Maxsudov Muzaffar Ikromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini shakllantirish yo‘llari”, 08.00.16–“Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5918.
Ilmiy rahbar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kenjabaev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muminov Nozim Gaffarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Dissertatsiya ishining maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan strategiyani ilmiy asoslash, ularning holatini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv va metodologiyani ishlab chiqish hamda barqaror rivojlanishni strategik boshqarish modelini taklif etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tizimi takomillashtirilib, ularni iqtisodiy, tashkiliy, texnologik, raqamli va ijtimoiy bloklarga ajratish asosida kompleks baholash yondashuvi ishlab chiqilgan;
sanoat korxonalarining raqamli iqtisodiyot sharoitidagi holatini tashxislash uchun yangi uslubiy yondashuv taklif qilinib, u korxonaning resurs salohiyati, raqamli infratuzilmasi, boshqaruv mexanizmlari va raqamli innovatsiyalar darajasiga asoslangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali barqaror rivojlanish holatini aniqlash imkonini yaratilgan;
sanoat korxonalarining barqaror rivojlanish sinfini baholashning integrallashgan metodologiyasi ishlab chiqildi. Ushbu metodologiya korxonalar faoliyatining raqamli, iqtisodiy va ekologik samaradorlik ko‘rsatkichlarini yagona indeks shaklida baholashni ta’minlaydi hamda sanoat subektlarining strategik rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlashda amaliy ahamiyat kasb etgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan strategik boshqaruv modeli ishlab chiqildi. Mazkur model raqamli texnologiyalar, innovatsion boshqaruv tizimi va iqtisodiy barqarorlik mexanizmlarini integratsiyalash orqali korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish va ularning uzoq muddatli rivojlanishini kafolatlashga xizmat qiladi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash strategiyasini shakllantirish yo‘llari sanoat korxonalarida strategik boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: ishlab chiqilgan ilmiy yangiliklardan biri sanoat korxonalarining iqtisodiy holatini diagnostika qilish metodikasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir. Ushbu metodika korxonalar faoliyatini moliyaviy, ishlab chiqarish, innovatsion va tashkiliy ko‘rsatkichlar asosida baholash imkonini beradi. 2024-yil davomida metodika «Shaxrisabz vino-aroq» AJda tajriba-sinov tariqasida qo‘llanildi. Natijada, korxonada ishlab chiqarish hajmini prognozlashning aniqligi oshdi, risklarni erta aniqlash va qaror qabul qilish samaradorligi yaxshilandi. Diagnostika natijalari asosida korxona xarajatlarini optimallashtirish va resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. (“Shahrisabz vino-aroq zavodi” AJning 2025-yil 27-avgustdagi 111-son, “Xovrenko nomidagi Samarqand vino zavodi” AJning 2025-yil 28-avgustdagi 01/07-87-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston — 2030 strategiyasi to‘g‘risida” PF-158-sonli Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq amalga oshirildi; ishlab chiqilgan konseptual yondashuvlardan biri sanoat korxonalarining barqaror rivojlanish strategiyasini shakllantirish bilan bog‘liqdir. Ushbu strategiya korxonada ishlab chiqarish, investisiya va moliyaviy boshqaruv tizimlarini bir butun yondashuv asosida uyg‘unlashtirish imkonini beradi. 2023–2024-yillarda «Shaxrisabz vino-aroq» AJda mazkur strategiya asosida rivojlanish dasturi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi. Natijada, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish yaxshilandi, investisiya loyihalarining samaradorligi oshdi va tashqi risklarga bardoshlilik kuchaydi (“Shahrisabz vino-aroq zavodi” AJning 2025-yil 27-avgustdagi 111-son, “Xovrenko nomidagi Samarqand vino zavodi” AJning 2025-yil 28-avgustdagi 01/07-87-sonli ma’lumotnomalari); sanoat korxonalarida barqarorlikni baholash metodikasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Ushbu metodika iqtisodiy samaradorlik, ekologik xavfsizlik va ijtimoiy mas’uliyat ko‘rsatkichlarini kompleks tarzda o‘zida mujassam etadi. ROA bo‘yicha “Shahrisabz vino-aroq zavodi” 2016–2018 yillarda eng yuqori cho‘qqiga chiqqan, keyin pasayish kuzatilgan; ROE 2025 yilda 6,75% dan 2030 yilda 8,34% gacha o‘sishi (asosiy ssenariy) bashorat qilingan. Natijada, korxonaning ekologik faoliyati yaxshilanadi, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash kengaytiriladi va ijtimoiy mas’uliyat doirasidagi loyihalar ko‘paytiriladi (“Shahrisabz vino-aroq zavodi” AJning 2025-yil 27-avgustdagi 111-son, “Xovrenko nomidagi Samarqand vino zavodi” AJning 2025-yil 28-avgustdagi 01/07-87-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu yangilik Prezidentning 2019-yil 27-dekabrdagi PQ-4477-son qarori (“O‘zbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”) ijrosiga to‘la mos keladi ; raqamli transformatsiya va yashil iqtisodiyot asosida strategik boshqaruv modeli 2024-yilda «Shaxrisabz vino-aroq» AJda sinovdan o‘tkazildi. Ushbu model sanoat korxonalarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni (Big Data, IoT, blokcheyn) joriy etish bilan birga, ekologik barqarorlikni ham ta’minlashni nazarda tutadi. Amaliyotda modelni qo‘llash natijasida ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtirildi, energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi oshdi, chiqindilar kamaytirildi. Bu esa korxonaga nafaqat iqtisodiy samaradorlikni, balki ekologik barqarorlikni ham ta’minlash imkonini berdi (“Shahrisabz vino-aroq zavodi” AJning 2025-yil 27-avgustdagi 111-son, “Xovrenko nomidagi Samarqand vino zavodi” AJning 2025-yil 28-avgustdagi 01/07-87-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi Prezidentning 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3512-son qarori (“Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) hamda 2019-yil 27-dekabrdagi PQ-4477-son qarori (“Yashil iqtisodiyot strategiyasi”) bilan uzviy bog‘liqdir.