Dauletov Madiyar Boranbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi va havo harorotining sementbeton qoplama plitalari orasida ko‘tarilishlar hosil bo‘lish jarayoniga ta’siri”, 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalar, bino va inshootlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5754.
Ilmiy rahbar: Amirov Tursoat Jummaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassaslar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/05.04.2025.T.20.12. 
Rasmiy opponentlar: Turgaev Jambul Adilbaevich, texnika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi harorat ta’siridan turli konstruksiyadagi  sementbeton qoplamali avtomobil yo‘llarining plitalari orasida ko‘tarilishlar hosil bo‘lish jarayonini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sementbeton qoplamalarining ko‘ndalang siqilish choklarida ko‘tarilishlar hosil bo‘lishining nazariy-mexanik asoslariga ko‘ra ularning rivojlanishiga taʼsir etuvchi harorat farqi, shtir, siqilish va kengayish choki holati hamda plitaning deformatsiyalanish sharoitlari kabi omillar aniqlangan;
sementbeton qoplamalarining yuqori va pastki qatlamlari orasidagi haroratlar farqi (ΔT) taʻsirida yuzaga keladigan qavarish va egilish deformatsiyalari natijasida yuzaga kelgan burchak egilishi  hamda vertikal ko‘tarilishning ko‘ndalang siqilish va kengayish choklari zonasidagi maksimal qiymatlari hisoblab chiqilgan;
turli konstruksiyadagi beton qoplamalarida haroratlar farqi (ΔT) hisobiga vertikal koʻtarilish (δ)lar sodir bo‘lishi aniqlanib, uning yoʻl ravonligi indeksi (IRI) bilan sirt qavariqlik darajasi va plita chetlarining ko‘tarilish intensivligi boʻyicha funksional bogʻliqligi aniqlangan; 
sementbeton qoplamali yoʻl toʻshamasi konstruksiyasining vaqt oʻtishi bilan qoplama plitalari orasida koʻtarilishlar hosil boʻlish tezligiga eng kuchli taʼsir koʻrsatadigan harorat farqidan (ΔT) va plitalarning geometrik o‘lchamlari parametrlarini qamrab olgan ketma-ketligida ishlovchi ΔT→δ→IRI harorat farqi, plitaning ko‘tarilishi va ravonlik korsatkichining mexanik-empirik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi va havo harorotining sementbeton qoplama plitalari orasida ko‘tarilishlar hosil bo‘lish jarayoniga ta’siri mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot naijalari asosida:
sementbeton qoplamalarining ko‘ndalang siqilish choklarida ko‘tarilishlar hosil bo‘lishining nazariy-mexanik asoslariga ko‘ra ularning rivojlanishiga taʼsir etuvchi harorat farqi, shtir, siqilish va kengayish choki holati hamda plitaning deformatsiyalanish sharoitlari kabi omillar aniqlanganligiga oid takliflar Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga qarashli “O‘zyo‘lloyiha loyiha qidiruv instituti” DUK va Qoraqalpogʻiston respublikasi avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi korxonalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 02-4575-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-oktyabrdagi 04-07/01-3177-son ma’lumotnomalari). Natijada, sementbeton qoplamali yo‘llarda harorat ta’siridan kelib chiqadigan ko‘tarilishlar yo‘l qoplamasining ravonlik indeksi (IRI) ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarini prognozlash imkoniyati yaratilgan;
sementbeton qoplamalarining yuqori va pastki qatlamlari orasidagi haroratlar farqi (ΔT) taʻsirida yuzaga keladigan qavarish va egilish deformatsiyalari natijasida yuzaga kelgan burchak egilishi  hamda vertikal ko‘tarilishning ko‘ndalang siqilish va kengayish choklari zonasidagi maksimal qiymatlari hisoblab chiqilgan chiqilganliggia oid takliflar Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga qarashli “O‘zyo‘lloyiha loyiha qidiruv instituti” DUK va Qoraqalpogʻiston respublikasi avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi korxonalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 02-4575-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-oktyabrdagi  04-07/01-3177-son ma’lumotnomalari). Natijada, sementbeton qoplamali yo‘llarda  yil davomida harorat farqining ortishi siqilish chokining ko‘tarilish miqdori 7 baravar ortishi kuzatilganligi aniqlangan;
turli konstruksiyadagi beton qoplamalarida haroratlar farqi (ΔT) hisobiga vertikal koʻtarilish (δ)lar sodir bo‘lishi aniqlanib, uning yoʻl ravonligi indeksi (IRI) bilan sirt qavariqlik darajasi va plita chetlarining ko‘tarilish intensivligi boʻyicha funksional bogʻliqligi aniqlanganligiga oid takliflar Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga qarashli “O‘zyo‘lloyiha loyiha qidiruv instituti” DUK va Qoraqalpogʻiston respublikasi avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi korxonalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 02-4575-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-oktyabrdagi  04-07/01-3177-son ma’lumotnomalari). Natijada, sementbeton qoplamali yo‘llarda  yil davomida harorat farqining ortishi kengayish chokining ko‘tarilish miqdori ya’ni yil davomida 1,4 baravar ortishi kuzatilganligi aniqlangan;
sementbeton qoplamali yoʻl toʻshamasi konstruksiyasining vaqt oʻtishi bilan qoplama plitalari orasida koʻtarilishlar hosil boʻlish tezligiga eng kuchli taʼsir koʻrsatadigan harorat farqidan (ΔT) va plitalarning geometrik o‘lchamlari parametrlarini qamrab olgan ketma-ketligida ishlovchi ΔT→δ→IRI harorat farqi, plitaning ko‘tarilishi va ravonlik korsatkichining mexanik-empirik modeli ishlab chiqilganligiga oid takliflar Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga qarashli “O‘zyo‘lloyiha loyiha qidiruv instituti” DUK va Qoraqalpogʻiston respublikasi avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi korxonalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 14-oktyabrdagi 02-4575-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-oktyabrdagi  04-07/01-3177-son ma’lumotnomalari). Natijada, sementbeton yo‘l qoplamalaridagi chok ko‘tarilishlarni oldindan tahlil qilish va qoplama ravonligi o‘zgarishini baholash imkoniyati yaratilganligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish