To‘ychieva Nodira G‘ulom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3117.
Ilmiy rahbari: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yusupova Dildora To‘rajanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni boshqarishni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion, fundamental va amaliy loyihalarni yaratishga yo‘naltirilgan uslubiy yondashuvlar asosida zamonaviy ilmiy-amaliy laboratoriyalar va raqamli dasturiy ta’minotlar bazasini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish hamda ta’lim va tadqiqot integratsiyasini amalda ta’minlash natijasida OTMlarda fan va ta’lim sifati ko‘rsatkichini oshirish chegarasi (ChFTK q 20 - 25%) asoslangan;
innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini takomillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyatini samarali baholash va ularni rag‘batlantirishning KPI (Key Performance Indicators) tizimidagi ilm-fanga qo‘shgan hissasini patent va tijoratlashgan loyihalar ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholashga ustuvorlik berish orqali pedagogik faoliyat samaradorligini o‘rtacha 18% ga oshirish asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijalarini iqtisodiy foyda keltiradigan shaklga keltirish vositasi sifatida Spin-off korxonalarning samaradorligini baholash uchun ishlab chiqilgan muayyan mezonlar (tijoratlashgan mahsulotlar ulushi (25≤TMU≤37), tashqi investorlarning ishtirok etish darajasi (18≤TI≤27) va bozorga chiqarilgan texnologik echimlar soni (21≤TE≤32)) o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash taklifi asoslangan;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida “Innovatsion-transformator-tadbirkor modeli”ni ishlab chiqish va ushbu modelni joriy etish natijasida oliy ta’lim muassasalarida xususiy investisiyalarni jalb qilishning 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni boshqarishni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar asosida:
innovatsion, fundamental va amaliy loyihalarni yaratishga yo‘naltirilgan uslubiy yondashuvlar asosida zamonaviy ilmiy-amaliy laboratoriyalar va raqamli dasturiy ta’minotlar bazasini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish hamda ta’lim va tadqiqot integratsiyasini amalda ta’minlash natijasida OTMlarda fan va ta’lim sifati ko‘rsatkichini oshirish chegarasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish markazining 2025-yil 26-avgustdagi 02G‘01-01-332-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida zamonaviy ilmiy-amaliy laboratoriyalar hamda raqamli dasturiy ta’minotlar bazasini takomillashtirish orqali ta’lim sifati va ta’lim-tadqiqot integratsiyasining amalda ta’minlanganligi bo‘yicha natijalar Mulk qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi №DGU 54221);
innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini takomillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyatini samarali baholash va ularni rag‘batlantirishning KPI (Key Performance Indicators) tizimidagi ilm-fanga qo‘shgan hissasini patent va tijoratlashgan loyihalar ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholashga ustuvorlik berish orqali pedagogik faoliyat samaradorligini o‘rtacha 18% ga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish markazining 2025-yil 26-avgustdagi 02G‘01-01-332-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyatini patent va tijoratlashgan loyihalar ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholashga ustuvorlik berilishi pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratadi;
oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijalarini iqtisodiy foyda keltiradigan shaklga keltirish vositasi sifatida Spin-off korxonalarining samaradorligini baholash uchun ishlab chiqilgan muayyan mezonlar (tijoratlashgan mahsulotlar ulushi (25≤TMU≤37), tashqi investorlarning ishtirok etish darajasi (18≤TI≤27) va bozorga chiqarilgan texnologik echimlar soni (21≤TE≤32)) o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish markazining 2025-yil 26-avgustdagi 02G‘01-01-332-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Spin-off korxonalarining samaradorligini baholash uchun ishlab chiqilgan muayyan mezonlar o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida “Innovatsion-transformator-tadbirkor modeli”ni ishlab chiqish va ushbu modelni joriy etish natijasida oliy ta’lim muassasalarida xususiy investisiyalarni jalb qilishning 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish markazining 2025-yil 26-avgustdagi 02G‘01-01-332-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida xususiy investisiyalarni jalb qilishning asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.