Toshnazarova Nafisa Samiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Savdo korxonalari xizmatlari iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari” 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti        
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3220
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor  Mirzaev Qulmamat Jonuzoqovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Pardaev Mamayunus Qarshiboevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Murodova Nodira Kulievna 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
Savdo korxonalari xizmatlari iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “savdo korxonalari xizmatlari iqtisodiy samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni savdo korxonasining raqobatbardoshligi, moliyaviy barqarorligi va bozordagi strategik pozisiyalarini mustahkamlash darajasini ifodalovchi, qo‘shilgan qiymat yaratish va resurslardan foydalanish samaradorligini kompleks aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
savdo korxonalari uchun tarmoqlashgan lizing-jamg‘arma (klaster lizing fondi) asosida uskunani markazlashgan xarid qilish mexanizmini joriy etish orqali xizmat ko‘rsatishning bir birlikka to‘g‘ri keladigan kapital xarajatlarini pasaytirish va savdo korxonalari moddiy-texnika bazasini yangilash siklini tezlatish taklifi asoslangan;
savdo turi (supermarket, maishiy texnika do‘koni, kiyim-kechak, qurilish materiallari, ulgurji savdo bazasi va h.k.) va maydoni hajmidan kelib chiqqan holda minimal jihozlanish me'yorlari va namunaviy savdo loyihalarini ishlab chiqish va ularni lisenziyalashda “moddiy-texnika bazaning normativ ta'minot indeksi”ni savdo korxonalarini reytinglashning alohida indikator sifatida qo‘llash taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi savdo korxonalari faoliyatini tavsiflovchi axborotlar asosida mamlakatda savdo xizmatlari hajmining 2025-2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Savdo korxonalarida samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
 uslubiy yondashuvga ko‘ra “savdo korxonalari xizmatlari iqtisodiy samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini savdo korxonasining raqobatbardoshligi, moliyaviy barqarorligi va bozordagi strategik pozisiyalarini mustahkamlash darajasini ifodalovchi, qo‘shilgan qiymat yaratish va resurslardan foydalanish samaradorligini kompleks aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliyaviy hisob asoslari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2025-yil 31-oktyabrdagi 3-sonli qarori). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘quv sifatining oshishi, o‘quv uslubiy ta'minotning yaxshilanishi, nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodchilarning kompetensiyasining shakllanishiga xizmat qilgan;
 savdo korxonalari uchun tarmoqlashgan lizing-jamg‘arma (klaster lizing fondi) asosida uskunani markazlashgan xarid qilish mexanizmini joriy etish orqali xizmat ko‘rsatishning bir birlikka to‘g‘ri keladigan kapital xarajatlarini pasaytirish va savdo korxonalari moddiy-texnika bazasini yangilash siklini tezlatish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiing 2025-yil 28-noyabrdagi 05-33-13446-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatishning bir birlikka to‘g‘ri keladigan kapital xarajatlarini pasaytirish va savdo korxonalari moddiy-texnika bazasini yangilash siklini tezlatishga erishilgan;
 savdo turi (supermarket, maishiy texnika do‘koni, kiyim-kechak, qurilish materiallari, ulgurji savdo bazasi va h.k.) va maydoni hajmidan kelib chiqqan holda minimal jihozlanish me'yorlari va namunaviy savdo loyihalarini ishlab chiqish va ularni lisenziyalashda “moddiy-texnika bazaning normativ ta'minot indeksi”ni savdo korxonalarini reytinglashning alohida indikator sifatida qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 28-nayabrdagi 05-33-13446-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida samaradorlikni baholash uslubiyotini takomillashtirish, savdo korxonalarini minimal jihozlanish me'yorlari va namunaviy savdo loyihalarini ishlab chiqish va ularni lisenziyalash, reytinglashni takomillashtirishga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi savdo korxonalari faoliyatini tavsiflovchi axborotlar asosida mamlakatda savdo xizmatlari hajmining 2025-2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 28-nayabrdagi 05-33-13446-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida savdo korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlarini hamda savdo korxonakari faoliyatiga doir haqqoniy prognoz ko‘rsatkichlarini olish va qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oshirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish