Mamayusupova Mashxura Sodiqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Elektrotexnika sanoati korxonalari eksport salohiyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”; 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3..PhD/Iqt5651
Ilmiy rahbar: Muminova Elnoraxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg ’ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilhom Yo ’ldashevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Uktamov Xusniddin Faxriddinovich iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektrotexnika sanoati korxonalari eksport salohiyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektrotexnika sanoati korxonalarining eksport salohiyatini rivojlanish darajasini besh darajali mezon ko‘rsatkichlari orqali 1dan 5 gacha bo‘lgan ballar asosida aniqlovchi integrallashgan baholash tizimi ishlab chiqilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalarida o‘ziga xos texnologik, ekologik xususiyatlar va eksport imkoniyatlari asosida GSP+ talablariga mos xalqaro standartlarni joriy etishning modulli tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalarida MES (Manufacturing Execution System) tizimini joriy etish asosida ishlab chiqarish jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish orqali eksport salohiyatini oshirish asoslangan;
elektrotexnika sanoati korxonalari eksporti hajmi va unga ta’sir qiluvchi omillar ekonometrik modellar asosida baholangan hamda eksport hajmi dinamikasini 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektrotexnika sanoati korxonlarining eksport salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
elektrotexnika sanoati korxonalarining eksport salohiyatini rivojlanish darajasini besh darajali mezon ko‘rsatkichlari orqali 1dan 5 gacha bo‘lgan ballar asosida aniqlovchi integrallashgan tizimda baholash bo‘yicha bergan taklifi “Andijonkabel” AJ qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan (Andijonkabel” AJ 03.11.2025 №169/25 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida eksport salohiyatini baholashda integral baholash tizimidan foydalanish elektrotexnika sanoati korxonalari eksport imkoniyalarini ob’ektiv va kompleks aniqlash imkonini berib, korxonani darajasiga qarab texnologik modernizatsiyalash, standartlarni joriy etish, sertifikatlash hamda logistika bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilashga xizmat qilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalarida o‘ziga xos texnologik, ekologik xususiyatlar va eksport imkoniyatlari asosida GSP+ talablariga mos xalqaro standartlarni joriy etishning modulli tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha bergan tavsiyasi korxona faoliyatida joriy etilgan (Andijonkabel” AJ 03.11.2025 №169/25 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida “Andijonkabel” AJ qo‘shma korxonasi ga GSP+ talablariga mos xalqaro standartlarni joriy etish yashil standartlarga mos mahsulot ishlab chiqarish, eksport geografiyasini diversifikatsiyalash, eksport bojlarini kamaytirishga xizmat qilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalarida MES (Manufacturing Execution System) tizimini joriy etish asosida ishlab chiqarish jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish orqali eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha bergan taklifi korxona faoliyatiga tadbiq etilgan (Andijonkabel” AJ 03.11.2025 №169/25 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida “Andijonkabel” AJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarish jarayonlarining onlayn monitoringini ta’minlash, ishlab chiqarishdagi uzulishlar va yo‘qotishlarni kamaytirish, brak maxsulotlar ulushini 12 foizdan 8 foizga kamaytirishga erishilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalari eksporti hajmi va unga ta’sir qiluvchi omillar ekonometrik modellar asosida baholash hamda eksport hajmi dinamikasini 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha bergan taklifi korxona faoliyatida joriy etilgan (Andijonkabel” AJ 03.11.2025 №169/25 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida“Andijonkabel” AJ qo‘shma korxonasi eksporti hajmi va unga ta’sir qiluvchi omillar ekonometrik modellar asosida baholash natijasida barqaror, optimistik va pissemistik ssenariylar ishlab chiqish, resurslardan samarali foydalanish hamda korxonaning investision jozibadorligini oshirish imkoniyati yaxshilangan.