab chiqilgan investisiya mexanizmlarini tartibga solishning bosqichma-bosqich modelini joriy etish orqali investisiya samaradorligi indeksini 12,7% ga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 9-dekabrdagi 3/dn-247-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiyalarni amalga oshirish shakllaridan – ulushli ishtirok etish, qimmatli qog‘ozlar xaridi, konsessiyalar, er va mulk huquqlarini qo‘lga kiritish hamda intellektual mulk obektlariga investisiya kiritish kabi yo‘nalishlardan oqilona va tartibli foydalanishni ta’minlab, investisiya shakllarining har biridan kutilayotgan iqtisodiy qaytishni ilmiy asosda baholash, investisiya oqimlarining optimal tarkibini shakllantirish va investisiya faoliyatining huquqiy shakllari bo‘yicha samaradorlikni oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni investision-innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlariga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 9-dekabrdagi 3/dn-247-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda investisiya resurslari, davlatning tartibga solish maqsadlari va investorlar bilan ishlash funksiyalarini, investisiya jarayonlarini ilmiy asosda baholash, resurslarni optimal taqsimlash va davlat investisiya siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlari shakllantirish imkonini bergan.