Suyunov Alisher Xolmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehnat bozori indikatorlarini ekonometrik modellashtirish: ish o‘rinlarining yaratilishi va qisqarishi (Econometric Modelling of Labour Market Patterns: Job Creation and Job Destruction)”, 08.00.06 – Ekonometrika va Statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt1683
Ilmiy rahbar: Yuldashev Oybek Bexzadovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, DSc.22/30.12.2019.I.85.01
Rasmiy opponentlar: Yusupov Kaxramon Ahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Fayzullaev Yadgar Shukrullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: 
Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan korxonalarning birlashtirilgan ma’lumotlar to‘plami yordamida yangi sof ish o‘rinlarini yaratish va korxonalar xususiyatlarini makro- va mikro-darajadagi tahlil asosida O‘zbekistondagi mehnat bozori xususiyatlarini empirik baholash, ish o‘rinlarini yaratilishi va qisqartirilishiga olib keluvchi omillarni o‘rganish orqali O‘zbekistonda bandlikning o‘sishiga ko‘maklashish va ishsizlikni kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy siyosat vositalarini aniqlashdan iborat. Mazkur tadqiqot mehnat bozorining keng qamrovli tahlilining empirik natijalari va ekonometrik modellar asosida tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murakkab iqtisodiy munosabatlar, an’anaviy chiziqli modellarni takomillashtirish orqali iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishda nochiziqli munosabat, asimmetriya va tarkibiy uzilishlarni hisobga olish zarurligi asoslab berilgan;
investisiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar orqali yaratiladigan ish o‘rinlari va ularning bandlikka ta’sirini baholovchi VAR (2) ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
bo‘sh ish o‘rinlari ma’lumotlarini avtomatik ravishda to‘plash va real vaqt rejimida to‘plangan ma’lumotlar bo‘sh ish o‘rinlarining sifati nuqtai nazaridan va mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo‘lgan talabni statistik baholash va avtomatlashtirilgan kuzatish usuli takomillashtirilgan;
Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ishbilarmonlik muhitining tahlili, kichik, o‘rta va yirik korxonalarda ish o‘rni bo‘yicha kengayish imkoniyatini baholovchi biznes dinamizmi holat o‘tish modeli statistik tahlil uslubi taklif qilingan;
O‘zbekiston, Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ish o‘rinlarining yaratilishi va qisqarishiga ta’sir etuvchi omillarni ishlab chiqilgan kvantil regressiya modeli va noto‘g‘ri tavsiflanishga bardoshli bo‘lgan standart xatoliklar ekonometrik modeli orqali ta’sirini baholash uslubi taklif etilgan;
O‘zbekistonda elektr ta’minotidagi uzilishlar korxonalar faoliyati ko‘rsatkichlariga, shu jumladan, xodimlar soni, hamda umumiy YaIMga ta’siri bo‘yicha bog‘liqlik o‘rganilib eng kichik kvadratlar usuli asosidagi ekonometrik modeli taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aniqlangan iqtisodiy siyosat vositalari va ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan bandlikning o‘sishiga ko‘maklashish va ishsizlikni kamaytirish uchun xizmat qiladigan tavsiyalar asosida:
murakkab iqtisodiy munosabatlar, an’anaviy chiziqli modellarni takomillashtirish orqali iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishda nochiziqli munosabat, asimmetriya va tarkibiy uzilishlarni hisobga olish zarurligi asoslab berilgan. Ushbu ilmiy yangilik makroiqtisodiy modellarga integratsiya qilish va prognozlash maqsadida qabul qilingan (2024-yil 24-avgustdagi 08/26-1-3-17818-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalangan holda 2025-yilda yalpi ichki mahsulotning 6% o‘sishi prognoz qilingan;
investisiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar orqali yaratiladigan ish o‘rinlari va ularning bandlikka ta’sirini baholovchi VAR (2) ekonometrik modeli ishlab chiqilgan. Shu asosida, davlat investisiyalarini infratuzilmani (energetika, yoʻllar, maktablar va shifoxonalar, suv va kanalizatsiya) rivojlantirishga yo‘naltirishga e’tibor qaratish va milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni qo‘shimcha moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan obligatsiyalar bo‘yicha tavsiya Iqtisodiyot va moliya vazirligi (2024-yil 24-avgustdagi 08/26-1-3-17818-son ma’lumotnomasi) tomonidan makroiqtisodiy dastur va davlat dasturlariga kiritish uchun qabul qilingan. Ushbu taklif natijasi o‘laroq davlat tomonidan 2025–2027 yillarda ijtimoiy va infratuzilma soha investisiyalari uchun 43.3 trln so‘m miqdordagi moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan, undan 11.2 trln so‘m 2025-yil uchun mo‘ljallangan;
bo‘sh ish o‘rinlari ma’lumotlarini avtomatik ravishda to‘plash va real vaqt rejimida to‘plangan ma’lumotlar bo‘sh ish o‘rinlarining sifati nuqtai nazaridan va mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo‘lgan talabni statistik baholash va avtomatlashtirilgan kuzatish usuli takomillashtirilgan. Ish o‘rinlarining sifati, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning real vaqt rejimida tahlilini amalga oshirish avtomatlashtirilgan kuzatish usuli uchun ishlab chiqilgan dasturiy vosita uchun guvohnoma (Adliya vazirligi DGU №41521, 2024-yil 23-iyul) taqdim etilgan;
Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ishbilarmonlik muhitining tahlili, kichik, o‘rta va yirik korxonalarda ish o‘rni bo‘yicha kengayish imkoniyatini baholovchi biznes dinamizmi holat o‘tish modeli statistik tahlil uslubi taklif qilingan. O‘zbekiston, Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ish o‘rinlarining yaratilishi va qisqarishiga ta’sir etuvchi omillarni ishlab chiqilgan kvantil regressiya modeli va noto‘g‘ri tavsiflanishga bardoshli bo‘lgan standart xatoliklar ekonometrik modeli orqali ta’sirini baholash uslubi taklif etilgan. Shu asosida, korxonalar rivojlanishi uchun davlat tomonidan ko‘mak berish va tartibga solish yukini qisqartirish boʻyicha tavsiyalar Vazirlik (2024-yil 24-avgustdagi 08/26-1-3-17818-son ma’lumotnomasi) tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanish uchun qabul qilingan. Mazkur taklifning joriy etilishi korxonalar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish yukini qisqartirishni belgilovchi chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
O‘zbekiston mehnat bozorining malaka tuzilmasi va dinamikasining statistik tahlili takrorlanuvchi vazifalar intensivligi va avtomatlashtirilish ehtimolligi asosida zaif kasb turlari va istiqbolda yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan kasb guruhlari aniqlangan. Natijada, 2027-yilgacha bo‘lgan davrda ahamiyatga ega bo‘ladigan malaka va ko‘nikmalariga bo‘lgan talab baholanishi amalga oshirilgan. Oliy malakali kadrlar ulushini oshirish hamda erkaklar va ayollar uchun oliy ta’limdan foydalanish imkoniyatini oshirish tavsiyasi kelgusi yillar uchun makroiqtisodiy dastur va byudjet dasturlariga kiritish uchun qabul qilindi (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 24-avgustdagi 08/26-1-3-17818-son ma’lumotnomasi).
O‘zbekistonda elektr ta’minotidagi uzilishlar korxonalar faoliyati ko‘rsatkichlariga, shu jumladan, xodimlar soni, hamda umumiy YaIMga ta’siri bo‘yicha bog‘liqlik o‘rganilib eng kichik kvadratlar usuli asosidagi ekonometrik modeli taklif qilingan. Bunda elektr ta’minotidagi uzilishlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga murakkab va yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishga to‘sqinlik qilishi empirik model asosida isbotlangan. Mazkur ta’sir modeli empirik natijalaridan o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqilishida hamda tashqi va ichki xatarlarni baholashda foydalaniladi (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 24-avgustdagi 08/26-1-3-17818-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish