Xabibullaeva Dilobar Ilhom qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtadagi tabiiy nuqsonlarni aniqlash uslubini ishlab chiqish va tola sifatini yaxshilash” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.01 –“To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3. PhD/T5971.
Ilmiy rahbar: Ochilov To‘lqin Ashurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Qadam Jumaniyozovich Jumaniyozov, texnika fanlari doktori, professor; Bayxanov Bahtiyor Ashrabiddinovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtadagi tabiiy nuqsonlarni aniqlash uslubini ishlab chiqish va tadbiq etish asosida tola sifatini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tarkibidagi ulyuk va pishmagan tola plastigini minimal xatolik bilan o‘lchash uslubi ishlab chiqilgan va uning asosiy ko‘rsatkichlarini ratsional qiymatlari aniqlangan;
quritish jarayonida paxta chigitida xosil bo‘ladigan kuchlanish bilan issiq xavo va paxtani boshlang‘ich temperaturasi farqi o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash asosida chigit shikastlanishini minimallashtiruvchi temperatura rejimi ishlab chiqilgan;
paxtadan ulyukni ajratishni maksimal chegarasini aniqlash uchun tozalash samaradorligi bilan paxta namligi, iflosligi va tozalagichlarni ish unumdorligi o‘rtasidagi bog‘lanishlar olingan va ularning ratsional qiymatlari asoslangan; 
standart talabidagi tola olish uchun aeromexanik, aerodinamik va tarash usullariga asoslangan tola tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan va samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtadagi tabiiy nuqsonlarni aniqlash uslubini ishlab chiqish va tadbiq etish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
 takomillashtirilgan tola tozalash texnologiyasi va  paxtadagi tabiiy nuqsonlarni aniqlash uslubi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi “ABC Oqqurg‘on agro klaster” va “TTC Agro klaster” paxta tozalash korxonalarida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 14 martdagi 03/25-552-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan uch bosqichli tola tozalagichda tozalash samaradorligi mavjud tola tozalagichga nisbatan 2,3 barobar yuqori bo‘lishiga, ishlab chiqarilgan tola sinfi bir pog‘ona yuqori bo‘lishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish