Shoev Davronbek Axmadjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Sanoat korxonalarida boshqaruv sifatini takomillashtirish”; 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1266.
Ilmiy rahbar: Kambarov Jamoliddin Xikmatillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc. 03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanova Zulfiya Rahmatullaevna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materiallari sanoati korxonalarida boshqaruv sifatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Korxona boshqaruvida qaror qabul qilish jarayonlari persuasiv omillarni “Reciprocity”, “Central Route” tamoyillari va “HSM” hamda “AIDA” modellaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
Xodimlarning ishchanlik qobiliyatini oshirishga, ulardagi stress va konfliktlarni kamaytirish, sog‘lom psixologik holatni ta’minlashga qaratilgan “Qisqa siklli kurslar”, “Soft skills” hamda “Work-Life Balance” tadbirlarini o‘zida jamlagan “Menejment laboratoriyasi” uslubiyoti ishlab chiqilgan;
Qurilish materiallari sanoati korxonalarida boshqaruv sifatini ekspert baholashning reyting tizimi ichki va tashqi risk omillarning ta’sir chegarasini [83-100], [67-82], [50-66] hamda [0-49] balli 4 ta guruhga tasniflash orqali takomillashtirilgan;
Qurilish materiallari sanoati korxonalarida boshqaruv strategiyasining amaliy bosqichlarini sifat jihatdan baholash tizimlari Agile va Scrum metodologiyalari hamda DevOps konsepsiyasidan foydalanish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarda ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Korxona boshqaruvida qaror qabul qilish jarayonlari persuasiv omillarni “Reciprocity”, “Central Route” tamoyillari va “HSM” hamda “AIDA” modellaridan foydalanish orqali takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi “KVARS” AJ korxonasi boshqaruv jarayonlariga joriy qilingan(“Kvars” AJning 2025-yil 11-sentyabrdagi 01-17/688-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruvda iqtisodiy jihatdan asoslangan, risk darajasi past bo‘lgan samarali iqtisodiy qarorlar qabul qilinishiga, jamoada kuchli ijtimoiy birlik rivojlanishiga va korporativ madaniyat mustahkamlanishiga erishilgan;
Xodimlarning ishchanlik qobiliyatini oshirishga, ulardagi stress va konfliktlarni kamaytirish, sog‘lom psixologik holatni ta’minlashga qaratilgan “Qisqa siklli kurslar”, “Soft skills” hamda “Work-Life Balance” tadbirlarini o‘zida jamlagan “Menejment laboratoriyasi” uslubiyoti bo‘yicha bergan taklifi “KVARS” AJ korxonasi boshqaruv jarayonlariga joriy qilingan(“Kvars” AJning 2025-yil 11-sentyabrdagi 01-17/688 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni joriy etilishi natijasida korxonada “Menejment laboratoriyasi”ni tashkil etilgan va bu o‘z navbatida xodimlarning mehnat unumdorligini ortishiga, ularda stress va muammoli holatlarning kamayishiga, jamoada o‘zaro ishonch hamda hamjihatlik kuchayishiga, ijodiy va tashabbuskorlik muhiti hamda barqaror kadrlar siyosati shakllanishiga xizmat qilgan;
Boshqaruv sifatini ekspert baholashning reyting tizimi ichki va tashqi risk omillarning ta’sir chegarasini [83-100], [67-82], [50-66] hamda [0-49] balli 4 ta guruhga tasniflash bo‘yicha bergan tavsiyasi “KVARS” AJ korxonasi boshqaruv jarayonlariga joriy qilingan(“Kvars” AJning 2025-yil 11-sentyabrdagi 01-17/688-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni joriy etilishi korxonada boshqaruvning zaif nuqtalarini aniqlash va mazkur nuqtalarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilishini osonlashtirishga, boshqaruv sifati bo‘yicha aniq va shaffof tasnif shakllanishiga, boshqaruv qarorlarini chiqaruvchilarni javobgarlik ma’suliyatini oshirishga xizmat qilgan;
Qurilish materiallari sanoati korxonalarida boshqaruv strategiyasining amaliy bosqichlarini sifat jihatdan baholash tizimlari Agile va Scrum metodologiyalari hamda DevOps konsepsiyasidan foydalanish bo‘yicha bergan tavsiyasi “KVARS” AJ korxonasi boshqaruv jarayonlariga joriy qilingan(“Kvars” AJning 2025-yil 11-sentyabrdagi 01-17/688-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruv strategiyasining amaliy bosqichlarini sifat jihatdan baholash tizimining takomillashishi natijasida strategiyani rejalashtiruvchi va uni amalga oshiruvchi guruhlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, ma’lumot almashinuvi hamda avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari shakllangan, boshqaruvda xomashyo narxi, ta’minot zanjiridagi o‘zgarishlarga tezkor moslashish va tezkor qaror qabul qilish imkoniyati oshgan.