Po‘latova Parizoda Hamza qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koronar  yurak kasalligi bo‘lgan bemorlarda buyrak disfunksiyasining klinik va prognostik axamiyati”  14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.4.PhD/Tib4064.
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Srojidinova Nigora Zaynutdinovna, tibbiyot fanlar doktori; Alimov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: koronar yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kontrast-indusirlangan nefropatiya va uning oqibatlarini oldini olish maqsadida buyrak disfunksiyasini erta tashxislashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali buyrak kasalligining mavjudligi ularning yoshi kattaligi, tana vazni indeksi yuqoriligi, 2-tip qandli diabet va arterial gipertoniyaning tez-tez uchrashi, shuningdek kamqonlik, giperxolesterinemiya, mul`tifokal ateroskleroz ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bilan ishonchli bog‘liqligi xamda surunkali buyrak kasalligi yuqori gospital xavf shakllanishida va kasallikning yanada og‘ir klinik kechishida muxim omil ekanligi aniqlangan;
ilk bor surunkali buyrak kasalligining mavjudligi kontrast-indusirlangan nefropatiya rivojlanish xavfi tufayli invaziv davolash usullarining cheklanishi-revaskulyarizatsiya chastotasining pasayishiga olib kelishi, kontrast-indusirlangan nefropatiyaning esa asosan surunkali buyrak kasalligining 3-4 bosqichida, arterial gipertoniya va qandli diabetli bemorlarda ko‘proq uchrashi, shuningdek gospital va uzoq muddatli asoratlar chastotasining oshishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
 koronar yurak kasalligi mavjud bemorlarda buyraklar funksional xolati buzilishlarining erta klinik namoyon bo‘lish belgilari koptokcha filtratsiyasi tezligi pasayishining erta biomarkeri-Sistatin S eng sezgir va prognostikligi, diagnostik aniqligi yuqoriligi, KIN xavfini bashorat qilishdagi ustunligi va >1,0 mg/l darajasida xavfni 5,1 baravar oshirishi bilan ajralib turishi xamda endoteliy disfunksiyasi bilan bog‘liq yallig‘lanish markerlari (IL-1, IL-6, O‘NO-α, SRO) bilan buyraklar zararlanishining erta biomarkerlari (sistatin S, nefrin, kollagen IV) o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor koronar yurak kasalligi mavjud bemorlarda kardiorenal disfunksiyaga xos klinik, bioximik integral mezonlar IL-1, IL-6, O‘NO-α, SRO, umumiy xolesterin, past zichlikdagi lipoproteid, sistatin S, nefrin, kollagen IV biomarkerlari dinamikasi asosida yuqori dozadagi atorvastatinning kontrast-indusirlangan nefropatiyaning rivojlanishi va avj olishining patogenetik omillariga xamda  yallig‘lanish markerlari va lipid profilini sezilarli yaxshilashi natijasida koronar yurak kasalligining klinik namoyon bo‘lishiga va buyraklar funksional xolatiga ta’sir samaradorligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025-yil 7-iyul`dagi 21-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha №21/57-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda koronar yurak kasalligining klinik-metabolik kechish xususiyatlari o‘rganilib, surunkali buyrak kasalligining mavjudligi ularning yoshi kattaligi, tana vazni indeksi yuqoriligi, 2-tip qandli diabet va arterial gipertoniyaning tez-tez uchrashi, shuningdek kamqonlik, giperxolesterinemiya, mul`tifokal ateroskleroz ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bilan ishonchli bog‘liqligi xamda surunkali buyrak kasalligi yuqori gospital xavf shakllanishida va kasallikning yanada og‘ir klinik kechishida muxim omil ekanligi aniqlangan bo‘lib, ushbu holat Samarqand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yildagi 29-yanvardagi 6-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Koronar yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasining prognostik ahamiyati” va “Kontrast-indusirlangan nefropatiyani o‘z vaqtida aniqlash va profilaktika usullari” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kardiologiya bo‘limida klinik amaliyotga joriy qilingan (14.03.2025-yildagi 11/4-sonli buyruq) va KYK bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasining klinik va prognostik ahamiyatini baholashda, asoratlarning yuqori xavf guruhini erta aniqlash va intensiv monitoring taktikasini tanlashda qo‘llanildi. Ijtimoiy samaradorligi: Ajratib olingan klinik-metabolik markerlarni qo‘llash gospital asoratlar xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini berdi, bu o‘limni kamaytirishga, yurak-qon tomir dekompensatsiyasining oldini olishga va statsionar bosqichda bemorlarni yo‘naltirishni yaxshilashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlash intensiv terapiya va takroriy kasalxonaga yotqizishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu yondashuvni joriy etish og‘ir asoratlarning oldini olish va davolash-tashxislash chora-tadbirlarini optimallashtirish orqali bir bemor uchun o‘rtacha xarajatlarni 420000 so‘mga kamaytirishga imkon berdi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligining mavjudligi kontrast-indusirlangan nefropatiya rivojlanish xavfi tufayli invaziv davolash usullarining cheklanishi-revaskulyarizatsiya chastotasining pasayishiga olib kelishi, kontrast-indusirlangan nefropatiyaning esa asosan surunkali buyrak kasalligining 3-4 bosqichida, arterial gipertoniya va qandli diabetli bemorlarda ko‘proq uchrashi, shuningdek gospital va uzoq muddatli asoratlar chastotasining oshishi bilan bog‘liqligi birinchi marta aniqlangan, ushbu holat, Samarqand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yildagi 29-yanvardagi 6-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan “Koronar yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasining prognostik ahamiyati” va “Kontrast-indusirlangan nefropatiyani o‘z vaqtida aniqlash va profilaktika usullari”mavzusida uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining rentgeno-endovaskulyar xirurgiya bo‘limiga joriy etilgan (2025-yil 22-apreldagi 18/5-sonli buyruq), unda SBK bilan og‘rigan bemorlarda koronarografiya o‘tkazishdan oldin buyrak xavfini majburiy baholash va nefroprotektiv tayyorgarlik protokoli qo‘llanildi. Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi KIN xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va og‘ir kardiorenal asoratlar rivojlanishining oldini olish imkonini berdi. Bu shifoxona ichidagi o‘limni, o‘tkir buyrak etishmovchiligi holatlarini kamaytirishga va invaziv aralashuvlar xavfsizligini oshirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kontrast-indusirlangan nefropatiyaning oldini olish o‘tkir buyrak etishmovchiligini,takroriy kasalxonaga yotqizish va davolashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Intensiv terapiya, dializ texnologiyalarini qo‘llash va statsionarda uzoq qolish xarajatlarini kamaytirish hisobiga bir bemor hisobiga o‘rtacha 360000 so‘m iqtisod qilindi. 
uchinchi ilmiy yangilik: Yurak koronar kasalligi mavjud bemorlarda buyraklar funksional xolati buzilishlarining erta klinik namoyon bo‘lish belgilari koptokcha filtratsiyasi tezligi pasayishining erta biomarkeri-Sistatin S eng sezgir va prognostikligi, diagnostik aniqligi yuqoriligi, KIN xavfini bashorat qilishdagi ustunligi va >1,0 mg/l darajasida xavfni 5,1 baravar oshirishi bilan ajralib turishi xamda endoteliy disfunksiyasi bilan bog‘liq yallig‘lanish markerlari (IL-1, IL-6, O‘NO-α, SRO) bilan buyraklar zararlanishining erta biomarkerlari (sistatin S, nefrin, kollagen IV) o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik aniqlangan, ushbu holat, Samarqand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yildagi 29-yanvardagi 6-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan “Koronar yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasining prognostik ahamiyati” va “Kontrast-indusirlangan nefropatiyani o‘z vaqtida aniqlash va profilaktika usullari”mavzusida uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi laborator-diagnostika bo‘limi va kardiologiya bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (10.04.2025-yildagi 14/6 sonli buyruq) va rentgen kontrast muolajalarini o‘tkazishdan oldin o‘tkir koronar sindromli bemorlarning laborator monitoringi bayonnomalariga sistatin C ko‘rsatkichi kiritilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Sistatin C ni invaziv aralashuvdan oldin qo‘llash buyrak funksiyasining klinik jihatdan sezilarli yomonlashuvi paydo bo‘lishidan oldin KIN xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlash imkonini berdi, bu esa erta aralashuvga, asoratlar chastotasini kamaytirishga, koronar yurak kasalligi va surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning omon qolish darajasini oshirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: buyrak disfunksiyasining yuqori sezgir  markeri - sistatin C ni klinik amaliyotga joriy etish og‘ir asoratlar chastotasini sezilarli darajada kamaytirish, gemodializga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish imkonini berdi. Hisoblangan iqtisodiy samaradorlik KINni  davolash xarajatlarini kamaytirish    va    KIN   orqali   kelib   chiqishi   mumkin    bo‘lgan    noxush oqibatlarning oldini olish hisobiga bir bemorga o‘rtacha 245000 so‘mni tashkil etdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Koronar yurak kasalligi mavjud bemorlarda kardiorenal disfunksiyaga xos klinik, bioximik integral mezonlar IL-1, IL-6, O‘NO-α, SRO, umumiy xolesterin, past zichlikdagi lipoproteid, sistatin S, nefrin, kollagen IV biomarkerlari dinamikasi asosida yuqori dozadagi atorvastatinning kontrast-indusirlangan nefropatiyaning rivojlanishi va avj olishining patogenetik omillariga xamda  yallig‘lanish markerlari va lipid profilini sezilarli yaxshilashi natijasida koronar yurak kasalligining klinik namoyon bo‘lishiga va buyraklar funksional xolatiga ta’sir samaradorligi ilk bor aniqlangan, ushbu holat, Samarqand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yildagi 29-yanvardagi 6-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan “Koronar yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasining prognostik ahamiyati” va “Kontrast-indusirlangan nefropatiyani o‘z vaqtida aniqlash va profilaktika usullari”mavzusida uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi angiografiya bo‘limiga joriy etilgan (2025-yil 22-apreldagi 19/3-sonli buyruq), koronarografiya va TOKAga yuborilgan SBK bilan og‘rigan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlashda qo‘llaniladi. Ijtimoiy samaradorligi: Atorvastatinning yuqori dozalarini tayinlash KIN chastotasini kamaytirish, yurak-qon tomir asoratlari sonini 13,3% ga kamaytirish, KYK va SBK bilan og‘rigan bemorlarning yashovchanligini oshirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi, bu ayniqsa komorbid patologiyasi bo‘lgan katta yoshdagi guruhlar uchun muhimdir. Iqtisodiy samaradorligi: KIN rivojlanishini, yallig‘lanish asoratlarini va takroriy kasalxonaga yotqizish chastotasini kamaytirish- davolanish hamda kasalxonada qolish xarajatlarini kamaytirishni ta’minlaydi. Atorvastatinning yuqori dozalarini profilaktik qo‘llashning dastlabki iqtisodiy samaradorligi bir bemor uchun o‘rtacha 310000 so‘mni tashkil qildi, shu jumladan nefroprotektiv terapiya va tiklovchi davolashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish