Dulanov Botir Erqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yangi O‘zbekistonda milliy o‘zlikni anglash dialektikasi. 23.00.03 – siyosiy madaniyat va mafkura.
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ss168
Ilmiy rahbar: Yuldashev Anvar Ergashevich tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03 
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor, Qo‘chqorov Vohab Hoshimovich siyosiy fanlar doktori, professor.   
Yetakchi tashkilot: Respublika ma’naviyat markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  Yangi O‘zbekistonda milliy o‘zlikni anglash dialektikasini tadqiq etish orqali uni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning ijobiy siyosiy imijini shakllantirish va milliy manfaatlarni axborot muhitida himoya qilishda milliy siyosatning yangi paradigmasi sifatida “raqamli diplomatiya” (Ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqa, onlayn diplomatiya,  axborot siyosati va piar, hisobdorlik va ochiqlik)ni joriy etish orqali milliy o‘zlik xususiyatlarini ochib berish mumkinligi ilmiy asoslangan;
jamiyat transformatsiyalashuvi sharoitida milliy o‘zlikning assimillyasiya bo‘lish holatlarini bartaraf etish bilan birgalikda yoshlarda tashqi madaniy va siyosiy ta’sirlarga nisbatan ma’naviy immunitetni shakllantirish ularning faol hayotiy pozisiyasini hamda ma’naviy tarbiya va ta’limini kuchaytirishga mo‘ljallangan (tarixiy-madaniy meros, ta’lim tizimi, media savodxonligi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning uyg‘unligi) “integrativ identifikatsiya” konsepsiyasiga asoslangan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish zarurati ilmiy asoslangan;
“Yangi O‘zbekiston” fenomeni milliy o‘zlikni anglashning yangi bosqichi sifatida inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning hamjihatlik, masʼuliyat va innovatsion tafakkur asosida qayta shakllanishi (millatning tarixiy tajribasini asrab, zamonaviy sivilizatsiya talablariga mos holda rivojlantirish)ga olib kelganligi yangi milliy islohotlar misolida ilmiy asoslangan;
raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali global axborot oqimining fuqarolarning milliy o‘zlikni anglashiga salbiy ta’siri natijasida “raqamli madaniy immunitet” konsepsiyasiga aoslangan g‘oya (kibermadaniy tarbiya orqali milliy ongni mustahkamlash), huquqiy normalar va media institutlar (davlat media markazlari, madaniy platformalar) asosida kibermadaniy tarbiya dasturlari (maktab va oliy ta’lim dasturlari, onlayn kurslar, interaktiv madaniy kontent)ni yaqin kelajakda joriy etish zarurati ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yangi O‘zbekistonda milliy o‘zlikni anglash texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
O‘zbekistonning ijobiy siyosiy imijini shakllantirish va milliy manfaatlarni axborot muhitida himoya qilishda milliy siyosatning yangi paradigmasi sifatida “raqamli diplomatiya” (Ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqa, onlayn diplomatiya,  axborot siyosati va piar, hisobdorlik va ochiqlik)ni joriy etish orqali milliy o‘zlik xususiyatlarini ochib berish mumkinligi doir takliflari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ish rejalari, chora-tadbirlari hamda “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqishda (Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining 2024-yil 07-noyabrdagi № 04-15/1458 - sonli maʼlumotnomasi) joriy etilgan. Natijada Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda milliy o‘zlikni anglash madaniyatini shakllantirish” mavzusida metodik qo‘llanma va 25  banddan iborat “Milliy g‘oya — milliy o‘zlik asosi” maʼrifiy-amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi;
O‘zbekistonning ijobiy siyosiy imijini shakllantirish va milliy manfaatlarni axborot muhitida himoya qilishda milliy siyosatning yangi paradigmasi sifatida “raqamli diplomatiya” (Ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqa, onlayn diplomatiya,  axborot siyosati va piar, hisobdorlik va ochiqlik)ni joriy etish orqali milliy o‘zlik xususiyatlarini ochib berish mumkinligi doir takliflari O‘zbekiston Milliy axborot agentligining faoliyatida (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2025-yil 15-dekabrdagi № 01-23/1444 - sonli dalolatnomasi) joriy etilgan. Natijada O‘zbekiston Milliy axborot agentligining faoliyatida mamlakatimizning ijobiy siyosiy imijini xalqaro maydonda shakllantirishga qaratilgan ilmiy-ommabop xabar va maqolalarda aynan milliy o‘zlik bilan bog‘liq jihatlarni targ‘ib etish, xalqaro hamjamiyat vakillarining bu boradagi fikrlarini keng yoritib borish maqsadida chora-tadbirlar belgilandi; 
raqamli dilomatiyani joriy etish orqali ijobiy siyosiy imij va milliy manfaatlarni  himoya qilish faoliyati Agentlikning rasmiy veb-sayti (uza.uz) va ijtimoiy tarmoqlar (Twitter, Faceebok, Instagram, Telegram) orqali aynan axborot tarqatish va PR kampaniyalarida keng qo‘llanilmoqda;
milliy o‘zlikni (madaniyat, tarix, urf-odatlar va islohotlar) jahon auditoriyasiga ochib berishga xizmat qiluvchi maxsus rukn tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi; 
jamiyat transformatsiyalashuvi sharoitida milliy o‘zlikning assimillyasiya bo‘lish holatlarini bartaraf etish bilan birgalikda yoshlarda tashqi madaniy va siyosiy ta’sirlarga nisbatan ma’naviy immunitetni shakllantirish ularning faol hayotiy pozisiyasini hamda ma’naviy tarbiya va ta’limini kuchaytirishga mo‘ljallangan (tarixiy-madaniy meros, ta’lim tizimi, media savodxonligi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning uyg‘unligi) “integrativ identifikatsiya” konsepsiyasiga asoslangan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish zaruratiga oid takliflari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi ish rejalari, chora-tadbirlari hamda “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqishga joriy etilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yil 31-oktyabrdagi № 02/02-62 - sonli maʼlumotnomasi). Natijada hududlar uchun jamiyatda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni saqlash va rivojlantirish orqali aholining, xususan yoshlarning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqishda  foydalanildi;
“Yangi O‘zbekiston” fenomeni milliy o‘zlikni anglashning yangi bosqichi sifatida inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning hamjihatlik, masʼuliyat va innovatsion tafakkur asosida qayta shakllanishi (millatning tarixiy tajribasini asrab, zamonaviy sivilizatsiya talablariga mos holda rivojlantirish)ga olib kelganligi yangi milliy islohotlar misolida doir takliflari «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi faoliyatida («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2025-yil 16- dekabrdagi 01-07-634-sonli dalolatnomasi) joriy etilgan. Natijada «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazida “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasini amalga oshirish bo‘yicha “milliy o‘zlikni anglash” bilan bevosita bog‘liqligi va uning fuqarolar ongiga taʼsirini baholashga doir bir qator so‘rovnomalar o‘tkazildi; 
raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali global axborot oqimining fuqarolarning milliy o‘zlikni anglashiga salbiy ta’siri natijasida “raqamli madaniy immunitet” konsepsiyasiga aoslangan g‘oya (kibermadaniy tarbiya orqali milliy ongni mustahkamlash), huquqiy normalar va media institutlar (davlat media markazlari, madaniy platformalar) asosida kibermadaniy tarbiya dasturlari (maktab va oliy ta’lim dasturlari, onlayn kurslar, interaktiv madaniy kontent)ni yaqin kelajakda joriy etish zaruratiga doir takliflaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi faoliyatida (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yil 31-oktyabrdagi № 02/02-62 - sonli maʼlumotnomasi) joriy etilgan. Natijada fuqarolarda milliy o‘zlik va daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishga doir maxsus tadbirlar va saylovoldi targ‘ibot – tashviqot dasturlari ishlab chiqildi. Shuningdek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish