Toshpulatova Shaxlo Ochilovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchisining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped279
Ilmiy maslahatchi: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti huzuridagi DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor M.Qurbonov, pedagogika fanlari doktori, professor, Sh.A.Abdullaeva va fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Q.Qodirov
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak fizika o‘qituvchisining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish mazmuni kompetensiyaviy yondashuv talablari (natija va amaliyotga yo‘naltirilganlik, integrativlik)ga muvofiq fizik tushunchalarning mantiqiy-strukturaviy munosabatlarini tahlil qilish va “deductive-inductive” fikr amaliyotlarini muammoli vaziyatlar asosidagi fizik masalalarni echish jarayoni bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
mantiqiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari bo‘lajak fizika o‘qituvchilarida muammoli-izlanishli vaziyatlar, fizik modellashtirish va fazoviy tasavvur elementlari bilan tahliliy fikrlash jarayonlarini integratsiyalashgan holda kompetensiyaviy yondashuvning amaliy fikrlashni qo‘llash, mantiqiy asos yaratish, ilmiy isbotlash madaniyatini rivojlantirish kabi didaktik talablari asosida takomillashtirilgan;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modeli talabaning fizika qonuniyatlariga oid isbotlash madaniyatini shakllantirish bilan mantiqiy tahlil jarayonlarini kompetensiyaviy standartlar (ilmiy asoslangan mulohaza yuritish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash, amal qilish)ni uyg‘unlashtirish orqali refleksiv jadvallar va tahliliy algoritmlar tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish metodikasi fizik masalalarni echishning mantiqiy algoritmlari, isbotlash bo‘yicha didaktik yo‘riqnomalar va fikrlash bosqichlarini o‘rgatuvchi mashg‘ulotlar paketini o‘quv jarayoniga tadbiq etish orqali talabalarda fizik qonuniyatlarni didaktik talqin qilishga yo‘naltirilgan kompetensiyani shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchisining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi samaradorligi kompetensiyaviy indikatorlar bo‘yicha baholash mezonlarining yuqori (mantiqiy tahlilni mustaqil amalga oshirish, aniq asoslash), o‘rta (mantiqiy bog‘lanishlarni qisman asoslash) va quyi (tahliliy fikrlashda mantiqiy izchillikni saqlay olmaslik) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak fizika o‘qituvchisining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish mazmuni kompetensiyaviy yondashuv talablari (natija va amaliyotga yo‘naltirilganlik, integrativlik)ga muvofiq fizik tushunchalarning mantiqiy-strukturaviy munosabatlarini tahlil qilish va «deductive-inductive» fikr amaliyotlarini muammoli vaziyatlar asosidagi fizik masalalarni echish jarayoni bilan integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflaridan «Mutaxasislik fanlarini o‘qitish metodikasi» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2024-yil 2-apreldagi 11-05-1500/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, fizika o‘qitish metodikasi fizik tushunchalarning mantiqiy-strukturaviy munosabatlarini tahlil qilish va “deductive-inductive” fikr amaliyotlarini muammoli vaziyatlar asosidagi fizik masalalarni echish jarayoni bilan integratsiyalash asosida takomillashtirishga erishilgan;
mantiqiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari bo‘lajak fizika o‘qituvchilarida muammoli-izlanishli vaziyatlar, fizik modellashtirish va fazoviy tasavvur elementlari bilan tahliliy fikrlash jarayonlarini integratsiyalashgan holda kompetensiyaviy yondashuvning amaliy fikrlashni qo‘llash, mantiqiy asos yaratish, ilmiy isbotlash madaniyatini rivojlantirish kabi didaktik talablari asosida takomillashtirishga doir takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan  1-0T-2019-8 «Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron oʻquv-metodik qoʻllanmalarini yaratish va oʻquv jarayoniga joriy etish» mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti 2025-yil 10-sentyabrdagi 01-09/367-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mantiqiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari bo‘lajak fizika o‘qituvchilarida amaliy fikrlashni qo‘llash, mantiqiy asos yaratish, ilmiy isbotlash madaniyatini rivojlantirish kabi didaktik talablari asosida takomillashtirishga erishilgan;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modeli talabaning fizika qonuniyatlariga oid isbotlash madaniyatini shakllantirish bilan mantiqiy tahlil jarayonlarini kompetensiyaviy standartlar (ilmiy asoslangan mulohaza yuritish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash, amal qilish)ni uyg‘unlashtirish orqali refleksiv jadvallar va tahliliy algoritmlar tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflari asosida «Fizika va astranomiya ta’limida tahlil va tadqiqot usullari» nomli darslik  tayyorlangan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2024-yil 2-apreldagi 11-05-1500/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabaning fizika qonuniyatlariga oid isbotlash madaniyatini shakllantirish bilan mantiqiy tahlil jarayonlarini kompetensiyaviy standartlar asosida  uyg‘unlashtirishga erishilgan;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish metodikasi fizik masalalarni echishning mantiqiy algoritmlari, isbotlash bo‘yicha didaktik yo‘riqnomalar va fikrlash bosqichlarini o‘rgatuvchi mashg‘ulotlar paketini o‘quv jarayoniga tadbiq etish orqali talabalarda fizik qonuniyatlarni didaktik talqin qilishga yo‘naltirilgan kompetensiyani shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Tabiiy fanlar” fani uchun multimediali dasturiy mahsulot yaratish» mavzusidagi  olima ayollar innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti 2025-yil 10-sentyabrdagi 01-09/367-sonli ma’lumotnomasi). Natijada didaktik yo‘riqnomalar va fikrlash bosqichlarini o‘rgatuvchi mashg‘ulotlar paketini o‘quv jarayoniga tadbiq etish orqali talabalarda fizik qonuniyatlarni didaktik talqin qilishga yo‘naltirilgan kompetensiyani shakllantirishga erishilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchisining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi samaradorligi kompetensiyaviy indikatorlar bo‘yicha baholash mezonlarining yuqori (mantiqiy tahlilni mustaqil amalga oshirish, aniq asoslash), o‘rta (mantiqiy bog‘lanishlarni qisman asoslash) va quyi (tahliliy fikrlashda mantiqiy izchillikni saqlay olmaslik) darajalarda aniqlashga oid takliflari «Xalqaro baholash dasturlari» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida berilgan 176715-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak fizika o‘qituvchisining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi samaradorligi kompetensiyaviy indikatorlar bo‘yicha baholash mezonlarining yuqori, o‘rta  va quyi darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish