Fayzieva Gulruh Muxammadi qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) nomi “O‘zbekistonda uy-joy daxlsizligi huquqini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu122624.2.PhD/Yul411
Ilmiy rahbar: Narimanov Bekzod Abduvalievich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar nomzodi, professor Saydullaev Shaxzod Alixanovich, yuridik fanlar doktori, professor Gafurov Askar Baisovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi oil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda uy-joy daxlsizligi huquqini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini va uni amalga oshirish mexanizmini nazariy bilimlar, xalqaro standartlar va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
inson shaxsiy hayoti daxlsizligi va huquqiy himoya kafolatlarini ta’minlashda konstitutsiyaviy huquq sifatida har kimning uy-joy daxlsizligiga bo‘lgan huquqni  Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi zarurligi asoslantirilgan;
uy-joyga kirish, shuningdek uni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonun bilan belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yilishiga oid qoida konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi zarurligi asoslantirilgan;
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari barcha respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiyligi mustahkamlanishi zarurligi asoslantirilgan;
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ o‘z vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni, ma’lumotlar va axborotni vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan so‘rashi va olishiga oid vakolat qonun bilan belgilanishi zarurligi asoslantirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joy daxlsizligi huquqini takomillashtirish sohasidagi tadqiqotlarning olingan ilmiy natijalari asosida quyidagi qonun hujjatlari qo‘llanildi:
har kimning uy-joy daxlsizligiga bo‘lgan huquqini konstitutsiyaviy darajada belgilash to‘g‘risidagi taklif Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasining 4-qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024 yil 30 oktyabrdagi №110-1014-son Dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi uy-joy daxlsizligi huquqini konstitutsiyaviy darajada ta’minlashga va sohaga doir qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishga xizmat qiladi.
uy-joyga kirish, shuningdek uni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonun bilan belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yilishiga oid taklif Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  31-moddasining 5-qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024 yil 30 oktyabrdagi №110-1014-son Dalolatnomasi). Ushbu normaning joriy etilishi uy-joy daxlsizligi huquqi sud qaroriga yoki qonun hujjatlariga muvofiq cheklanishi mumkinligini konstitutsiyaviy darajada belgilanishiga xizmat qiladi;
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari barcha respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiyligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 18-moddasining ikkinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024 yil 30 oktyabrdagi №110-1014-son Dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi uy-joy daxlsizligi huquqining institutsional va huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi;
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ o‘z vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni, ma’lumotlar va axborotni vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan so‘rashi va olishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 27-qismining 11-bandida ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024 yil 30 oktyabrdagi №110-1014-son Dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi shaharsozlik sohasida davlat nazoratining samaradorligini va ochiqligini oshirish orqali uy-joy daxlsizligi hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan uy-joy daxlsizligi huquqining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish