Abduraxmanov Jamoliddin Abdugulom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antikoagulyant faollikka ega bo‘lgan polisaxarid hosilalarini molekulyar konstruksiyalash», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K990.
Ilmiy rahbar: Shomurotov Shavkat Abduganievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, professor; Maulyanov Solixjon Alimjanovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antikoagulyant faollikka ega bo‘lgan, polisaxaridlarning yangi hosilalarini sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy, farmako-toksikologik xususiyatlarini hamda “tuzilish - biologik faollik” orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli molekulyar massali va belgilangan miqdorda aldegid guruhlari tutgan dekstran va kraxmalning polialdegid hosilalari sintez qilishning maqbul reaksiya sharoitlari aniqlangan;
polialdegiddekstran va polialdegidkraxmalni 2-AES bilan nukleofil birikish reaksiyasi amalga oshirilgan va tarkibida turli miqdorda sulfat guruhi tutuvchi fragment saqlagan hosilalari sintez qilingan;
dekstran va kraxmalning azometin bog‘li 2-AES fragmenti tutuvchi hosilalarini qaytarish reaksiyasining maqbul sharoitlari aniqlangan;
fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida dekstran va kraxmal asosida sintez qilingan konyugatlarni tuzilishi va molekulyar ko‘rsatkichlari isbotlangan;
ilk bor dekstran va kraxmal asosida antikoagulyant va antiagregant xossalariga ega bo‘lgan konyugatlari olish mumkinligi isbotlangan hamda ularning tuzilish va biologik faolligi o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dekstran va kraxmalni 2-AES bilan kimyoviy modifikasiyalash va olingan hosilalarning tuzilishi va biologik faolligini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dekstranning 2-AES bilan konyugatsiyalash orqali antikoagulyant xususiyatli hosilalarini olish usuli ishlab chiqilgan va bu usulga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (IAP 7672 2024). Natijada, dekstranning 2-AES hosilasi asosida yuqori antikoagulyant xususiyatli konyugat olish imkonini bergan;
kraxmal 2-AES tutgan hosilasi asosida antikoagulyant xususiyatli konyugatlar olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (IAP 8059 2025). Natijada, kraxmalning 2-AES hosilasi asosida yuqori antikoagulyant xususiyatli konyugat olish imkonini bergan.