Raximov Akmaljon Dilshodjon o‘g‘li 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eksperimental miokarditda kalamush yuragi mitoxondriyasi disfunksiyalari va ularni gossipolning diazoimino hosilalari bilan korreksiyalash”, 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1121
Ilmiy rahbar: Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/2025.27.12.B.01.14.M.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Gulbohor Tolibjonovna, biologiya fanlari doktori, professor; Gayibov Ulugbek Gapparjonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),  katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Eksperimental miokarditda yurak mitoxondriyasi disfunksiyasini YaN-1 va YaN-2 polifenol birikmalar yordamida korreksiyalash hamda ularni in vitro tajribalarda biologik faollligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gossipol diazoimino hosilasi YaN-1, YaN-2 polifenollarini in vitro tajribalarda antiradikal faolligi, yurak mitoxondriyalari megaporasini Ca2+ ionlariga bog‘liq ochilishini ingibirlashi hamda mitoKATF-kanaliga faollovchi ta’siri aniqlangan;
in vitro tajribalarida FAD-bog‘liq substratlar ishtirokida yurak mitoxondriyasidagi oksidlanishni fosforlanish jarayonidan qisman ajratishi polifenollar konsentratsiyasiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
eksperimental miokarditda gossipol diazoimino hosilasi YaN-1, YaN-2 polifenollari yurak mitoxondriyasining Ca2+ ga bog‘liq yuqori o‘tkazuvchan porasiga (mPTP), LPO jarayoni va MDA miqdoriga samarali ingibirlovchi xossasi hamda mitoKATF-kanaliga faollovchi ta’siri mavjudligi aniqlangan;
YaN-1 va YaN-2 polifenollari eksperimental miokarditda qondagi kardiomarker fermentlar faolligini kamaytirib, mitoxondriya antioksidant fermentlar faolligini oshiradi;
gossipol diazamino hosilalari YaN-1, YaN-2 polifenollari va kversetin flavonoli ekssudativ miokarditli yallig‘lanish reaksiyalarini kamaytirish orqali to‘qimalarning shikastlanishini sezilarli darajada kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gossipol diazamino hosilalarining eksperimental miokardit sharoitida kalamush yurak mitoxondriyasi disfunksiyasini korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
adrenalinli miokarditda yurak mitoxondriyasi funksional buzilishiga gossipol diazamino hosilalarining farmakologik korreksiyalovchi ta’siri bo‘yicha olingan natijalardan O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo institutining IZ-202103021/F-OT-2021-465 raqamli «Inson va hayvonlarning patologik holatlari va kasalliklarining in vitro va in vivo imitatsion modellarini ishlab chiqish» amaliy loyiha doirasida gossipol diazoimino hosilalaridan (YaN-1, YaN-2) oksidativ stress, surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitda yallig‘lanishni korreksiyalash foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 21 avgustdagi 14/17-3044 son ma’lumotnomasi). Natijada, aftoz stomatitda og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanishi kamaytirish, kasallikning korreksiyalash imkonini bergan;
gossipol diazamino hosilalarining (YaN-1, YaN-2) farmakologik xossalari bo‘yicha natijalardan O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo institutining IZ-202103021/F-OT-2021-465 raqamli «Inson va hayvonlarning patologik holatlari va kasalliklarining in vitro va in vivo imitatsion modellarini ishlab chiqish» amaliy loyiha doirasida hayvonlar patologik holatlari imitatsion modellarini (in vivo) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 21 avgustdagi 14/17-3044 son ma’lumotnomasi). Natijada, turli biologik birikmalarning aftoz stomatitga ta’sirining modellash imkonini bergan;
kardioprotektiv birikmalarning mitoxondriya darajasidagi molekulyar mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha natijalardan Polshaning Lodz universitetini № UMO-2020/37/N/NZ5/02359 raqamli “Tirozin bilan o‘zgartirilgan polietilenimin polimerlari sinergik saraton immunoterapiyasida RNKni etkazib berishning istiqbolli vektorlari sifatida” loyiha doirasida antioksidant xossaga ega moddalarning immunoterapevtik faolligini aniqlashda foydalanilgan (Polshani Lodz universitetini 2025 yil 17 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, toksikligi kam bo‘lgan modifikatsiyalangan polietilenimin polimerlarining olish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish