Ismoilova Sarvinoz Qahramon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayollar tadbirkorligini barqaror rivojlanish imkoniyatlari”, 08.00.15 - Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt4273.
Ilmiy rahbar: Murodxujaeva Feruza Majidovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Muminova Elnoraxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximova Moxigul Isroiljonovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollar tadbirkorligini barqaror rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ayollar tadbirkorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkorlik faoliyatini gender inklyuziyasi, ya’ni ayollarning iqtisodiy resurslar, bozor infratuzilmasi va institutsional imkoniyatlarga teng kirishi hamda ularning tadbirkorlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
ayollar tadbirkorligini hududlarda rivojlantirishda hududiy ixtisoslashuv indeksi asosida kompleks baholashning “yuqori darajada” (HIIyuq. ≥ 2,0), “barqaror” (1,25 ≤ HIIbar. < 2,0), “o‘rta darajada” (0,75 ≤ HIIo‘rta < 1,25), “zaif” (0,5 ≤ HIIzaif < 0,75), “kritik holat” (HIIkrit. < 0,5) miqdoriy chegaralarida ixtisoslashuv darajasining maqbul hajmlarini ta’minlash asoslangan;
ayollar tadbirkorligining hududiy va tarmoqlararo barqaror rivojlanishini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash maqsadida “Ayollar sanoat zonalari”ni tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
Namangan viloyatida ayollar tadbirkorligini istiqbolda barqaror rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollar tadbirkorligini barqaror rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “ayollar tadbirkorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkorlik faoliyatini gender inklyuziyasi, ya’ni ayollarning iqtisodiy resurslar, bozor infratuzilmasi va institutsional imkoniyatlarga teng kirishi hamda ularning tadbirkorlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Akademik konikmalar va kasbiy kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Namangan davlat universiteti Kengashining 2025-yil 30-maydagi 12-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ayollar tadbikorligi tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha kengroq bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
ayollar tadbirkorligini hududlarda rivojlantirishda hududiy ixtisoslashuv indeksi asosida kompleks baholashning “yuqori darajada” (HIIyuq. ≥ 2,0), “barqaror” (1,25 ≤ HIIbar. < 2,0), “o‘rta darajada” (0,75 ≤ HIIo‘rta < 1,25), “zaif” (0,5 ≤ HIIzaif < 0,75), “kritik holat” (HIIkrit. < 0,5) miqdoriy chegaralarida ixtisoslashuv darajasining maqbul hajmlarini ta’minlash taklifi Namangan viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 3-dekabrdagi 5947-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida tavsiya etilgan indeks asosida 13 ta hududda ixtisoslashuv darajasi aniqlanib, Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi hududiy dasturlarini rejalashtirishda foydalanilmoqda. Natijada, 2024-yilda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash loyihalari soni 25% ga oshgan;
ayollar tadbirkorligining hududiy va tarmoqlararo barqaror rivojlanishini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash maqsadida “Ayollar sanoat zonalari”ni tashkil etish taklifi Namangan viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 3-dekabrdagi 5947-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Ayollar sanoat zonalari”da o‘rtacha 300-500 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratiladi, ayollar tadbirkorligini klaster asosida rivojlantirish imkoniyati yaratiladi, eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliylashtirilgan va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati kengayadi;
Namangan viloyatida ayollar tadbirkorligini istiqbolda barqaror rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Namangan viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 3-dekabrdagi 5947-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Namangan viloyatida tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanib, viloyatda ayollar tadbirkorligini 2030-yilgacha rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlash imkoni yaratilgan.