Allanazarov Olimjon Raxmonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘I nomi): “Geoikonik ma’lumotlarni kadastr tizimiga informatsion texnologiyalar negizida integratsiyalashning nazariy asoslari”, 11.00.07–“Geoinformatika” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T980 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, IK raqami: PhD.03/31.03.2023.T.03.06
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Qosimdjon, texnika fanlari doktori, professor; Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor; O‘rinov Sherali Raufovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Geoikonik ma’lumotlarni kadastr tizimiga geoinformatsion texnologiyalar negizida integratsiyalashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli masshtabli raqamli elektron kartalarni yaratishda kadastr obektlariga doir geodezik o‘lchash natijalari, tegishli masofadan zondlash materiallari, statistik va kartografik ma’lumotlarni o‘zida jamlovchi axborot-analitik boshqaruv tizim konsepsiyasi geografik axborot texnologiyalariga asoslangan holda ishlab chiqilgan;
geodezik o‘lchovlardan olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etishning innovatsion usuli kadastr tizimi ma’lumotlari bilan o‘zaro integratsiyalangan holda ishlab chiqilgan;
kadastrga tegishli ma’lumotlarni yangi zamon talablari asosida tizimli shakllantirish negizida mukammal rasmiylashtirish va hududiy xususiyatlarini modellashtirishning umumiy metodologiyasi kadastr raqamli kartalarni yaratish, yangilash hamda masofadan zondlash materiallarini qayta ishlagan holda takomillashtirilgan;
geoaxborot tizimlarida fotogrammetrik, geodezik, kartografik ma’lumotlarni qayta ishlash natijasidan olingan geotasvir ma’lumotlarni hamda kadastr ob’ektlarini iqtisodiy baholash va huquqiy ta’minotini graflar nazariyasi asosida integratsiyalashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
axborot texnologiyalaridan foydalangan holda geoikonik ma’lumotlarni geoaxborot texnologiyalarida kadastr tizimiga integratsiyalashning nazariy asosini yaratish negizida kadastr obektlarini iqtisodiy baholash bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Geoikonik ma’lumotlarni kadastr tizimiga informatsion texnologiyalar negizida integratsiyalashda axborot-analitik boshqaruv tizimi asosida:
kadastr obektlariga tegishli ma’lumotlarni jamlovchi GAT texnologiyalariga asoslangan axborot-analitik boshqaruv tizimining konsepsiyasi yaratilgan va davlat kadastr ishlarini yuritishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 16 iyundagi 05/06-6619-son ma’lumotnomasi). Natijada, GAT texnologiyalariga asoslangan axborot-analitik boshqaruv tizimi konsepsiyasi algoritmlari va dasturiy kompleksi O‘zbekiston Respublikasi yer fondini o‘zgarishi va yer monitoringini olib borishda ularning o‘zgarish dinamikasini uzoq muddatga prognoz qilish imkonini bergan;
geodezik o‘lchashlar va kadastr tizimi ma’lumotlarini o‘zaro integratsiya qilishning innovatsion usuli ArcGIS dasturida Model Builder modeli algoritmi asosida 1: 200 000 va 1: 25 000 masshtabli tuman kadastr kartalari ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 16 iyundagi 05/06-6619-son ma’lumotnomasi). Natijada, ish samaradorligi 3 foizga oshirish imkonini bergan;
kadastr raqamli kartalarni yaratish va ularni yangilashda masofadan zondlash materiallaridan foydalanish pirovardida kadastrga tegishli ma’lumotlarni yangi zamon talablari asosida tizimli shakllantirish negizida mukammal rasmiylashtirish va hududiy xususiyatlarini modellashtirishning umumiy takomillashtirilgan metodologiyasi joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 16 iyundagi 05/06-6619-son ma’lumotnomasi). Natijada, barcha kadastr raqamli kartalarini yaratishda masofadan zondlash materiallaridan foydalanish samaradorligi oshirilgan; 
turdosh geotasvirlardan olingan ma’lumotlarni graflar nazariyasi asosida umumlashtirish va boshqarishning ishlab chiqilgan matematik modeli Jizzax viloyati Forish tumanida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 16 iyundagi 05/06-6619-son ma’lumotnomasi). Natijada, kadastr ma’lumotlarini fazoviy joylashuvining aniqlash, kartalar seriyasini ishlab chiqish va filtrlash hamda ma’lumotlarni geopartalga eksport qilish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
geoikonik ma’lumotlarni GAT texnologiyalari negizida kadastr tizimiga integratsiya qilish nazariyasi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman kadastr agentligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 16 iyundagi 05/06-6619-son ma’lumotnomasi). Natijada kadastr obektlari yer uchastkasi darajasida shakllantiriladigan kadastr ma’lumotlarining ishonchli, haqqoniy va shaffof bo‘lishini to‘liq ta’minlash imkonini bergan;
kadastrni mukammal shakllantirishda fotogrammetrik, geodezik, kartografik, iqtisodiy,  huquqiy va GAT ma’lumotlarni graflar nazariyasi asosida o‘zaro integratsiya qilish negizida “kadastrni iqtisodiy baholash” dasturi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 2024 yil 25 fevraldagi № 202401740 son guvohnomasi). Natijada, mukammal kadastrni shakllantirish va har tomonlama huquqiy-meʼyoriy aniqlikni ta’minlash samaradorligi oshirish inkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish