Muxamadjonova Durdona Adashboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish davrida buxgalteriya hisobini raqamli iqtisodiyotga transformatsiyalashni takomillashtirish masalalari”; 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. PhD/Iqt3824.
Ilmiy rahbar: Ismanov Ibrohim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdurauf, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Achilov Abror Niyatqabulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli texnologiya obektlari hisobini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibidagi raqamli texnologiyalarga asoslangan aktivlarni MHXS mezonlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari asosida tasniflash orqali guruhlash asoslangan;
raqamli texnologiyalar bilan bogʻliq xarajatlar hisobini yuritish uslubiyoti   3125-“Oldindan to‘langan raqamli texnologiya xarajatlari” va “9425 – Raqamli texnologiya xarajatlari” nomli analitik ishchi schyotlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalarga asoslangan asosiy vositalarning analitik hisobini yuritish uslubiyoti 0151 – “Raqamli texnologiya uskunalari” va 0251 – “Raqamli texnologiya uskunalarining eskirishi” nomli ishchi schyotlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasida foydalanilayotgan uskunalar hisobini yuritish amaliyoti 015-“Xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida foydalanishga olingan raqamli texnologiya uskunalari” nomli balansdan tashqari ishchi schyotini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida buxgalteriya hisobini raqamli iqtisodiyotga tranformatsiyalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli texnologiyalarga asoslangan aktivlarni o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari asosida tasniflash asosida guruhlash bo‘yicha bergan taklifi  “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ da foydalanish uchun qabul qilingan(“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning 2025-yil 8 – avgust 8-37-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikda berilgan tavsiya korxonaning 2025-yilda hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda raqamli resurlarning haqiqiy mohiyatini, foydalanish muddati va amortizatsiya tartibini aniq belgilash hamda ular to‘g‘risidagi axborotlarning haqqoniyligiga obektiv baho berish imkoniyatini oshirgan;
raqamli texnologiyalar bilan bogʻliq xarajatlar hisobini yuritishda 3125-“Oldindan to‘langan raqamli texnologiya xarajatlari” va “9425 – Raqamli texnologiya xarajatlari” nomli analitik ishchi schyotlardan foydalanish bo‘yicha bergan tavsiyasi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning 2025-yil 8 – avgust 8-37-sonli ma’lumotnomasi). Makur schyotlardan foydalanish xarajatlarni aniq tasniflash, axborotlarning analitik qiymatini kuchaytirish, xarajatlarning tarkibi va dinamikasi haqida obektiv ma’lumot olish hamda resurslarni samarali boshqarish imkoniyatlarini oshirgan;
raqamli texnologiyalarga asoslangan asosiy vositalarning analitik hisobini yuritishda 0151 – “Raqamli texnologiya uskunalari” va 0251 – “Raqamli texnologiya uskunalarining eskirishi” nomli ishchi schyotlaridan foydalanish taklifi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” Ajning buxgalteriya hisobi amaliyotiga joriy etilgan. (“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning 2025-yil 8 – avgust 8-37-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyadan korxona buxgalteriya hisobida foydalanish natijasida uskunalardan foydalanishning samarali va intensivligini, ularga ko‘rsatiladigan texnik xizmatlar bo‘yicha xarajatlarni manzilligi, aniqligi hamda shaffofligini ta’minlashga xizmat qilib, ularning xarakati va raqamli transformatsiya jarayonlarini muntazam monitoring qilish imkoniyatini oshirgan;
raqamli texnologiyalar bo‘yicha pudratchilar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasida foydalanilayotgan uskunalarning buxgalteriya hisobini yiritishda 015-“Xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida foydalanishga olingan raqamli texnologiya uskunalari” nomli balansdan tashqari ishchi schyotidan foydalanish yuzasidan bergan taklifi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ amaliyotiga tatbiq qilingan. (“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning 2025-yil 8 – avgust 8-37-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish orqali raqamli texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatayotgan pudratchi tashkilotlarga tegishli aktivlar hisobi va nazoratini takomillashtirish, shuningdek, mazkur uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlarni almashtirish va boshqa xarajatlarni hisobini yuritish obektivligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish