Erkaeva Nodira Choriyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Filtrlovchi qo‘shimchalar qo‘llash bilan o‘simlik moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3844.
Ilmiy rahbar: Axmedov Azimjon Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Majidov Qaxramon Xalimovich, texnika fanlari doktori, professor; Ro‘ziboev Akbarali Tursunbaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: filtrlovchi qo‘shimchalar qo‘llash bilan o‘simlik moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik moylarida moyli urug‘dagi lipoksigenazalar ta’sirida hosil bo‘lgan gidroperekislarning izlari yorug‘lik, harorat va mahsulot tarkibidagi namlik hisobiga metall ionlari yoki boshqa erkin radikallar bilan ta’sirlashib, malon dialdegidlarigacha parchalanishi isbotlangan;
paxta va kungaboqar moylarini kaustik sodaning 250 g/l konsentratsiyali eritmasi bilan sayqallovchi rafinatsiyalash texnologiyasiga asosan 14,1 dan 4,2 mmol ½ O/kg gacha, kungaboqar moyi uchun 17,3 dan 1,4 mmol ½ O/kg gacha pasayishi ilmiy asoslangan;
moy-soapstok muhitidagi muallaq zarrachalarni samarali filtrlash uchun 20% konsentratsiyali karbamid eritmasi shimdirilgan kungaboqar luzgasining Karmana opokasimon gili bilan 50:50 nisbatdagi aralashmasini 180-200℃ haroratda pirolizlash bilan olingan filtrlash agentining (FA) g‘ovakliklari o‘rtacha o‘lchami 77,01 Å bo‘lganda moyni filtrlash tezligini 1,34 martagacha jadallashtirishi ilmiy asoslangan;
70% li sirka kislotasida yumshoq usulda faollashtirilgan Karmana opokasimon gilini kungaboqar luzgasi bilan aralashtirib pirolizlash natijasida olingan koagulayasiyalovchi va adsorbsion faollikga ega filtrlash oqlash agenti (FOA) moyning kislota hamda perekis sonlarini 30% gacha samarali pasaytirishiga erishishi isbotlangan;
sayqallovchi rafinatsiyalangan paxta va kungaboqar moylariga 600 C haroratda moy massasiga nisbatan 1,5-2,0% miqdorida filtrlash-oqlash agenti bilan ishlov berish moy-soapstok muhitida soapstokni koagulyasiya markazlarini hosil qilib, jipslashtirishi hisobiga filtrlashning dastlabki tezligini 10% gacha oshirishi ilmiy asoslangan;
oksidlangan paxta va kungaboqar moylarini sayqallovchi rafinatsiyalash, moy-soapstok muhitida moyni samarali filtrlash uchun FA va koagulyasiyalovchi hamda adsorbsion faollikga ega FOA olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Filtrlovchi qo‘shimchalar qo‘llash bilan o‘simlik moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida.
sayqallovchi rafinatsiyalash texnologiyasi “Asian golden oil” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoati korxonalari” uyushmasining 2024-yil 25-oktyabrdagi KC/3-369-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moyning kislota sonini 0,52 dan 0,17 mg KOH/g gacha, perekis sonini 18,4 dan 6,4 ½O mmol/kg gacha, rangini 23 dan 14 mg J gacha pasaytirishga hamda namunalarni 1,0-2,0% miqdorida filtrlovchi agent qo‘shib filtrlashda moyning filtrlanish tezligi 0,42 dan 1,63 kg s/m2 gacha oshirish imkonini bergan;
sayqallovchi rafinatsiyalash va FOA agentlarini soapstokni moydan ajratish texnologiyasi “Sultontex group” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoati korxonalari” uyushmasining 2024-yil 25-oktyabrdagi KC/3-369-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moyga 1,0-2,5% miqdorida filtrlovchi-oqlovchi agent qo‘shilishi moyning filtrlanish tezligini 4,56 martagacha oshishiga, rangini 12% gacha pasaytirishga, kislota sonini 30% gacha va perekis sonini 15% gacha kamaytirish imkonini bergan.