Yarmuxamedova Dilfuza Zairovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Birlamchi bo‘g‘in sharoitida koviddan keyingi davrda arterial gipertenziyali bemorlarni olib borishni takomillashtirish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. DSc/Tib689.
Ilmiy maslahatchi: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xolmurod Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abidova Dilorom Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori; Zolotovskaya Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy poliklinika sharoitida arterial gipertenziyali bemorlarda kasallikning klinik kechish xususiyatlarini baholab, ularni olib borishni takomillashtirish va oilaviy shifokorlar uchun sun’iy intellekt asosida klaster dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
COVID-19 dan keyingi davrda arterial bosim bir kecha kunduzlik monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, sistolik va diastolik arterial bosimning tungi pasayishi darajasi qariyb 2 marta kamaygani, “non-dipper” turi 1,3 marta va “night-peaker” turi esa 2,2 marta oshganligi va ushbu o‘zgarishlar arterial gipertenziyani nazoratlanmagan kechishiga ishonchli darajada ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
birlamchi bo‘g‘in sharoitida arterial gipertenziyali bemorlarda o‘tkazilgan arterial bosim bir kecha kunduzlik monitoringi natijalarida «night-peaker» turining chap qorincha gipertrofiyasi va intima–media kompleksi qalinlashishi bilan ishonchli korrelyasiyaga egaligi aniqlangan (r=0,30–0,78; p<0,001);
koviddan keyingi davrda nazoratlanmagan arterial gipertenziyaning sistolik va (r=0,82) va diastolik arterial bosim (r=0,78) bilan kuchli, stress darajasi (r=0,42), hamroh kasalliklar (r=0,37) va semizlik (r=0,36) bilan o‘rtacha darajadagi musbat korrelyasiyaga ega ekanligi aniqlangan;
ilk bor arterial gipertenziyali bemorlarni birlamchi bo‘g‘in sharoitida samarali boshqarish uchun sun’iy intellekt asosidagi interaktiv veb-interfeys ishlab chiqilgan va uning xavf omillarini to‘liq aniqlash va tavsiyalar shakllantirish samaradorligi isbotlangan;
arterial gipertenziyali bemorlarda kasallikning klinik kechishi va xavf darajasi, bemorning xulq-atvori, psixoemotsional holati, shuningdek davolanishga moyilligi kompleks baholanib, ular metabolik, kardiorenal, xulq-atvoriy va qon bosimi turli profilli fenotiplarga taqsimlagan holda, ularni har biri uchun shaxsiy tavsiyalar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Birlamchi bo‘g‘in sharoitida arterial gipertenziyali bemorlarning koviddan keyingi davrda kechish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: arterial bosim bir kecha kunduzlik monitoringi natijalari pandemiyadan keyin “non-dipper” va “night-peaker” turlarining ortishi arterial gipertenziyaning nazoratlanmagan kechishiga olib kelishi aniqlanganligi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Toshkent tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 2025 yil 8 apreldagi 1295-10-212-TB/2025-sonli va Olmazor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 2025 yil 8 apreldagi 415-14-197-TB/205-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi №22/55-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: Yuqori xavfli “non-dipper” va “night-peaker” turlarini aniqlash maqsadida arterial bosim bir kecha kunduzlik monitoringini birlamchi bo‘g‘inda keng qo‘llash orqali bemorlarda shaxsiylashtirilgan profilaktika va samarali davolashni amalga oshirish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: sirkad ritmni inobatga olgan holda tashxislash va monitoringni joriy etish insult va infarkt xavfini, nogironlikni kamaytiradi, shifoxona va reanimatsiyaga yotkazilishlar va asoratlarni davolash xarajatlarini sezilarli kamaytirib, sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: pandemiyadan keyin “non-dipper” va “night-peaker” turlarining ortishi arterial gipertenziyaning nazoratlanmagan kechishiga sabab bo‘lishi aniqlanishi, birlamchi bo‘g‘inda arterial bosim bir kecha kunduzlik monitoringi qo‘llashni kengaytirish orqali insul`t va infarkt kabi asoratlarni kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi bo‘g‘in sharoitida anamnezida COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda o‘tkazilgan arterial bosim bir kecha kunduzlik monitoringi natijalari «night-peaker» turining chap qorincha gipertrofiyasi va intima–media kompleksi qalinlashishi bilan ishonchli korrelyasiyaga egaligi aniqlanganligi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Toshkent tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2025 yil 8 apreldagi 1295-10-212-TB/2025-sonli va Olmazor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 2025 yil 8 apreldagi 415-14-197-TB/205-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi №22/55-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 dan keyingi davrda birlamchi bo‘g‘in sharoitida bemorlarda arterial bosimning bir kecha-kunduzlik monitoringi orqali «night-peaker» turini, ExoKG va uyqu arteriyalarining ultratovush tekshiruvi esa chap qorincha gipertrofiyasi va karotid intima-media kompleksi qalinlashishi kabi nishon a’zolar zararlanishini o‘z vaqtida aniqlanishi shaxsiylashtirilgan nazorat va asoratlarning oldini olish imkoniyatini kengaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: «night-peaker» sirkad profiliga ega bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularda shaxsiylashtirilgan profilaktika hamda davolashni erta bosqichda amalga oshirish arterial gipertenziyaning og‘ir kechishi bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan shifoxonada davolanishlar, gipertonik krizlar, yurak etishmovchiligi va insul`t tufayli shifoxonaga murojaatlar soni sezilarli kamayadi. Bu esa har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 3985000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 1500000 so‘m tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: «night-peaker» profilining chap qorincha gipertrofiyasi va intima-media qalinlashishi bilan bog‘liqligi yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlash va nishon a’zolar shikastlanishining oldini olish uchun shaxsiylashtirilgan davoni o‘z vaqtida belgilash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: koviddan keyingi davrda nazoratlanmagan arterial gipertenziya sistolik va va diastolik arterial bosim bilan kuchli, stress darajasi, hamroh kasalliklar va semizlik bilan o‘rtacha darajadagi musbat korrelyasiyaga ega ekanligi aniqlanganligi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Toshkent tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2025 yil 8 apreldagi 1295-10-212-TB/2025-sonli va Olmazor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 2025 yil 8 apreldagi 415-14-197-TB/205-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi №22/55-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda arterial gipertenziyaning nazoratlanmagan kechishi stress darajasi, hamroh kasalliklar, semizlik va arterial bosim darajasi bilan o‘sib borishini baholash birlamchi bo‘g‘inda xavf omillarini erta aniqlash va asoratlarni oldini olish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf omillarini erta aniqlash orqali asoartlar oldi olinib, har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 3985000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 1500000 so‘m tejalishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor birlamchi bo‘g‘in sharoitida arterial gipertenziyali bemorlarni samarali boshqarish uchun DeepSeek-R1-Distill-Llama asosidagi sun’iy intellektli interaktiv veb-interfeys (chat-bot) dasturi samaradorligi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Toshkent tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2025 yil 8 apreldagi 1295-10-212-TB/2025-sonli va Olmazor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 2025 yil 8 apreldagi 415-14-197-TB/205-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi №22/55-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: sun’iy intellektli interaktiv veb-interfeys (chat-bot) dasturi qo‘llanilishi oilaviy shifokorlar qabul jarayonida ortiqcha vaqt tejaydi, bu esa bemor muammolariga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini beradi. Xavf omillarini to‘liq aniqlash orqali aholi salomatligini saqlash va asoratlarning oldini olish imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: sun’iy intellektli moduldan foydalanish shifokor mehnati samaradorligini oshirdi. xavf omillarini to‘liq aniqlash va bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish natijasida gipertonik krizlarning 25% ga kamayishi kuzatildi, bu esa shoshilinch yordam va statsionar davolash xarajatlarini sezilarli qisqartirdi. Bir gipertonik krizni statsionarda davolash xarajati o‘rtacha 250000 so‘mni tashkil etishini inobatga olganda, ushbu texnologiya qo‘llanilgan sharoitda xar bir oldi olingan kriz uchun shu miqdorda mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri tejalishi ta’minlanadi. Xulosa: sun’iy intellektli interaktiv chat-botning joriy etilishi qabul jarayonini takomillashtirib, shifokor vaqt resurslarini sezilarli tejadi, bemorlarga shaxsiy yondashuv imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
beshinchi ilmiy yangilik: Arterial gipertenziyali bemorlarning klinik va xavf darajasini, xulq-atvor va psixoemotsional holatini, davolanishga moyilligini baholab, metabolik, kardiorenal, xulq-atvoriy fenotiplarga taqsimlagan holda, ularni har biri uchun tavsiyalar shakllantirishi asoslanganligi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Toshkent tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2025 yil 8 apreldagi 1295-10-212-TB/2025-sonli va Olmazor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 2025 yil 8 apreldagi 415-14-197-TB/205-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi №22/55-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: metabolik, kardiorenal, xulq-atvoriy fenotiplarga taqsimlagan holda, ularni har biri uchun tavsiyalar joriy etilishi har bir bemor uchun shaxsiy tavsiyalar va davo tamoyillarini ishlab chiqish imkonini berdi, bu esa davolash samaradorligini oshirdi, bemorning davolashga moyilligini mustahkamladi va asoratlarning erta oldini olishni ta’minladi. Shu bilan birga, fenotiplar asosida olib borish bemorlar salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, arterial gipertoniyaning og‘ir kechishini kamaytirish, nogironlik holatlarini pasaytirish va hayot sifatini oshirishi imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: fenotiplarga taqsimlagan holda, bemorlarning shaxsiy klinik va xulq-atvor xususiyatlariga monand davolash usulini tanlanishi orqali asoratlarining oldi olinib, davolash va tekshiruv xarajatlari kamayadi, shifoxonada davolanish kunlari qisqaradi hamda sog‘liqni saqlash tizimida mablag‘ tejalishiga erishiladi. Bu esa har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 3985000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 1500000 so‘m tejalishini ta’minladi. Xulosa: arterial gipertenziyali bemorlarni metabolik, kardiorenal va xulq-atvoriy fenotiplarga taqsimlashni joriy etilishi zamonaviy tibbiyot tamoyillariga asoslangan yondashuv bo‘lib, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.