Sagatov Baxodir Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kompozit polimer materiallar bilan kuchaytirilgan bino va inshootlarning yoriqli temirbeton elementlarining hisoblash metodikasini takomillashtirish”, 05.09.01– Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2954.
Ilmiy rahbar: Berdiev Obloqul Boboqulovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politxnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassaslar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/05.04.2025.T.20.12.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ne’matjon Ramatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nazirov Ayubxon Sultonjon o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi binolarning kompozit polimer materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton to‘sin konstruksiyalarining egilishdagi yuk ko‘tarish qobiliyati va kuchlanganlik-deformasiyalanganlik holatini baholash hamda hisoblash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozit polimer materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton to‘sin konstruksiyalarining kompozit polimer materiallar turi, tasmalarning qadami, soni va yo‘nalishlariga bog‘liq holda to‘sinning yuk ko‘tarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
ekspluatatsiya qilinayotgan binolarning temirbeton to‘sin konstruksiyalarini kompozit polimer materiallar yordamida tashqi armaturalash orqali to‘sinlarni umrboqiyligini oshirish va deformatsiyalarga bardoshliligini kuchaytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kompozision polimer materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton to‘sin konstruksiyalarining egilishga bo‘lgan mustahkamligini oddiy va UPTM tasmalari bilan temirbeton to‘sin konstruksiyalarini sinash va hisoblash metodikasi temirbeton elementlar qarshiligining maqbul keladigan nazariy modelini tanlash hisobiga takomillashtirilgan;
kompozit polimer materiallar bilan tashqi armaturalangan temirbeton to‘sin konstruksiyalarining egilishdagi kuchlanganlik-deformasiyalanganlik holatini baholash orqali binolarni to‘sin konstruksiyalarining mustahkamligi oshirilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompozision polimer materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton konstruksiyalarning hisoblash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar bo‘yicha olingan ishlar natijasida:
kompozit polimer materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton to‘sin konstruksiyalarining kompozit polimer materiallar turi, tasmalarning qadami, soni va yo‘nalishlariga bog‘liq holda to‘sinning yuk ko‘tarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlanganligi hamda ekspluatatsiya qilinayotgan binolarning temirbeton to‘sin konstruksiyalarini kompozit polimer materiallar yordamida tashqi armaturalash orqali to‘sinlarni umrboqiyligini oshirish va deformatsiyalarga bardoshliligini kuchaytirish texnologiyasi ishlab chiqilganligiga oid takliflar “Jizzax Bunyodkor Loyiha” MChJda Jizzax shahri “Sangzor” MFY dagi 1-sonli maktab va Jizzax shahri X.Olimjon MFYdagi 22-sonli maktabni rekonstruksiya qilish ob’ektning loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 08-06/14438-son ma’lumotnomasi). Natijada binolarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda materiallar sarfi 20-40% iqtisod qilish imkonini bergan;
kompozision polimer materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton to‘sin konstruksiyalarining egilishga bo‘lgan mustahkamligini oddiy va UPTM tasmalari bilan temirbeton to‘sin konstruksiyalarini sinash va hisoblash metodikasi temirbeton elementlar qarshiligining maqbul keladigan nazariy modelini tanlash hisobiga takomillashtirilganligi hamda kompozit polimer materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton konstruksiyalarning egilishga bo‘lgan mustahkamligini hisoblash metodikasini hisobga olgan holda to‘sinlarning kuchlanganlik-deformasiyalanganlik holatini baholash orqali binolarni to‘sin konstruksiyalarining mustahkamligi oshirish bo‘yicha ishlab chiqilganligiga oid takliflar “Mirzacho‘l Agro Qurilish loyiha” MChJda bajarilgan Guliston tumani “Beshbuloq” QFY 12-umum ta’lim maktabini va “Beshbuloq” QFY 21-umum ta’lim maktabini kapital ta’mirlash loyiha ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 08-06/14438-son ma’lumotnomasi). Natijalarni loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda qo‘llash binolarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda materiallar sarfi 25-40% iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish