Tadjibaeva Nigora Gulomjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida innovatsion marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3864.
Ilmiy rahbari: Zaynitdinova Umida Djalolovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Ahmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Boyjigitov Sanjar Komiljon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plehanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universtitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tijorat banklari faoliyatida innovatsion marketing strategiyalarini joriy etish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari faoliyatini samarali tashkil etish, raqobat muhitida ustunlikka erishish va mijozlar ishonchini tizimli ravishda oshirish maqsadida ularning xalqaro va milliy reyting ko‘rsatkichlari, ishonch indeksi hamda moliyaviy barqarorlik darajasiga asoslangan kompleks pozisiyalash strategiyasi ishlab chiqilgan;
fintex echimlari, sun’iy intellekt, omnikanal platforma va personallashtirilgan raqamli marketing vositalarini integratsiyalash asosida tijorat banklarida «aqlli marketing avtomatizatsiya tizimi» joriy etilgan;
tijorat banklarida marketing faoliyatini raqobatbardoshlik, texnologik yangilanish va mijozlarga yondashuv nuqtai nazaridan mijozlar bazasi bilan tizimli ishlash, ularni o‘qitish, faol muloqot, mijozga yo‘naltirilgan reklama, hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan xizmatlar yaratish va marketing samaradorligini baholashni o‘z ichiga olgan zamonaviy integral marketing konsepsiyalari orqali banklarning marketing strategiyasini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklarida marketing boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida mijozlar bazasi o‘sishi, ularning faolligi, qayta murojaat darajasi, ROMI, Retention va LTV kabi ko‘rsatkichlar, shuningdek, Sales Funnel tahlillariga asoslangan innovatsion baholash modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida innovatsion marketing strategiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari faoliyatini samarali tashkil etish, raqobat muhitida ustunlikka erishish va mijozlar ishonchini tizimli ravishda oshirish maqsadida ularning xalqaro va milliy reyting ko‘rsatkichlari, ishonch indeksi hamda moliyaviy barqarorlik darajasiga asoslangan kompleks pozisiyalash strategiyasi ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2025-yil 28-noyabrdagi 02/3-8101/25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuv marketing faoliyatining ommaviy kommunikatsiya, brending, CRM va raqamli kanallarini qamrab olgan holda amaliyotga joriy etildi. Ushbu yondashuv natijasida banklar o‘zlarining moliyaviy barqarorligi, xizmat ko‘rsatish sifati va korporativ reputatsiyasini infografika, raqamli kommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari orqali faol targ‘ib etishi orqali banklarda mijozlar ishonchi indeksi 12–15% ga oshib, mijozlarning bankka murojaat darajasi ortib, «pozitiv» prognozli reytinglarga ega bo‘lgan banklar segmentdagi ulushini kengaytirgan. Shu bilan birga, reyting natijalariga qarab chakana va korporativ mijozlar uchun mijozga yo‘naltirilgan reklama strategiyalari ishlab chiqildi va bu echimlar ROMI va Retention ko‘rsatkichlarining 5,6 foizga o‘sishiga olib kelgan;
fintex echimlari, sun’iy intellekt, omnikanal platforma va personallashtirilgan raqamli marketing vositalarini integratsiyalash asosida tijorat banklarida «aqlli marketing avtomatizatsiya tizimi» joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2025-yil 28-noyabrdagi 02/3-8101/25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuv doirasida banklar mobil ilova, chat-bot, ovozli qidiruv va targetlangan kontent kabi raqamli vositalar orqali mijozlar bilan 24/7 muloqotda bo‘lish imkonini yaratib, bank faoliyatidagi ushbu texnologik transformatsiya natijasida mijozlar faolligi va jalb darajasi 18–20% ga oshgan, ROMI ko‘rsatkichi 1,4 barobarga, Retention Rate esa 25% ga o‘sgan, sun’iy intellekt yordamida mijozga yo‘naltirilgan takliflar orqali mijozlarga tayyor echimlar taqdim etilib, bu bank marketingining ijtimoiy va axborotli xarakterini mustahkamlagan;
tijorat banklarida marketing faoliyatini raqobatbardoshlik, texnologik yangilanish va mijozlarga yondashuv nuqtai nazaridan mijozlar bazasi bilan tizimli ishlash, ularni o‘qitish, faol muloqot, mijozga yo‘naltirilgan reklama, hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan xizmatlar yaratish va marketing samaradorligini baholashni o‘z ichiga olgan 5E modeli orqali banklarning marketing strategiyasini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish taklifi “Trastbank” XAB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Trastbank” Xususiy akseonerlik bankining 2025-yil 27-noyabrdagi 01-08-4993-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llanish natijasida mijozlar turli interaktiv tadbirlar, aksiyalar va ma’lumot platformalarida ishtirok etishga jalb qilindi, Entertainment va Education komponentlarining samaradorligini ko‘rsatib, mijozlar bilan individual yondashuv asosida ish olib borilganligi tufayli, ularning qoniqish darajasi 15-18 foizgaga oshgan;
tijorat banklarida marketing boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida mijozlar bazasi o‘sishi, ularning faolligi, qayta murojaat darajasi, ROMI, Retention va LTV kabi ko‘rsatkichlar, shuningdek, Sales Funnel tahlillariga asoslangan innovatsion baholash modeli amaliyotga joriy etish taklifi “Trastbank” XAB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Trastbank” Xususiy akseonerlik bankining 2025-yil 27-noyabrdagi 01-08-4993-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida marketing xarajatlarining samaradorligi ortadi, mijozlar bilan munosabatlar yanada individuallashdi, mijozlar Lifecycle strategiyalari va mijozga yo‘naltirilgan xizmatlar orqali loyallik darajasi mustahkamlanib, natijada ROMI ko‘rsatkichi 1,25 marotaba, retention darajasi esa 12 foizga yaxshilanishi orqali bankning raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.