Gaziev Umirzak Lapasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za navlarini parvarishlashda maqbul sug‘orish tartibi hamda qator oralig‘ini ishlab chiqish (Sirdaryo viloyati bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida)”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1507
Ilmiy rahbar: Salomov Shavkat Turabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Isaev Sobirjon Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Jo‘raev Umid Anvarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyatining bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida o‘rta tolali g‘o‘zaning “Guliston” va “S-8290” navlarining maqbul qator oralig‘i va sug‘orish tartiblarini ilmiy asosda ishlab chiqish hamda klasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Sirdaryo viloyatining bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning “Guliston” va “S-8290” navlarini parvarishlash uchun maqbul sug‘orish tartibi (sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-70-65 % va 70-75-70 %) va qator oralig‘i (76 va 90 sm) ishlab chiqilgan;
g‘o‘za navlari sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-70-65 % tartibda sug‘orilganda tuproqning 0-30, 30-50 va 50-70 sm hisobiy qatlamlarda amal oxiridagi hajm og‘irligi amal davri boshiga nisbatan 0,05, 0,02, 0,03 g/sm3 ga oshganligi, 6 soat davomidagi suv o‘tkazuvchanligi 95,1 m3/ga kamayganligi, 70-75-70 % tartibda sug‘orilganda esa mazkur ko‘rsatkichlar tegishlicha 0,06, 0,04, 0,05 g/sm3, va 150,8 m3/ga ni tashkil etganligi aniqlangan;
“Guliston” va “S-8290” g‘o‘za navlarining mavsumiy sug‘orish me’yori sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-70 % tartibida 0-2-1 tizimda sug‘orilganda 2633 m3/ga ni, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-70-65 % tartibida 0-2-0 tizimda sug‘orilganda 1925,0 m3/ga bo‘lganligi aniqlangan;
bir sentner paxta hosili uchun eng kam mavsumiy suv miqdori “Guliston” g‘o‘za navida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-70-65 % tartibda va qator oralig‘i 76 sm qo‘llanilganda, “S-8290” g‘o‘za navida esa sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-70 % tartibda va qator oralig‘i 90 sm qo‘llanilganda sarflanganligi va tegishlicha 44,2 va 58,9 m3/s ni tashkil etganligi aniqlangan;
g‘o‘zaning “Guliston” navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-70-65 % sug‘orish tartibida va 76 sm qator oralig‘ida, “S-8290” navini 65-70-65 % sug‘orish tartibida va 90 sm qator oralig‘ida parvarishlashning o‘simlik o‘sish-rivojlanishi, paxta hosildorligi va tola sifati hamda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘za navlarini parvarishlashda maqbul sug‘orish tartibi va turli qator oralig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“O‘rta tolali “Guliston” va “S-8290” g‘o‘za navlarini etishtirish agrotexnologiyasi (Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoiti uchun)” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 1-apreldagi №05/04-04-110–son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyanoma Sirdaryo viloyatidagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalari xodimlari, paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun “S-8290” va “Guliston” g‘o‘za navlarini parvarishlashda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘zaning “Guliston”navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-70-65 % sug‘orish tartibida va 76 sm qator oralig‘ida va “S-8290” navini 70-75-70 % sug‘orish tartibida va 90 sm qator oralig‘ida parvarishlash agrotexnologiyasi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Mirzachul agro cluster” MChJ ning 40 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 1-apreldagi №05/04-04-110–son ma’lumotnomasi). Natijada, “Guliston” navidan 38,6 s/ga, “S-8290” navidan 40,1 s/ga paxta hosili olish bilan birga, 1-terimning salmog‘i yuqori bo‘lishiga erishilgan;
g‘o‘zaning “Guliston” va “S-8290” navlarini maqbul sug‘orish tartibida va qator oralig‘ida parvarishlash agrotexnologiyasi Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi “Agrokomplex sayqal” MChJ da 90 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 1-apreldagi №05/04-04-110–son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli hosil olish hamda suv resurslarining 10-15 % tejalishi hisobiga 87,5 % rentabellikka erishilgan.