Avezova Umida Maksudovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xorazm vohasi sharoitida ondatra (Ondatra zibethica) populyasiyasining ekologik xususiyatlari va dinamikasi tahlili», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1055.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Temirbekov Ramatulla Orazimbetovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasi sharoitida ondatra (O. Zibethica.L) populyasiyasining ekologik xususiyatlarini va son dinamikasini  aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasida Ondatra (Ondatra zibethica) populyasiyasining hozirgi holati periferik suv havzalarining ozuqa sig'imi va uyadan himoya qilish qobiliyatiga muvofiq barqaror ekanligi aniqlangan;
ondatrani yashash joylari Xorazm viloyati kollektor-drenaj tarmog‘i qirg‘oq chizig‘ining tipi va xarakteriga bog‘liqligi aniqlangan;
populyasiya dinamikasi Xorazm viloyati suv havzalari suv sathining o‘zgarishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, suv sathi past bo‘lgan yillarda tur soni kamayib, suv miqdorining ortishi bilan ko‘payishi asoslangan;
erlarning himoyalanganlik darajasi pasayishi natijasida voyaga etgan ondatralar orasida erkaklarning nisbiy soni asta-sekin kamayib borishi, bu esa populyasiyaning noxush holat ko‘rsatkichi ekanligi isbotlangan;
ondatra populyasiyasi sonining o‘zgarishi ko‘p omilli boshqaruv tizimi nazorati ostida bo‘lib, bunda ekzogen va endogen omillarning populyasiya xususiyatlariga ta’siri uning yoshi va mavsumiga qarab ko‘payish intensivligi turlicha bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi sharoitida ondatra (Ondatra zibethica) populyasiyasining ekologik xususiyatlari va son dinamikasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm viloyatida ondatra (Ondatra zibethica) populyasiyasining holati tahlil qilishda, populyasiyaning iqlim sharoitlariga moslashishi va zoogeografik taqsimlanishi, suv ekotizimlarining ekologik barqarorligini saqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2 oktyabrdagi 02/08/-3-665-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Quyi Amudaryo, jumladan Qoraqalpog‘istonning janubiy hududlaridagi kollektr-drenaj tarmoqlari sohalari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy hodimlar uchun qo‘llanma sifatida, suv ekotizimlarining ekologik barqarorligini saqlash, bigoegotsenologik aloqlarda turlarni ko‘payishiga hamda hayvonlar son dinamikasida ekologik omillarning ahamiyatini baholash imkonini bergan;
ondatra (Ondatra zibethica) populyasiyasi dinamikasini aniqlash va muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar  O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (2025-yil 24 fevraldagi 03-03/1-03/3-1816-son ma’lumotnoma). Natijada, Xorazm viloyatida ondatra (Ondatra zibethica) populyasiyasining ekologik monitoringi va hozirgi holatini baholash, populyasiyaning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritasini yaratish va populyasiya dinamikasiga ta’sir qiluvchi endogen va ekzogen omillarni aniqlash, shu bilan birga Xorazm viloyatida ondatra (Ondatra zibethica) populyasiyasining kadastr ma’lumotlarini ishlab chiqish imkonini bergan.  

  

Yangiliklarga obuna bo‘lish