Qodirov Boxodir G‘ayratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sanoat chiqindilari qo‘llanilgan avtoklavlanmagan gazobeton texnologiyasini takomillashtirish”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6079
Ilmiy rahbar: Shaumarov Said Sanatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Hasanov Baxriddin Baratovich, texnika fanlari doktori, DSc professor, Igamberdiev Bunyod G‘ayratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Metallurgiya shlaki va quymakorlik sanoati chiqindi-qumini qo‘llagan holda fizik-mexanik xossalari va strukturasi yaxshilangan avtoklavlanmagan gazobeton ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Metallurgiya shlagi va quymakorlik sanoati chiqindi-qumini mexanik faollashtirilgan holda avtokalavlanmagan gazobeton tarkibiga aktiv mineral qo‘shimcha sifatida kiritish orqali, uning reaksion faolligini oshish natijasida gazobetonning g‘ovakli strukturasini barqarorlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
metallurgiya shlagi va quymakorlik sanoati chiqindi-qumlaridan kompleks foydalanish asosida fizik–mexanik xossalari, jumladan bir hil strukturaga ega bo‘lgan hamda mustahkamligi yaxshilangan avtoklavlanmagan gazobetonning tarkibi ishlab chiqilgan va tajriba-laboratoriya natijalari yordamida isbotlangan;
gazobeton tarkibidagi quymakorlik sanoati chiqindi-qumining mayda dispersliligi sababli, avtoklavlanmagan gazobetonning strukturasidagi mikrog‘ovaklar va g‘ovak devorlarining hajm bo‘yicha teng taqsimlanishi natijasida gazobetonning mustahkamligi oshishi isbotlangan;
taklif etilgan tarkib bo‘yicha olingan avtoklavlanmagan gazobeton bloklarida o‘rtacha zichlik ortishi hisobiga issiqlik o‘tkazuvchanlik hamda mustahkamlik ko‘rsatkichlarining oshishi bir hil strukturaga ega bo‘lishi bilan bog‘liqligi tajriba sinovlari asosida isbotlangan;
metallurgiya shlagi va quymakorlik sanoati chiqindi-qumini qo‘shish orqali konstruksion-issiqlik izolyasiyalovchi avtoklavlanmagan gazobeton optimal tarkibini loyihalashning matematik modeli va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metallurgiya sanoati shlagi va quymakorlik sanoati chiqindi-qumi yordamida hosil qilingan avtoklavlanmagan gazobetonlarning mustahkamligi va issiqlik-texnik xossalari tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish va tadqiq qilish natijalari asosida:
metallurgiya sanoati shlagi va quymakorlik sanoati chiqindi-qumi yordamida hosil qilingan avtoklavlanmagan gazobeton ishlab chiqarish texnologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ tasarrufudagi Kapital qurilish direksiyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJning 2025-yil
24-noyabrdagi 07/4807-25-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 25-noyabrdag 4/E1775-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtoklavlanmagan gazobetonning yaxshilangan kompozisiyalari uning mustahkamligini 8-10 foizga oshirish, tarkibi bo‘yicha qumni 13-15 foiz, sementni 10-12 foiz miqdorida tejashga erishilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ tasarrufidagi “Kapital qurilish direksiyasi” tomonidan ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJning 2025-yil 24-noyabrdagi 07/4807-25-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 25-noyabrdag 4/E1775-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtoklavlanmagan ko‘p komponentli gazobeton ishlab chiqarishda yuzaga keladigan nuqsonlarning 10-13% kamayish hisobiga yillik iqtisodiy samaradorlik 385,912mln. so‘mni tashkil etgan.