Tairova Gulmira Murodjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy modelini shakllantirish asoslari”, “12.00.15 – Kriminologiya” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1567.
Ilmiy rahbar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, DSc.03/30.10.2025.Yu.186.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Adilkariev Xojimurod To‘xtamurodovich, yuridik fanlar doktori, professor Xo‘jaqulov Siyovush Baxtiyorovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashishning ijtimoiy adolat mezonlariga asoslangan va tizimlashgan milliy modelini shakllantirishga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar, shu jumladn milliy modelning asosiy (tashkiliy) komponentlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dissertatsiya tadqiqoti natijasida ishlab chiqilgan “Jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir milliy kriminologik tizim modelining asosiy (tashkiliy) komponentlari konsepsiyasi”dagi taklif va tavsiyalarning Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir milliy modelni shakllantirish hamda bu borada olib boriladigan tadqiqot ishlarining yo‘nalishi va maqsadlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi asoslantirilgan;
jinoyatlarni situatsion oldini olish (jinoiy vaziyatga yo‘l qo‘ymaslik) – jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatining alohida bosqichi ekanligi va uni ichki ishlar organlarining muhim faoliyat yo‘nalishi sifatida belgilash lozimligi haqidagi taklif asoslantirilgan;
“jinoiy jazodan ko‘zlangan asosiy maqsad ijtimoiy adolatni ta’minlash” ekanligini jinoyat qonunchilikda aniq belgilash, shu asosda jinoiy jazolar tizimini qayta ko‘rib chiqib, undan “axloq tuzatish ishlari” kabi mohiyatan eskirgan jazo turlarini chiqarib tashlash, ularning o‘rniga “ish haqidan ushlab qolish” kabi yangi jazo turlarini kiritish zarurligi asoslantirilgan;
jinoyat-protsessual qonunchiligida prinsiplar fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan qoidalar ekanligini alohida e'tirof etib, jinoyat ishlarini hay'atda yoki yakka tartibda ko‘rib chiqish kabi tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan masalalarni prinsiplar qatoridan chiqarish, jinoyat protsessini yuritishga mas’ul bo‘lgan sub’ektlarning aniq huquqiy maqomini belgilash, jinoyat protsessida jabrlanuvchiga etkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarning qoplanishini ta’minlash, jinoyat ishlarini yuritayotgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning harakatlari va qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini belgilash lozimligi asoslantirilgan;
jinoyat ishlarini yuritishda nafaqat sudning balki boshqa mas’ul sub’ektlar, jumladan prokurorning mustaqilligini ta’minlash muhimligi, bu borada prokuratura organlarida kollegial boshqaruv organlari, shuningdek malaka va odob-axloq kengashlarini faoliyatini yo‘lga qo‘yish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
“Jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir milliy kriminologik tizim modelining asosiy (tashkiliy) komponentlari konsepsiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti (2024 yil 20 noyabrdagi 40/653-son xat) hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti (2025 yil 8 iyuldagi 3/dn-142-son xat) tomonidan e'tirof etilgan va ilmiy g‘oya sifatida qo‘llab-quvvatlangan, kelgusida jinoyat qonunchiligini takomillashtirish, shuningdek Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda inobatga olinishi bildirilgan;
jinoyatlarni situatsion oldini olish tushunchasi, jinoiy vaziyatlarni oldini olish usullari va vositalariga doir ilmiy qarashlar Huquqni muhofaza qilish akademiyada yaratilgan “Kriminologiya” darsligida o‘zining ifodasini topdi hamda o‘quv jarayonida foydalanilishi ta’minlandi (O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining 2025 yil 07 noyabrdagi 30/23-416/25-son dalolatnomasi). Bu soha mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qiladi;
“jinoiy jazodan ko‘zlangan asosiy maqsad ijtimoiy adolatni ta’minlash” ekanligini jinoyat qonunchilikda aniq belgilash, shu asosda jinoiy jazolar tizimini qayta ko‘rib chiqib, undan “axloq tuzatish ishlari” kabi mohiyatan eskirgan jazo turlarini chiqarib tashlash, ularning o‘rniga “ish haqidan ushlab qolish” kabi yangi jazo turlarini kiritish haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (Umumiy qismi)ning yangi tahrirdagi loyihasi X-bobi 48-moddasi 2-qismini hamda X-bobi 49-moddasi 2-qismini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 12 oktyabrdagi 27/2-269-24-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan yangicha yondashuvlarning yuzaga kelishiga xizmat qiladi;
jinoyat-protsessual qonunchiligida prinsiplar fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan qoidalar ekanligini alohida e'tirof etib, jinoyat ishlarini hay'atda yoki yakka tartibda ko‘rib chiqish kabi tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan masalalarni prinsiplar qatoridan chiqarish, jinoyat protsessini yuritishga mas’ul bo‘lgan sub’ektlarning aniq huquqiy maqomini belgilash, jinoyat protsessida jabrlanuvchiga etkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarning qoplanishini ta’minlash, jinoyat ishlarini yuritayotgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning harakatlari va qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini belgilash haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi 2-bobi 5-moddasi 1-qismi, 4-bobi 37-moddasi 1-qismi, 4-bobi 41-moddasi 1-qismi, 46-bobi 350-moddasi 1-qismi, 54-bobi 393-moddasi 1-qismi hamda 394-moddasi 1-qismini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 12 oktyabrdagi 27/2-270-24-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida jinoyat-protsessual jarayonlarni ijtimoiy adolatni ta’minlashga yo‘naltirilishi, optimallashishi va jinoyat ishlarini yuritishga mas’ul sub’ektlarning funksionallashuvini ta’minlashga xizmat qiladi;
jinoyat ishlarini yuritishda nafaqat sudning balki boshqa mas’ul sub’ektlar, jumladan prokurorning mustaqilligini ta’minlash muhimligi, bu borada prokuratura organlarida kollegial boshqaruv organlari, shuningdek malaka va odob-axloq kengashlarini faoliyatini yo‘lga qo‘yish lozimligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 17 iyuldagi 27/2-174-24-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati uchun mas’ul sub’ektlardan biri bo‘lgan prokuratura organlarining mustaqilligini ta’minlashga, shuningdek prokuratura xodimlarining kasbiy va axloqiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
.