Kamolova Nilufar Davir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda altruizm namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/P1384.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna  psixologiya fanlari doktori (DSc), professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Baykunusova Gulmira Yuldibaevna, psixologiya fanlari doktori, professor; Nusratova Mexriniso Baxshilloevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda altruizm namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda altruizmning namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarga ko‘ra psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarida altruizm kasbiy identifikatsiya negizi kechganligi bois yaqqol ifodalanmagan bo‘lsa, matematika ta’lim yo‘nalishi talabalarida analitik tafakkurning kuchliligi altruistik motivlarning ichki faollashtiruvchisi ekanligiga asoslanib emotsiya va ratsional qaror qabul qilish ko‘nikmasi muhim omil sifatida dalillangan;
talabalarda altruizmni namoyon bo‘lishi shaxsning o‘ziga beradigan bahosi bilan bog‘liqligiga ko‘ra kasbiy “Men”ni kommunikativ, irodaviy, emotsional, intellektula xususiyatlar orqali altruist “Men” bilan identifikatsiyalanishi aniqlangan;
talabalarda altruizm namoyon bo‘lishi uchun pedagogning referentometrik ta’siri “pedagog-talaba” munosabatlaridagi ijtimoiy identifikatsiya va empatiyani kuchayishiga olib kelganligi tufayli pedagogning improvizatsion qobiliyati psixodiadaktik prediktor ekanligi  aniqlandi;
talabalarda altruizm namoyon bo‘lishiga o‘quv motivatsiyasining  ta’siri birinchi bosqichda ijtimoiy mavqega intilish hamda o‘z imkoniyatlarini ijodiy rakursda ro‘yobga chiqarish motivi, ikkinchi va uchinchi kurslarda esa ijtimoiy motivning ustuvorligi tufayli professional motivlarga bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda altruizm namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarda altruizmning namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarga ko‘ra psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarida altruizm kasbiy identifikatsiya negizi kechganligi bois yaqqol ifodalanmagan bo‘lsa, matematika ta’lim yo‘nalishi talabalarida analitik tafakkurning kuchliligi altruistik motivlarning ichki faollashtiruvchisi ekanligiga asoslanib emotsiya va ratsional qaror qabul qilish ko‘nikmasi muhim omil sifatida dalillashga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 459-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 459- a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda altruizm namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillarni aniqlashga erishilgan.
talabalarda altruizmni namoyon bo‘lishi shaxsning o‘ziga beradigan bahosi bilan bog‘liqligiga ko‘ra kasbiy “Men”ni kommunikativ, irodaviy, emotsional, intellektula xususiyatlar orqali altruist “Men” bilan identifikatsiyalanishi aniqlashga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 459-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 459- a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda altruizm namoyon bo‘lishida o‘z-o‘zini baholash darajasini ta’sirin aniqlashtirishga sharoit yaratilgan.
talabalarda altruizm namoyon bo‘lishi uchun pedagogning referentometrik ta’siri “pedagog-talaba” munosabatlaridagi ijtimoiy identifikatsiya va empatiyani kuchayishiga olib kelganligi tufayli pedagogning improvizatsion qobiliyati psixodiadaktik prediktor ekanligi  aniqlashga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 459-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 459- a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda shaxs differensial xususiyatlarining altruistik xulq motivlarining namoyon bo‘lishiga ta’sirini dalillashga erishilgan.
talabalarda altruizm namoyon bo‘lishiga o‘quv motivatsiyasining  ta’siri birinchi bosqichda ijtimoiy mavqega intilish hamda o‘z imkoniyatlarini ijodiy rakursda ro‘yobga chiqarish motivi, ikkinchi va uchinchi kurslarda esa ijtimoiy motivning ustuvorligi tufayli professional motivlarga bog‘liq ekanligi dalillashga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 459-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 459- a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda altruistik xulq motivlarining namoyon bo‘lishidagi yoshga oid dinamik xususiyatlarni aniqlash imkoni yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish