Ergashev Jahongir Yunus o‘g‘lining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turk xoqonligi boshqaruvining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari”, 07.00.03 – Jahon tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tar502.
Ilmiy maslahatchi: Vohidov Shodmon Huseynovich, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03  Rasmiy opponentlar: 
Natalya Ermanovna Karimova, tarix fanlari doktori, professor.
Ablet Qayumovich Kamalov, tarix fanlari doktori, professor.
Alpaslan Ashik, tarix fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turk xoqonligi boshqaruv tartiblarining ijtimoiy-iqtisodiy asoslariga oid masalalarini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turk xoqonligi davlatchiligi masalalari sovet davri tarixchilari tomonidan aksariyat hollarda sinfiy kurash nuqtayi nazaridan baholagan bo‘lib, uning davlat boshqaruvi, ijtimoiy tuzilishi va siyosiy jarayonlariga etarlicha va xolisona baho berilmaganligi, xoqonlikning mustaqil davlat sifatidagi o‘rni va jahon tarixidagi ahamiyati ikkinchi darajali masala sifatida ko‘rilganligi, so‘nggi yillarda xorijda va O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlar nisbatan xolis va Turk xoqonligining to‘laqonli davlat sifatini aks ettirishi fikri asoslab berilgan;
Turk xoqonligining shakllanishida dashtda birlashgan qabila guruhlarining mavjudligi, dashtlardagi qulay sharoitlar, boshqa kuchga da’vogarlarning yo‘qligi kabi omillarning ahamiyati yuqori ekanligi, davlatning imperiyachilik mafkurasi dashtagi turli qabila va elatlar o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishi hamda mahalliy diniy e’tiqodlar ta’sirida shakllanganligi, qaram xalqlar orasida hukmronlik muhitidan norozilik va kelishmovchiliklaridan foydalanishga tayyor kuchli dushmanning mavjudligi, aristokratiyaning xitoylashuvi, yuqori qatlamlar manfaatlari va boshqa ko‘chmanchi guruhlar manfaatlari o‘rtasidagi kuchli tafovutning shakllanishi, kabi omillar davlatning kuchsizlanishi va bo‘linishiga ta’sir ko‘rsatganligi manbalar asosida dalillangan;
ko‘chmanchi boshqaruvni tashkil etishda imperiya shaklida tutib turish jarayoni davlatni zaiflashtirganligi, Xitoyga bosqinlar uyushtirish, muntazam ravishda o‘lpon olish, ko‘chmanchilarga chegara savdosida imtiyozlar berish bilan tinchlik va qarindoshlik shartnomalarini tuzish, xoqonlikni markazlashtirishning asosiy quroli deb hisoblanganligi kabi omillarning Turk xoqonligining umumiy rivojlanish sur’atini aniqlashga yordam berishi asoslangan;
qadimgi turklarda hukmdor shaxsiyati siyosiy va ma’muriy boshqaruv tizimining markaziy unsurlaridan biri bo‘lib, xoqonlar ilohiy kuchga ega shaxs sifatida davlatning mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaganligi, ular xalqning birligini ta’minlovchi, ruhiy-axloqiy yo‘nalishini belgilovchi yetakchi sifatida e’tirof etilganligi va shu bois hukmdor shaxsiyatining siyosiy-ma’muriy ahamiyati faqat davlat boshqaruvi bilan cheklanmay, balki turkiy xalqlarning mafkuraviy hayoti va madaniyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
Turk xoqonligi ko‘chmanchi davlatchilikning dasht xarakteriga mansub bo‘lib, uning mazmun-mohiyati dashtda farovon yashash uchun shart-sharoitlar yaratishni o‘zida aks ettirganligi, shu nuqtai nazardan xoqonlikning xo‘jalik tuzilishi xilma-xillikka ega murakkab iqtisodiy holatni ifodalaganligi, qadimgi turklarda aholini oziq-ovqat, kiyim-kechak kabi mahsulotlar bilan ta’minlashga qaratilgan yilqichilik, qo‘ychilik, qurol-yarog‘lar va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqishga yo‘naltirilgan metallurgiya, yirik daromad manbai bo‘lgan xalqaro savdo-sotiq va qisman dehqonchilik xo‘jalikning asosini tashkil etganligi, Turk xoqonligi iqtisodiy rivojlanishining umumiy konsepsiyasi qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslanganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turk xoqonligi davlatchiligi masalalari sovet davri tarixchilari tomonidan aksariyat hollarda sinfiy kurash nuqtayi nazaridan baholagan bo‘lib, uning davlat boshqaruvi, ijtimoiy tuzilishi va siyosiy jarayonlariga etarlicha va xolisona baho berilmaganligi, xoqonlikning mustaqil davlat sifatidagi o‘rni va jahon tarixidagi ahamiyati ikkinchi darajali masala sifatida ko‘rilganligi, so‘nggi yillarda xorijda va O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlar nisbatan xolis va Turk xoqonligining to‘laqonli davlat sifatini aks ettirishiga oid natijalardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi Tarix bo‘limining ekspozisiyasida Buxoro shahrining shakllanishi va rivojlanish tarixini yoritib berishda hamda yo‘l ko‘rsatkichini ilmiy yangiliklar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniu meros agentligining 2025-uil 23-iyundagi 04-05/2534-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Sharqiy Osiyo, Sharqiy Turkiston hududlarida mavjud bo‘lgan davlatlar bilan amalga oshirilgan savdo-diplomatik aloqalar, xalqaro siyosiy munosabatlar, ushbu munosabatlarning etnik jarayonlardagi o‘rni, o‘zaro qo‘shni bo‘lgan mintaqalar xalqlarining yagona tarixiy taqdiri hamda geosiyosiy holati, xalqlar migratsiyasi rivojlanishini tahlil etish uchun xizmat qilgan;
Turk xoqonligi davlatning dasht xarakteriga ega bo‘lib, uning mazmun-mohiyati farovon yashash uchun sharoit yaratishni aks ettirganligi, xoqonlikning xo‘jalik tuzilishi xilma-xillikka ega murakkab iqtisodiy holatni ifodalaganligi, qadimgi turklarda yilqichilik, qo‘ychilik, metallurgiya, savdo-sotiq va qisman dehqonchilik xo‘jalikning asosini tashkil etganligi, Turk xoqonligi iqtisodiy rivojlanishining umumiy konsepsiyasi qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslanganligiga oid ma’lumotlar 2017-2021-yillarda Buxoro davlat universitetida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan “OT-F1-002 – Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 2-iyundagi 02/3626-son ma’lumotnomasi). Natijalar fundamental loyiha doirasida yosh avlodda tarixiy tafakkur va milliy o‘zlikni shakllantirish, Turk xoqonligining siyosiy-madaniy merosini chuqur anglash va undan g‘oyaviy tarbiyalashda qo‘llanilmoqda.
ko‘chmanchi boshqaruvni tashkil etishda imperiya shaklida tutib turish jarayoni davlatni zaiflashtirganligi, Xitoyga bosqinlar uyushtirish, muntazam ravishda o‘lpon olish, ko‘chmanchilarga chegara savdosida imtiyozlar berish bilan tinchlik va qarindoshlik shartnomalarini tuzish, xoqonlikni markazlashtirishning asosiy quroli deb hisoblanganligi kabi omillarning Turk xoqonligining umumiy rivojlanish sur’atini aniqlashga yordam berishi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiuasining dasturiu maqsadlarini bajarishda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiuasining 2025-uil 21-apreldagi 02/02-41-sonli ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiuasining faoliyatini rivojlantirishga hamda dasturiy maqsadlarini bajarishda muhim ahamiyat kasb etdi;
Turk xoqonligining shakllanishida dashtda birlashgan qabila guruhlarining mavjudligi, dashtlardagi qulay sharoitlar, boshqa kuchga da’vogarlarning yo‘qligi kabi omillarning ahamiyati yuqori ekanligi, davlatning imperiyachilik mafkurasi dashtagi turli qabila va elatlar o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishi hamda mahalliy diniy e’tiqodlar ta’sirida shakllanganligi, qaram xalqlar orasida hukmronlik muhitidan norozilik va kelishmovchiliklaridan foydalanishga tayyor kuchli dushmanning mavjudligi, aristokratiyaning xitoylashuvi, yuqori qatlamlar manfaatlari va boshqa ko‘chmanchi guruhlar manfaatlari o‘rtasidagi kuchli tafovutning shakllanishi, kabi omillar davlatning kuchsizlanishi va bo‘linishiga ta’sir ko‘rsatganligiga doir natijalardan umumta’lim maktablarining 7-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligi (muallif: A.Zamonov va boshq. T: O‘zbekiston, 2022. – 192 b.) mazmuniga singdirilgan. Turk xoqonligi tarixini o‘rganish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2025-yil 3-iyuldagi 01/11-11-421-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Turk xoqonligining diplomatiyasi, siyosiy tarixi, madaniyati tarixiga doir mavzular mohiyatini keng jamoatchilikka tanishtirishga xizmat qilgan;
qadimgi turklarda hukmdor shaxsiyati siyosiy va ma’muriy boshqaruv tizimining markaziy unsurlaridan biri bo‘lib, xoqonlar ilohiy kuchga ega shaxs sifatida davlatning mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaganligi, ular xalqning birligini ta’minlovchi, ruhiy-axloqiy yo‘nalishini belgilovchi yetakchi sifatida e’tirof etilganligi va shu bois hukmdor shaxsiyatining siyosiy-ma’muriy ahamiyati faqat davlat boshqaruvi bilan cheklanmay, balki turkiy xalqlarning mafkuraviy hayoti va madaniyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Mavzu” va “Tarixiy savol” kabi ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali 2025-yil 15-apreldagi 01-30/243-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning foydalanilishi Turk xoqonligi boshqaruvining o‘zbek davlatchiligi tarixidagi ahamiyati, savdo munosabatlari tarixi ilmiy asoslab berilishi orqali tomoshabinlarning O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarining kengayishiga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish