Boymurodova Zarnigor Xushvaqtovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oila ijtimoiy-ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirishda affiliatsiya motivining ijtimoiy-psixologik asoslari », 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P329.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Nurullaeva Baxtigul Bobojonovna, psixologiya fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oila ijtimoiy-ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirishda affiliatsiya motivining ijtimoiy-psixologik asoslarini o‘rganish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
affiliatsiya motivi ijtimoiy yo‘nalganlikni ifodalab oila a’zolari orasida «emotsional ishonchli munosabatlarga kirishish», «hamjihatlikka intilish», «hamkorlikka intilish», «ahillikka intilish» va «empatiya» kabi jihatlar bilan namoyon bo‘lishi va mazkur ijtimoiy-psixologik hodisalar oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishning ijtimoiy omili ekanligi ilmiy asoslangan;
oilaning ijtimoiy-ma’naviy muhitining sog‘lomligiga  oila azolari orasidagi «o‘zaro ishonchi», «bir-birini tushunish», «dunyo qarashning mosligi», «oilaning umumiy belgilari» va «er-xotinlar o‘rtasidagi erkin muloqot» kabi affiliatsiya motivining tayanch mezonlari ijobiy ta’sir qilishi aniqlangan; 
milliy tarbiya prinsiplari va ma’naviy qadriyatlar asnosida oila a’zolarining bir-birlari tomonidan «rad etilishdan qo‘rqish» motivining o‘rniga oilada, qon-qarindoshlar va jamiyatda «o‘z o‘rnini topishga intilish», «odamlarga kerak bo‘lish» va  «qabul qilinishga intilish» kabi affiliatsiya motivini shakllantirishga qaratilgan, ilmiy jihatdan asoslangan maqsadli va manzilli tavsiyalar ishlab chiqilgan;
oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishning ijtimoiy-psixologik modeli va treninglar majmuasi shaxsga korreksion-adaptiv ta’sir etib, affiliatsiya motivning «kommunikativ», «persepsiv», «interaktiv» jihatlarini rivojlanishiga bu xulq-atvorni nazorat qilish, hissiy, kognitiv, sog‘lom sosializatsiya jarayonlarini takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Oila ijtimoiy-ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirishda affiliatsiya motivining ijtimoiy-psixologik asoslari  yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
affiliatsiya motivi ijtimoiy yo‘nalganlikni ifodalab oila a’zolari orasida «emotsional ishonchli munosabatlarga kirishish», «hamjihatlikka intilish», «hamkorlikka intilish», «ahillikka intilish» va «empatiya» kabi jihatlar bilan namoyon bo‘lishi va mazkur ijtimoiy-psixologik hodisalar oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishning ijtimoiy omili ekanligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM 237-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Oila psixologiya» va «Ijtimoiy psixologiya» modullari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM 237-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, affiliatsiya motivi shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladigan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar rivojlantirilgan;
oilaning ijtimoiy-ma’naviy muhitining sog‘lomligiga  oila azolari orasidagi «o‘zaro ishonchi», «bir-birini tushunish», «dunyoqarashning mosligi», «oilaning umumiy belgilari» va «er-xotinlar o‘rtasidagi erkin muloqot» kabi affiliatsiya motivining tayanch mezonlari ijobiy ta’sir qilishi aniqlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM 237-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Oila psixologiya» va «Ijtimoiy psixologiya» modullari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM 237-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, affiliatsiya motivining tayanch mezonlarini shakllantirish imkoni oshirilgan;
milliy tarbiya prinsiplari va ma’naviy qadriyatlar asnosida oila a’zolarining bir-birlari tomonidan «rad etilishdan qo‘rqish» motivining o‘rniga oilada, qon-qarindoshlar va jamiyatda «o‘z o‘rnini topishga intilish», «odamlarga kerak bo‘lish» va  «qabul qilinishga intilish» kabi affiliatsiya motivini shakllantirishga qaratilgan, ilmiy jihatdan asoslangan maqsadli va manzilli tavsiyalar ishlab chiqilganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM 237-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Oila psixologiya» va «Ijtimoiy psixologiya» modullari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM 237-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, affiliatsiya motivini shakllantirishga oid bilimlar mustahkamlangan;
oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishning ijtimoiy-psixologik modeli va treninglar majmuasi shaxsga korreksion-adaptiv ta’sir etib, affiliatsiya motivning «kommunikativ», «persepsiv», «interaktiv» jihatlarini rivojlanishiga bu xulq-atvorni nazorat qilish, hissiy, kognitiv, sog‘lom sosializatsiya jarayonlarini takomillashtirilganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM 237-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Oila psixologiya» va «Ijtimoiy psixologiya» modullari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM 237-a-son ma’lumotnomasi). Natijada affiliatsiya motivini shakllantirishga oid zamonaviy va milliy tarbiya metodlari bo‘yicha bilimlar mustahkamlangan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish