Imamaliev Baxtiyor Alisherovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Allergiyaga qarshi fitokompozisiyalarni texnologiyasini ishlab chiqish va farmako-toksikologik baholash», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya, 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.DSc/Far34.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.04/30.09.2022.Far.134.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Foziljonova Malika Shukhratjonovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Sirov Vladimir Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shakhmurova Gulnara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi allergodermatozlarni tashqi davolash uchun bo‘lgan fitokompozisiyalarni ishlab chiqish va farmako-toksikologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekzemani tashqi davolash uchun mahalliy dorivor o‘simlik xom ashyosi asosida suyuq ekstrakt va dorivor yig‘ma shaklidagi fitokompozisiyaning tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqildi;
atopik dermatitni tashqi davolash uchun mahalliy dorivor o‘simlik xomashyosi asosida quruq ekstrakt, gel, krem, surtma va dorivor yig‘malarni shaklidagi fitokompozisiyaning tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqildi;
turli omillar ta’sirini o‘rganish orqali ekzemani tashqi davolash uchun suyuq ekstrakt texnologiyasi ishlab chiqildi, ishlab chiqilgan texnologiya barqarorlikka ta’sir qiluvchi balast moddalarining ajralishini kamaytiradigan, faol moddalarning ajralishini saqlagan holda va kremniyorganik moddalarining yuqori ajralishiga ega;
ekzemani tashqi davolash uchun suyuq ekstrakti, shuningdek, atopik dermatitni tashqi davolash uchun quruq ekstrakti, gel, krem va surtma sifat ko‘rsatkichlari aniqlandi;
ekzemani tashqi davolash uchun tavsiya etilgan suyuq ekstraktining bezararligi isbotlangan (o‘tkir va nimo‘tkir toksikligi, mahalliy ta’sirchanligi va allergiya chaqirish xususiyati, umumiy farmakologik faollik);
ekzemani tashqi davolash uchun suyuq ekstraktining antiallergik, antigistamin, yallig‘lanishga qarshi faolligi sintetik preparatlardan (topik glyukokortikosteroidlar, antigistamin vositalar va an’anaviy preparatlar) kam emasligi va ba’zi hollarda hatto ulardan oshib ketishi isbotlangan;
ekzemani tashqi davolash uchun suyuq ekstrakti va atopik dermatitni tashqi davolash uchun suyuq ekstrakti etalon preparatlaridan kam bo‘lmagan yarani davolovchi faollikka ega ekanligi isbotlangan;
ekzemani tashqi davolash uchun suyuqlik ekstrakti va atopik dermatitni tashqi davolash uchun suyuq ekstraktning ta’sir qilish mexanizmi o‘rganildi, uning mohiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri antigistamin (gistaminni blokirovka qiluvchi) ta’sirida va terining morfologiyasiga tiklovchi ta’sir ko‘rsatishida;
ekzemani tashqi davolash uchun suyuqlik ekstrakti va atopik dermatitni tashqi davolash uchun suyuq ekstraktning barqarorligi o‘rganildi va farmako-toksikologik barqarorlik ba’zi fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarda og‘ishlardan keyin ham saqlanib turishi aniqlandi;
ekzemani tashqi davolash uchun dorivor yig‘maning, shuningdek, atopik dermatitni tashqi davolash uchun quruq ekstrakt, gel, krem, surtma va dorivor yig‘maning bezararligi aniqlangan (o‘tkir toksiklik, mahalliy ta’sirchanligi va allergiya chaqirish xususiyati);
ekzemani tashqi davolash uchun dorivor yig‘maning va atopik dermatitni tashqi davolash uchun dorivor yig‘maning antiallergik faolligi isbotlangan va antiallergik faolligi sintetik preparatlardan (topik glyukokortikosteroidlar, antigistamin vositalar va an’anaviy preparatlar) kam emasligi ham;
atopik dermatitni tashqi davolash uchun quruq ekstrakt, gel, krem va surtmaning antiallergik faolligi aniqlandi, antiallergik faolligi ro‘yxatga olingan dori shaklidan ustunligi isbotlandi va har bir dorivor shakli uchun samarali dozali konsentratsiya o‘rnatildi;
atopik dermatitni tashqi davolash uchun quruq ekstrakt, gel, krem va surtmaning biokiraolishligi o‘rganilib, dori shakli va ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi bilan biokiraolishligi ko‘rsatkichlari o‘zgarishi aniqlandi;
yangi biofarmatsevtik qonuniyat aniqlandi, uning mohiyati shundaki, dori shakli va turli dori shakllarini olish texnologiyasidagi o‘zgarishlar farmakodinamik sinergizm tufayli farmakodinamikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi, farmakokinetikaga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan holda.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Allergodermatozlarni tashqi davolash uchun fitokompozisiyalarni ishlab chiqish va farmako-toksikologik xususiyatlarini o‘rganishda olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
ixtiroga patent IAP 06068, bu ekzemani davolash uchun ishlab chiqilgan fitoyig‘maning sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish imkonini beradi;
ixtiroga patent IAP 06409, bu ekzemani davolash uchun ishlab chiqilgan suyuqlik ekstraktining sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish imkonini beradi;
O‘zbekiston Respublikasining DV/M 04095/04/22-sonli ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, «Mediofarm» MChJ negizida atopik dermatit va allergodermatozlarni davolash uchun innovatsion, dorivor, antiallergik vosita sifatida tibbiy amaliyotda keng qo‘llash maqsadida «Fitoallergoderm» suyuq ekstraktini ishlab chiqarish va sotuvga chiqarish imkonini beradi;
«Fitoallergoderm» suyuq ekstrakti uchun tibbiyotda foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘riqnomada, atopik dermatit va allergodermatozlarning tashqi terapiyasi uchun preparatni klinik qo‘llash uchun ko‘rsatmalar mavjud;
«Fitoallergoderm» suyuq ekstrakti uchun tasdiqlangan korxona farmakopeya maqolasi KFM 42 Uz 15098648-4936-2022. Natijada «Mediofarm» MChJ negizida ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.