TAShKENBAEVA Umida Alisherovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Teri allergik vaskulitlarini kompleks davolashning patogenetik aspektlari», 14.00.11 – dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib416.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Vaisov Adxam Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 16.07.2013.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: S.M.Baxramov, tibbiyot fanlari doktori, professor, RAMN akademigi; S.S.Arifov tibbiyot fanlari doktori, R.A.Sabirova. tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kirov nomidagi harbiy-tibbiyot akademiyasi (Sankt-Peterburg shahri).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immunologik, biokimyoviy, morfologik tadqiqotlar natijalari asosida allergik vaskulitlar rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini o‘rganish hamda ularni tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuvni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor allergik vaskulitlar patogenezining og‘irlik darajasi gemostaz tizimi holatining o‘zgarishlari, lipidlarning perekisli oksidlanishi – antioksidant himoya LPO-AOH tizimi, endogen intoksikatsiya holatiga bog‘liqligi aniqlangan;
T-xelper va T-supressorlar orasidagi muvozanatning buzilishi aniqlanib, dermatozning har ikkala shaklida ham T-xelperlar subpopulyasiyasining keskin oshishi va uning fonida yuza vaskulitlarda T-supressorlar miqdorining ishonarli oshishi va chuqur vaskulitlarda esa pasayishi asoslab berilgan;
allergik vaskulitning yuza shakli bilan og‘rigan bemorlarda immun tizimi buzilishlari formulasi ishlab chiqarilgan (mazkur formula immun tizimining gipo- va giperfunksiyalarini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlar: CD43+, CD33+, IgA3+, Vl3+, CD83+, Limf3+, IgM1+, IgG1+ni aniqlash imkonini bergan);
allergik vaskulitning chuqur shakli bilan og‘rigan bemorlarda immun tizimi buzilishlari formulasi quyidagi ko‘rinishga egaligi CD43+,V-lim.3+,IgA3+,IgM3+, CD83+,CD33+,Limf.3+,IgG1+ko‘rsatib berilgan;
ilk bor allergik vaskulitning o‘tkir davrida periferik qondagi eritrotsitlarning struktur-metabolik holatidagi buzilishlar LPO jarayonlarining jadallashuvi, qizil qon hujayralarining antioksidant himoya tizimini zaifligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
allergik vaskulit bilan og‘rigan bemorlarning umumiy holatini baholash hamda kasallikning faollik darajasini aniqlash va kompleks davolash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samarasi: tadqiqot jarayonida allergik vaskulitlar rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar «Vrachlar uchun allergik vaskulitli bemorlarni olib borish taktikasi bo‘yicha amaliy tavsiyanomalar» ishlab chiqilib, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika teri-tanosil klinik shifoxonasi, Olmazor tumani 4-tumanlararo TTDning davo-tashxisot amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 20 oktyabrdagi 26-son ma’lumotnomasi). Sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan amaliy tavsiyalar asosida kompleks davolangan 92,2% yuza va chuqur vaskulitli bemorlarda ijobiy terapevtik samara olinib, bu bemorlarning kasalxonada davolanish muddatini 3–4 kun yoki 30 foizga qisqartirish, kasallik qaytalanishining oldini olish va remissiya muddatini 45,5 foizga cho‘zish imkonini bergan.