Xoshimov Farxod Fayzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pestisidlar, fitogormonlar, yuqori molekulyar birikmalar va nanokumush asosidagi yuqori dispersli kompozisiyalar shakllantirishning kolloid-kimyoviy asoslari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/K238.
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Rovshan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor; Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor; Xandamov Davron Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxalliy xom-ashyolar asosida nanokumush tutgan barqaror kolloid tizimlar, gibrid gidrogellar, maxalliy ikkilamchi xom ashyo erituvchi almashingan emulsion preparatlar, fitogormon kiritilgan kompozisiyon pestisid tizimlar olishning kolloid kimyoviy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barqaror nanokumush tizimlar sintezi xaqida yangi ma’lumotlar olingan va qulay sintez sharoiti - 20oC xarorat, kumush nitrat - 0,0463 M, qaytaruvchilar glyukoza yoki natriy sitrat - 0,1 M, barqarorlashtiruvchilar dekstrin yoki PVS - 1% li konsentratsiyalari ekanligi aniqlangan;
bufer ekstragentlar o‘simliklar ekstraksiya unumini orttirishi aniqlangan va unum Peganum harmala L. -16,5%, Nicotiána tabácum L. - 15,9%, Sophora japonica L. - 18,3 % ni tashkil etishi asoslangan;
alkaloid va flavonoid tutgan o‘simliklar aralashmasidan ekstraktlar olish imkoniyati Peganum harmala L. va Sophora japonica L. misolida ko‘rsatilgan va unum 13,2% ni tashkil etganligi aniqlangan;
“alkaloid+flavonoid=birikma” reaksiyalari orqali birikmalar sintez qilish imkoniyati dezoksipeganin va rutin asosida rutin:dezoksipeganin=1:4 (mol nisbat) kompleksini sintez qilib isbotlangan;
o‘simliklar ekstrakti asosida nanokumush tutgan biopestisid-stimulyator kompozisiyalar olish imkoniyati asoslangan va preparatlarning “Sariq zang”, “Unshudring” va “Tamaki mozaikasi virusi” kabi kasallillarini 74-98% kamaytirishi aniqlangan;
tabiiy va sintetik polimerlar miqdori va turini o‘zgartirib bioparchalanuvchanligi boshqariladigan yuqori suv sig‘imiga ega gibrid gidrogellar sintez qilish imkoniyati hamda KMS-Na:PAA va GES:PAA tarkiblar suv sig‘imi 270 va 250 ni tashkil etishi asoslangan;
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi chiqindi erituvchisini (ShGKMChE) emulsion shaklli pestisidlar olishda, S-150 solvent o‘rniga qo‘llash mumkinligi ko‘rsatilib, “Akaragold 72%”, “Zeldek ekstra” va “Entolikur 22,5%” preparatlari tarkibida qo‘llanishi aniqlangan;
pestisidlar tarkibiga fitogormonlar kiritish orqali o‘simliklar stressini oldini oluvchi va kompleks ta’sir ko‘rsatadigan kompozisiyalar olish imkoniyati ochib berilgan, 1) “Entolikur 22,5%” + auksin (NAA)”, 2) “Akaragold 72%” + auksin (NAA)+ gibberillin +qaxrabo kislota, 3) “Zeldek ekstra” + auksin (NAA) + gibberillin + qaxrabo kislota, 4) “Entovant 15%” + auksin (IBA)+ sitokinin (CPPU) +qaxrabo kislota, 5) “Entolucho 20%” + auksin (IBA)+ sitokinin (CPPU) +qaxrabo kislota kompozisiyalar biosamaradorligi yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pestisidlar, bioregulyatorlar tutgan dispers sistemalarning kolloid-kimyoviy tadqiqi va qoʼllanilishi boʼyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
S-150 erituvchisi mahalliy erituvchiga almashtirilgan yangi tarkibli “Entolikur 22,5%”, “Akaragold 72%” e.k., “Zeldek ekstra” e.k., pestisidlar olish texnologiyasi “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning 2025 yil 15 noyabrdagi 1494-son maʼlumotnomasi). Natijada, kasalliklar, zararkunandalar va begona oʼtlarga qarshi yangi preparatlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qoʼllash imkonini beradi;
fitogormonlar kiritilgan “Entolikur 22,5%”, “Akaragold 72%” e.k., “Zeldek ekstra” e.k., “Entovant 15%”, “Entolucho 20%” pestisidlar olish texnologiyasi “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro'yxati”ga kiritilgan (“Ifoda Agrokimyo Himoya” MChJ QKning 2025 yil 15 noyabrdagi 1494-son maʼlumotnomasi). Natijada, yangi tarkibdagi pestisid preparatlar olish texnologiyasini amalda qo‘llash imkonini beradi;
pestisid preparatlarini qo‘llash usuli “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QK tomonidan “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning 2025 yil 15 noyabrdagi 1494-son maʼlumotnomasi). Natijada, kasalliklar, zararkunandalar va begona oʼtlarga qarshi yangi preparatlarni qo‘llash imkonini beradi.