Xusanov Baxodir Sheralievich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Aholini ijtimoiy ta’minotini tartibga solishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt260
Ilmiy maslahatchi: Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karlibaeva Raya Xojabaevna iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Qarshi Davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Aholini ijtimoiy ta’minotini tartibga solishning moliyaviy mexanizmini samaradorligini oshirishga, ularni aholini farovonligi va turmush darajasini oshirish uchun xizmat qiladigan moliyaviy va ijtimoiy javobgarlikni o‘z ichiga olgan nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy himoyaning manzilligi va samaradorligini oshirishda ijtimoiy yordamga muhtoj aholini davlat ijtimoiy ta’minot tizimlari orqali kam ta’minlangan yoki kam daromadli oila sifatida tasniflab, ularga pensiya, nafaqa, subsidiya va boshqa ko‘rinishdagi to‘lovlarni maqsadli ravishda taqdim etish taklif etilgan;
nafaqa yoshiga etgan, ammo davlat pensiya tizimida ixtiyoriy ishtirok etish uchun talab etiladigan ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga pensiya tayinlash imkoniyatini kengaytirishda etarli bo‘lmagan har bir oy uchun byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lashni zarur ish tajribasi va muddatlarni hisobga olgan holda joriy etish taklifi asoslangan;
ijtimoiy himoya qamrovini kengaytirish va pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan fuqarolar daromadlarini qonuniylashtirish, ularning pensiya to‘lovlari va ijtimoiy sug‘urtada ishtirok etishini ta’minlash asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarini oshirish taklifi berilgan;
davlat pensiya ta’minoti muhitini yaxshilashda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qo‘shimcha ijtimoiy to‘lovlar oqimini ta’minlash uchun tadbirkorlikni strategik drayver sifatida shakllantirishga qaratilgan konseptual va strategik yondashuvlarni ishlab chiqish taklif etilgan;
kam ta’minlanganlikka qarshi barqaror yalpi iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy faollikni kuchaytirishda tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan aholining salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ijtimoiy nafaqalarni shakllantirish mexanizmlari asosida “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarilgan fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan kompleks tizimni yaratish taklif etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovasion iqtisodiyotda ijtimoiy ta’minotni tartibga solishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida ular amaliyotga tatbiq etilgan, xususan:
ijtimoiy yordamga muhtoj aholini davlat ijtimoiy ta’minot tizimlari orqali kam ta’minlangan yoki kam daromadli oila sifatida ko‘rib chiqqan xolda ularga pensiya, nafaqa, subsidiyalar va boshqa shakldagi to‘lovlarni taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2017 yildagi 12 sentyabrdagi PQ-3268 sonli Qarorini ijrosini ta’minlash xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 29 yil 2020 maydagi 01/00-04/07-4797 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy ta’minotning moliyaviy mexanizmini tartibga solish metodologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga yordam bergan holda aholining moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash va ijtimoiy tenglikka erishishga imkon bergan;
nafaqa yoshiga etgan, ammo davlat pensiya tizimida ixtiyoriy ishtirok etish uchun talab etiladigan ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga pensiya tayinlash imkoniyatini kengaytirishda etarli bo‘lmagan har bir oy uchun byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lashni zarur ish tajribasi va muddatlarni hisobga olgan holda joriy etish taklifi 2019 yil 19 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi pensiya tizimining o‘rta muddatli istiqbolda barqarorligini ta’minlashdagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining 7 aprel 2021 yildagi 03/30-010-37/ TD67315177 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarga belgilangan miqdordagi pensiyalarni to‘lash, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qo‘shimcha badallar miqdorini 6 foizga yoki 43,4 milliard so‘mga oshirish imkonini bergan;
ijtimoiy himoya qamrovini kengaytirish va pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan fuqarolar daromadlarini qonuniylashtirish, ularning pensiya to‘lovlari va ijtimoiy sug‘urtada ishtirok etishini ta’minlash asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3680 va 2018 yil 5 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3839-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining 2021 yil 7 apreldagi 03/30-010-37/ TD67315177 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga har bir norasmiy sektorda band bo‘lganlar va mehnat muhojirlaridan pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar, shu jumladan ijtimoiy sug‘urta badallari hisobidan har yili 426,0 ming so‘m miqdorda qo‘shimcha tushum ta’minlangan;
davlat pensiya ta’minoti muhitini yaxshilashda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qo‘shimcha ijtimoiy to‘lovlar oqimini ta’minlash uchun tadbirkorlikni strategik drayver sifatida shakllantirishga qaratilgan konseptual va strategik yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi biznesni rivojlantirish agentligini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining 1-sonli ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining 2021 yil 7apreldagi 03/30-010-37/ TD67315177 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pensiya tizimining uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy faollikni kengaytirish hamda aholi bandligining formal sektor orqali oshirilishini rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi konseptual va strategik yondashuvlar asosida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” bo‘yicha kam ta’minlangan yoki ijtimoiy yordamga muhtojlar soni o‘rtacha yillik hisobda, shuningdek har bir fuqaroga kupayishi natijasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 626,5 ming so‘m mablag‘ tushushi ta’minlangan;
kam ta’minlanganlikka qarshi barqaror yalpi iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy faollikni kuchaytirishda tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan aholining salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ijtimoiy nafaqalarni shakllantirish mexanizmlari asosida “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarilgan fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan kompleks tizimni yaratish taklifi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida ijtimoiy to‘lovlar faolligini oshirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining 2021yil 7 apreldagi 03 / 30-010-37 TD67315177 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘rtacha har bir tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilgan fuqaroning ish haqidan o‘rtacha har oyda 694,7 ming so‘m miqdorda qo‘shimcha tushum keltirgan.