Umarov Jasur Tursunovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini tartibga solishning metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt429
Ilmiy maslahatchi: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shennaev Akbar Aqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Tursunov Jaxongir Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes
va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini tartibga solishning metodologik jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xaridlariga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan benefisiar mulkdor, dastlabki malaka tanlovi, zaxiradagi g‘olib, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining affillangan shaxsi, eng yaxshi takliflarni tanlash kabi mualliflik tarifi ishlab chiqilgan;
korporativ sektorda shaffoflik, raqobatbardoshlik va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni institutsional ta’minlashda ustav kapitalida davlat korxonalari yoki davlat ulushi
50 foiz va undan ortiq bo‘lgan, shuningdek bunday korxonalar ulushlarining jami hissasi 50 foiz
va undan ortiqni tashkil etuvchi yuridik shaxslarning barcha xarid jarayonlarini “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun normalariga majburiy muvofiqlashtirish taklif etilgan;
davlat buyurtmachilarining xarid jarayonida optimal tartib-taomilni erkin tanlash imkoniyatini kengaytirish hamda xarid mexanizmlarining institutsional uyg‘unligini ta’minlash maqsadida elektron do‘kon, auksion va eng yaxshi takliflarni tanlash turlarining yuqori qiymat chegaralarini birxillashtirish taklifi asoslangan;
xarid jarayonlarida vaqt jihatidan intizomni mustahkamlash, shaffoflik va prognozlash mumkinligini oshirish orqali raqobatni kuchaytirishda davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining reja-jadvalini maxsus axborot portalida joylashtirishning aniq muddatlarini belgilash taklif etilgan;
ijtimoiy masʼuliyatli tadbirkorlikni rag‘batlantirish, davlat xaridlarining inklyuzivligini oshirish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlagan tadbirkorlik subektlaridan xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha alohida maxsus savdo maydonchasini tashkil etish hamda shartnomalarni elektron ravishda imzolash bo‘yicha taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari investision faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat xaridlariga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan benefisiar mulkdor, dastlabki malaka tanlovi, zaxiradagi g‘olib, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining affillangan shaxsi, eng yaxshi takliflarni tanlash kabi mualliflik tarifi ishlab chiqilganligiga doir taklifi
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan
(Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining 2023-yil 10-iyundagi 00854-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat xaridlari jarayonida shaffoflikni kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, bozordagi raqobatni adolatli shakllantirish hamda tender ishtirokchilarining haqiqiy egalarini aniqlash orqali korrupsion xavflarni keskin kamaytirish, shuningdek tanlov jarayonlarining institutsional samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
korporativ sektorda shaffoflik, raqobatbardoshlik va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni institutsional ta’minlashda ustav kapitalida davlat korxonalari yoki davlat ulushi
50 foiz va undan ortiq bo‘lgan, shuningdek bunday korxonalar ulushlarining jami hissasi 50 foiz va undan ortiqni tashkil etuvchi yuridik shaxslarning barcha xarid jarayonlarini “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun normalariga majburiy muvofiqlashtirish taklifi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining 2023-yil 10-iyundagi 00854-son ma’lumotnomasi).
Natijada, korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat xaridlari 2022-yilda 2021-yilga nisbatan
44,6 trln.so‘mga ortiq, yaʼni 49 foizga ko‘p amalga oshirilgan holda, 2022-yilda korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari natijasida 9,0 trln. so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga erishilgan;
davlat buyurtmachilarining xarid jarayonida optimal tartib-taomilni erkin tanlash imkoniyatini kengaytirish hamda xarid mexanizmlarining institutsional uyg‘unligini ta’minlash maqsadida elektron do‘kon, auksion va eng yaxshi takliflarni tanlash turlarining yuqori qiymat chegaralarini birxillashtirish taklifi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 49, 52
va 56-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining 2023-yil 10-iyundagi 00854-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron do‘kon, auksion va eng yaxshi takliflarni tanlash turlariga bog‘liq korporativ buyurtmachilar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 000 baravarigacha, byudjet buyurtmachilari uchun 2 500
va 6 000 baravarigacha qilib belgilash asosida davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni turli xil sabablarga ko‘ra bekor qilish holatlari jami xaridlarga nisbatan ulushi 2022-yilda o‘tgan yilga nisbatan 10 foizdan 6 foizga tushishiga erishilgan;
xarid jarayonlarida vaqt jihatidan intizomni mustahkamlash, shaffoflik va prognozlash mumkinligini oshirish orqali raqobatni kuchaytirishda davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining reja-jadvalini maxsus axborot portalida joylashtirishning aniq muddatlarini belgilashga doir taklifi Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining 2023-yil 10-iyundagi 00854-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat xaridlarining yillik reja-jadvali byudjet buyurtmachilari tomonidan joriy yilning 25-martiga qadar, korporativ buyurtmachilar tomonidan kelgusi yil uchun davlat xaridlarining yillik reja-jadvallari joriy yilning 25-dekabriga qadar hamda kelgusi chorak uchun joriy chorak oxirgi oyining 25 sanasiga qadar maxsus axborot portalida joylashtirish kabi aniq muddatlarini belgilash asosida davlat buyurtmachilari tomonidan 2021-yilda 147,4 trln. so‘mlik, 2022-yilda 204,5 trln. so‘mlik davlat xaridlari bo‘yicha reja-jadvallar xaridlar amalga oshirilishidan oldin maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali ma’lumotlar ochiqlanishiga erishilgan;
ijtimoiy masʼuliyatli tadbirkorlikni rag‘batlantirish, davlat xaridlarining inklyuzivligini oshirish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlagan tadbirkorlik subektlaridan xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha alohida maxsus savdo maydonchasini tashkil etish hamda shartnomalarni elektron ravishda imzolash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-son farmonining 6, 9 va 12-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2025-yil
1-maydagi 04/21/2109-son ma’lumotnomasi). Natijada, nogironligi bo‘lgan shaxslarni banlidigini ta’minlagan tadbirkorlik subektlari soni 347 taga ko‘payib, 487 tani, ushbu korxonalarda ishlaydigan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni esa 1 259 taga ko‘payib, 2 394 tani, hamda davlat buyurtmachilari tomonidan ushbu korxonalardan amalga oshirgan davlat xaridlari 2024-yilda
2,1 trln so‘mni tashkil qildi yoki 2023-yilga nisbatan nisbatan 18 baravarga oshishiga erishilgan.