Boborayimov Oxunjon Xushmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tezlik gradienti usullari asosida adaptiv boshqarish tizimlarini sintezlashning turg‘un algoritmlari”, 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2844
Ilmiy rahbar: Sevinov Jasur Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich texnika fanlari doktori, professor; Xusanov Suban Nurullaevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tezlik gradienti usullari asosida adaptiv boshqarish tizimlarini sintezlash algoritmlarini ishlab chiqish va ularni muayyan ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish masalasini echishda amaliy qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy kontur tuzilishi va o‘lchangan ma’lumotlarning to‘liqligiga qo‘yiladigan talablarni kamaytirish imkon beruvchi va obektning holati to‘g‘risida etarli ma’lumotga ega bo‘lmagan parametrlarni identifikatsiyalash masalalarini echishni ta’minlovchi tezlik gradienti usullariga asosida noaniq etalon va sozlanuvchi modelli adaptiv boshqarish tizimlarini sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
o‘zaro ta’sirlarni hisobga olgan holda butun tizimning izolyasiya qilingan ost tizimlarining turg‘unligini ta’minlovchi, nochiziqli lokal dinamik va noaniqlik bilan o‘zaro bog‘liq tizimlar sinfi uchun tezlik gradienti usullari asosida adaptiv markazlashtirilmagan boshqarishni sintezlashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan;
tarmoq koeffisientlarini sozlash va dinamik obektlarni boshqarish jarayonlarining muvofiqligini ta’minlaydigan, tezlik gradienti usuli asosida ko‘p qatlamli neyron tarmoqli boshqarish tizimlarini sintezlash protsedurasi ishlab chiqilgan;
agregatlangan rostlagichlarni analitik loyihalash usuli bo‘yicha tizimni maqsadli boshqarishga erishishini kafolatlaydigan, chegara nisbatlarini bajarilishini ta’minovchi adaptiv neyrotarmoqli boshqarish tizimlarini sintezlash turg‘un algoritmlar ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tezlik gradienti usullari asosida adaptiv boshqarish tizimlarini turg‘un sintezlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tezlik gradienti usullari asosida noravshan etalon va sozlanuvchi modelli adaptiv boshqarish masalasini echishning dasturiy ta’minoti “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tarkibidagi Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 7-sonli gidrometallurgiya zavodida joriy qilingan ("Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJning 2024-yil 27-avgustdagi 23/01-01-07/504-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu algoritmlar obekt holati va parametrlari haqidagi joriy va aprior ma’lumotlar etarli bo‘lmaganda parametrlarni aniqlashning o‘zaro bog‘liq masalalarini birgalikda echishni ta’minlagan;
tezlik gradienti usullari asosida adaptiv markazlashmagan boshqarish tizimlarini sintezlashning turg‘un algoritmlari dasturiy shaklda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tarkibidagi Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 7-sonli gidrometallurgiya zavodida joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024-yil 27-avgustdagi 23/01-01-07/504-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu algoritmlar o‘zaro ta’sirlarni hisobga olgan holda tizimning alohida quyi tizimlarining turg‘unligini ta’minlash imkonini bergan;
tezlik gradienti usuli asosida adaptiv neyrotarmoqli boshqarish tizimlarini sintezlash masalasini echishning dasuriy ta’minoti “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tarkibidagi Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 7-sonli gidrometallurgiya zavodida joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024-yil 27-avgustdagi 23/01-01-07/504-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu algoritmlar jarayonlarning texnologik rejimlarini barqarorlashtirish va ularning ishlash samaradorligini oshirish imkonini bergan.