Kiyamova Zuhra Normurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jo‘jalarda pulloroz va streptokokkoz kasalliklarining aralash kechishi va patomorfologik differensial diagnostikasi”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V161
Ilmiy rahbar: Elmurodov Bozorboy Axtamovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Hamroqulov Nuriddin Shokir o‘g‘li, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parrandalar pulloroz va streptokokkozini aralash holatda patomorfologik diagnostikasini ishlab chiqish, kasallikga patomorfologik tezkor tashxis qo‘yishning zamonaviy usullarini ilmiy asoslash va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikaning Samarqand viloyati parrandachilik fermer xo‘jaliklarida parrandalar orasida pulloroz va streptokokkozning aralash holda tarqalishi, uning ayrim bakterial kasalliklar bilan o‘zaro ta’siri hamda o‘ziga xos mavsumiyligi aniqlangan. Mavsumiyligi bo‘yicha bahorda 11,5%, yozda 15,3 foizgacha, kuzda 12,2%, qishda esa 10,1 foizgacha kasallanishi aniqlangan;
parrandalarda pulloroz va streptokokkoz aralash infeksiya holida kechganda organizmda o‘ziga xos gemodinamik va distrofik jarayonlar oshqozon ichaklar, o‘pka, buyrak va jigarda kasallikni kuchli rivojlanganligi aniqlangan;
pulloroz va sreptokokkoz kasalliklari bilan aralash holda kasallangan jo‘jalar qonida eritrotsitlar sonining 14,6 foizga kamayishi va leykotsitlar sonining 11,2 foizga oshib borishi, leykoformulaning 1.2% o‘zgarishi aniqlangan;
jo‘jalar pulloroz va streptokokkozining differensial patomorfologik diagnostikasi bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amalyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jo‘jalarda pulloroz va streptokokkoz kasalliklarining aralash kechishi va patomorfologik differensial diagnostikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Parrandalarning pulloroz va streptokokkoz kasalliklarining patomorfologik differensial diagnostikasi” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Samarqand viloyatining Narpay tumani “Osiyo Maroqand”, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kattaqo‘rg‘on-parranda” va Samarqand shaxridagi “Afrosiyob Parranda” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 7-noyabrdagi 02/23-815-son ma’lumotnomasi). Natijada jo‘jalarning pulloroz va streptokokkoz kasalligiga tezkor differensial diagnoz qo‘yilishiga erishilgan;
2022-2024 yillar davomida parrandalarda pulloroz va streptokokkozni aralash holda tarqalishi va mavsumiylik dinamikasi, etiologik omillari, patologanatomik tashxislash, oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqilgan va Samarqand shahridagi “Afrosiyob parranda”, Qo‘shrabot tumanidagi “Qo‘shrabot lomann parranda” va Oqdaryyo tumanidagi “Muxabbat sarvar fayz” xususiy korxonalaridagi parrandachilik fermer xo‘jaliklari va aholiga tegishli parrandalarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 7-noyabrdagi 02/23-815-son ma’lumotnomasi). Natijada parrandalarning pulloroz va streptokokkoz kasalliklariga qarshi kurashish va oldini olish imkonini yaratishga va xo‘jaliklarni sog‘lomlashtirilishiga erishilgan;
Jo‘jalarda pulloroz va streptokokkoz kasalliklari alohida va aralash holda kechganda patologik o‘zgarishlar, to‘qima va qon namunalarini bakteriologik, serologik, gematologik tekshirishlar asosida patomorfologik diagnostikasi ishlab chiqilgan va Samarqand viloyati “Ilonsoy lomann parranda”, “Osiyo maroqand” parrrandachilik xo‘jaliklari va aholiga tegishli jo‘jalarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 7-noyabrdagi 02/23-815-son ma’lumotnomasi). Natijada parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi mutaxasisslar uchun parrandalarning pulloroz va streptokokkoz kasalliklariga patomorfologik tekshirishlar asosida birlamchi tashxis qo‘yilishiga erishilgan.