Baymurzaev Alisher Nukusbay ulıning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tabiiy va texnogen mineral mikroto‘ldirgichlar asosidagi kompleks–modifikatsiyalangan betonlar”, 05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6077.
Ilmiy rahbar: Adilxodjaev Anvar Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassaslar) nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/05.04.2025.T.20.12. 
Rasmiy opponentlar: Kasimov Ibraxim Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Amirov Tursoat Jumaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mayin dispers mahalliy mineral mikroto‘ldirgichlarni superplastifikatorlar bilan birgalikda qo‘llash asosida o‘ta harakatchan beton aralashmalarining hamda sementning sarfi minimal darajada bo‘lgan betonlarning tarkibini va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mayin dispers mahalliy mineral mikroto‘ldirgichlarni superplastifikatorlar bilan qo‘llash asosida o‘ta harakatchan betonlarni tayyorlashda sementli bog‘lovchi tarkibi optimallashtirilgan va undan foydalanishning texnik-iqtisodiy hamda rentablik ko‘rsatkichlari oshishi isbotlangan;
yuqori suv miqdoriga ega bo‘lgan o‘ta harakatchan beton qorishmalarining sement sarfini kamaytirish orqali va mineral mikroto‘ldirgichlar hamda SP–1 superplastifikatori qo‘shilishi natijasida sementli bog‘lovchining resurs tejamkor tarkibi ishlab chiqilgan;
tarkibida mayin dispersli mineral mikroto‘ldirgich va SP–1 superplastifikatori qo‘llanilgan hamda qo‘llanilmagan holatlar uchun mavjud bo‘lgan sementli bog‘lovchining gidratatsiyalanish mexanizmi kimyoviy reaksiyalarni faollashtirish hisobiga uning gidratatsiyalanish kinetikasi va fazaviy tarkibining shakllanishiga bevosita ta’sir etuvchi o‘ziga xos xususiyatlari isbotlangan;
fizik-mexanik, kimyoviy va tajriba-sinovlardan o‘tkazish orqali mineral mikroto‘ldirgich qo‘shilgan va sement sarfi kamaytirilgan  o‘ta harakatchan betonlarning yuqori harakatchanlikni saqlagan holda mustahkamlik va chidamlilikni ta’minlovchi qurilish–texnik xossalari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy tabiiy va texnogen mineral mikroto‘ldirgichlar bilan kompleks – modifikasiyalangan betonlarni ishlab chiqish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mayin dispers mahalliy mineral mikroto‘ldirgichlarni superplastifikatorlar bilan qo‘llash asosida o‘ta harakatchan betonlarni tayyorlashda sementli bog‘lovchi tarkibi optimallashtirilgan va undan foydalanishning texnik-iqtisodiy hamda rentablik ko‘rsatkichlari oshishi isbotlanganligi hamda yuqori suv miqdoriga ega bo‘lgan o‘ta harakatchan beton qorishmalarining sement sarfini kamaytirish orqali va mineral mikroto‘ldirgichlar hamda SP–1 superplastifikatori qo‘shilishi natijasida sementli bog‘lovchining resurs tejamkor tarkibi ishlab chiqilganligiga oid takliflar “Nokis TBBZ” MChJ korxonasida temir–beton va beton buyumlari ishlab chiqarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy–joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 19 sentyabrdagi 04–07/01–3158–son ma’lumotnomasi). Natijada, beton tarkibida sement sarfi 1,4 baravarga qisqartirildi, betonning dastlabki tarkibiga nisbatan mustahkamlik ko‘rsatkichlari 12–20 % ga oshirishga erishilgan.
tarkibida mayin dispersli mineral mikroto‘ldirgich va SP–1 superplastifikatori qo‘llanilgan hamda qo‘llanilmagan holatlar uchun mavjud bo‘lgan sementli bog‘lovchining gidratasiyalanish mexanizmi kimyoviy reaksiyalarni faollashtirish hisobiga uning gidratasiyalanish kinetikasi va fazaviy tarkibining shakllanishiga bevosita ta’sir etuvchi o‘ziga xos xususiyatlari isbotlanganligi hamda fizik-mexanik, kimyoviy va tajriba-sinovlardan o‘tkazish orqali mineral mikroto‘ldirgich qo‘shilgan va sement sarfi kamaytirilgan o‘ta harakatchan betonlarning yuqori harakatchanlikni saqlagan holda mustahkamlik va chidamlilikni ta’minlovchi qurilish–texnik xossalari ishlab chiqilganligiga oid takliflar “Nokis TBBZ” MChJ korxonasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy–joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 19 sentyabrdagi 04–07/01–3158–son ma’lumotnomasi). Natijada beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasini temir–beton buyumlari ishlab chiqarish jarayoniga joriy etishning iqtisodiy samaradorligi 115 530 000 so‘mni tashkil etishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish