Allamov Raxmatulla Gulmirza o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gurlan gili asosida keramzit olishning samarador massa tarkiblari va texnologiyasini yaratish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T3038.
Ilmiy rahbar: Boyjanov Islom Rajabboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Orzimbetova Gulistan Jaksilikovna, texnika fanlari doktori, professor; Dosanova Gulzar Maulenbergenovna, texnika fanlari falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gurlan gili asosida samarador massa tarkiblarini va keramzit olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Gurlan koni gili kimyoviy-mineralogik tarkibiga ko‘ra, tarkibida kvars, kaolinit, dala shpati va boshqa minerallarni ahamiyasiz miqdorida gidroslyudali xomashyo guruhiga kirishi birinchi marta aniqlangan;
Gurlan gilining kimyoviy, fizik-mexanik va texnologik xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy oksidlar miqdori va asosiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra, mineral tarkibi “Keramzit shag‘ali, toshi va qumi” ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan GOST 32026-2012 talablariga javob berishi hamda ushbu gil ko‘pchish darajasi bo‘yicha o‘rta ko‘pchiydigan (ko‘pchish koeffisienti 3,45 %) va o‘rtacha ko‘pchish intervaliga (50 oC harorat) ega bo‘lgan gidroslyudali gillar guruhiga tegishli ekanligi asoslangan;
o‘rtacha kimyoviy-mineralogik tarkib, mayin disperslik darajasi (64 % dan yuqori) va mayin dispers erkin kvarsning kam miqdordaligi, jadal kuydirishda bu gilga oson suyuqlanuvchanlik va ko‘pchishni hamda uni keramzit olishda ishlatish imkonini berishi isbotlangan;
ilk bor Gurlan gili asosida gossipol smolasi va Tuproqqal’a barxan qumi kabi mahalliy to‘g‘rilovchi qo‘shimchalarni qo‘llab samarador keramzit massalari ishlab chiqilgan;
birinchi marta keramzit olishda gossipol smolasi yuqori haroratlarda pirogenetik xarakterga ega bo‘lgan holda uglerodgacha parchalanib (ya’ni ko‘mirlashib) qaytaruvchi rolini o‘ynab, ko‘pchish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni maqbul kuydirish haroratida tajribaviy massalarini hajmiy zichligini kamaytirishi aniqlangan;
maqbul massadan olingan tajriba namunalarining mikrostrukturasi etalondan ancha mayda g‘ovakli strukturasi, yangi hosilalarning ko‘p darajasi va shuning natijasida yuqori fizik-mexanik xususiyatlari bilan farqlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gurlan gili asosida mahalliy qo‘shimchalarni qo‘shilgan samarador tarkibdan keramzit ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gurlan gili asosida keramzit olishning samarador massa tarkiblari va texnologiyasi “Azkamar” MChJ da amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati” Korxonalar Uyushmasining 2024 yil 27 dekabrdagi 02/15-4101-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, keramzit granulalarini ko‘pchitish haroratini 100 oC ga pasaytirish va mavjud standart GOST 9757-90 talablariga mos keluvchi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini bergan;
ishlab chiqilgan keramzit shag‘ali tarkibi «Triumf gornyak» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati” Korxonalar Uyushmasining 2024 yil 27 dekabrdagi 02/15-4101-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, keramzit olishda Gurlan koni gili va Tuproqqal’a barxan qumi hamda sanoat chiqindisi gossipol smolasidan foydalanish hisobiga keramzit pishirish harorati 70-100 °C ga pasaygan, keramzit massalaridan past haroratlarda (1050-1080°C) pishirib olingan keramzitning fizik-mexanik xossalari yaxshilangan, ko‘pchish koeffisienti - 4,45 ga, siqilishga chidamliligi 2,1 MPa gacha oshirilgan, hajmiy og‘irligi esa 380 kg/m3 ga kamaytirilgan keramzit donalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.