Kabilova Dilrabo Saloxidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Tikuvchilik korxonalari texnologik jarayonlarini loyihalashning axborot ta’minotini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4711.
Ilmiy rahbar: Bazarbaeva Go‘zal Gulimovna, texnika fanlari nomzodi dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashhura Abduraimovna texnika fanlari doktori, professor; Temirova Gulnoz Ibodovna texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tikuv buyumlari turli assortimentlarini ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan liniyalarini shakllantirish asosida texnologik jarayonlarni loyihalashning axborot va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuv buyumlari turli assortimentlari uchun avtomatlashtirilgan liniyalarni avtomatlarning geometrik parametrlari va operatorlarning ish zonasi yuzasini aniqlash orqali loyihalash usullari ishlab chiqilgan;
tikuv sexi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan liniyalar asosida loyixalash uchun avtomatlarning markalari, vazifasi, ish unumdorligi kabi tavsiflarini o‘z ichiga oluvchi elektron ma’lumotlar bazalari tuzilmasi va tarkibi ishlab chiqilgan;
avtomatlashtirilgan liniyadagi texnologik operatsiyalar asosida avtomatlar ish zonasini, sonini, operatorlarning ish yuklamasi koeffisientlarini aniqlashning matematik modellari ishlab chiqilgan.
tikuvchilik korxonalari avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlarini boshqarishning raqamlashtirilgan “ASP-Avtomation of sewing production” MES tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tikuvchilik korxonalari texnologik jarayonlarini loyihalashning axborot ta’minotini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ASP Avtomation of sewing production” MES tikuvchilik korxonalari faoliyatini loyihalash va boshqarish dasturiy tizimi “Daka Intex” MChJ va “Narim-Teks” MChJ texnologik jarayonlarida jory qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 7-avgustdagi №04125-1943-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi modellarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini loyihalash sarf vaqti qisqarishi va mehnat unumdorligining 40%gacha oshishiga erishilgan.