Sadikov Shoxrux Shuxratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Oliy ta’lim muassasalarni raqamli promo qilishda sun’iy intellektdan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt572
Ilmiy maslahatchi: Xakimov Ziyodulla Ahmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlar doktori, dotsent Ishmanova Dinora Nurmamad qizi, iqtisodiyot fanlar doktori, professor Qo‘chqorov Tohir Safarovich, iqtisodiyot fanlar doktori, dotsent, Ismoilova Gulnora Fayzullaevna
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muassasalarni raqamli promo qilishda sun’iy intellektdan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar tayyorlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limda raqamli boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida talabalarni jalb etishga qaratilgan raqamli kommunikatsiya jarayonlari strategik qaror qabul qilish, tashkiliy-texnik, amaliy va monitoring-optimizatsiya modullariga tayangan holda sun’iy intellekt asosidagi strategik uyg‘unlik, foydalanuvchi markazliligi, ma’lumotlar sifati va xavfsizligi, shaffoflik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, masʼuliyat va qiymat yaratish tamoyillari orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari uchun sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan talabalar uchun masshtablanish imkoniyati, ishonchli, xavfsiz, xarajat samaradorligi va moslashuvchanlikni ta’minlaydigan platformani ishlab chiqishning dasturiy moduli va amalga oshirishning bosqichma-bosqich arxitekturasi taklif etilgan;
balanslashgan ko‘rsatkichlar metodologiyasiga asoslangan usulda oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt asosidagi raqamli marketing samaradorligini moliyaviy, operatsion faoliyat indiktorlari, talabalar tajribasi hamda strategik ta’sir (0≤AIindex≤50) past, (51≤AIindex≤75) o‘rta va (76≤AIindex≤100) kabi ko‘rsatkichlarga ko‘ra yuqori chegaralarda baholash taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari uchun sun’iy intellektga asoslangan raqamli platforma va dasturiy tizimi ma’lumotlar xabi (Data Hub), sun’iy intellekt faolitini tashkil etuvchi mexanizm (SI Engine), kommunikatsiyalari xabi (communication hub), analitik markaz (Analytics Center) xamda dasturiy tizimlar integratsiyasini ta’minllovchi ekotizim asosida takomillashtirilgan;
“Oliy ta’lim tashkilotlarning sun’iy intellektga asoslangan raqamli marketing faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni talabalarga yuqori qiymat yaratish, etkazish va ularning tajribasini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatlarning butun bosqichlarida o‘zaro munosabatlarga asoslangan tizimni sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanish yordamida amalga oshirishga qaratilgan jarayonlar majmui sifatida ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining raqamli marketing faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’limda raqamli boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida talabalarni jalb etishga qaratilgan raqamli kommunikatsiya jarayonlari strategik qaror qabul qilish, tashkiliy-texnik, amaliy va monitoring-optimizatsiya modullariga tayangan holda sun’iy intellekt asosidagi strategik uyg‘unlik, foydalanuvchi markazliligi, ma’lumotlar sifati va xavfsizligi, shaffoflik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, masʼuliyat va qiymat yaratish tamoyillari orqali takomillashtirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi OTMlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 05-dekabrdagi №07/292-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarni jalb qilishga qaratilgan faoliyatda foydalanilayotgan raqamli texnologiyalar sun’iy intellektga asoslangan tizimlarga integratsiya qilingan, hamda oliy ta’lim muassasalarida bozorni o‘rganishga qaratilgan qarorlarini qabul qilish vaqti 65 foizga qisqargan, jarayonlarni avtomatlashtirish darajasi 78 foizga etkazilga;
oliy ta’lim muassasalari uchun sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan talabalar uchun masshtablanish imkoniyati, ishonchli, xavfsiz, xarajat samaradorligi va moslashuvchanlikni ta’minlaydigan platformani ishlab chiqishning dasturiy moduli va amalga oshirishning bosqichma-bosqich arxitekturasiga doir taklifi Tashkent International University raqamli marketing infratuzilmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 05-dekabrdagi №07/292-son ma’lumotnomasi). Natijada, universitetda 6 ta asosiy moduldan iborat yagona SI-platformasi shakllangan va 4 bosqichli joriy etish yo‘l xaritasi amalga oshirilgan. Universitetning yillik raqamli marketing xarajatlari 22,2 foizga kamaygan hamda xarajatlarni 325 mln. so‘mga qisqartirishga hamda bozorni egallashga yo‘naltirilgan investisiyalari rentabelligi 1,9 baravarga oshirishga erishilgan;
balanslashgan ko‘rsatkichlar metodologiyasiga asoslangan usulda oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt asosidagi raqamli marketing samaradorligini moliyaviy, operatsion faoliyat indiktorlari, talabalar tajribasi hamda strategik ta’sir (0≤AIindex≤50) past, (51≤AIindex≤75) o‘rta va (76≤AIindex≤100) kabi ko‘rsatkichlarga ko‘ra yuqori chegaralarda baholashga doir taklifi Tashkent International University raqamli marketing infratuzilmasiga faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 05-dekabrdagi №07/292-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan strategik echimlar asosida oliy ta’lim muassasalarida SI-marketing samaradorligini 89 foizga oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari uchun sun’iy intellektga asoslangan raqamli platforma va dasturiy tizimi ma’lumotlar xabi (Data Hub), sun’iy intellekt faolitini tashkil etuvchi mexanizm (SI Engine), kommunikatsiyalari xabi (communication hub), analitik markaz (Analytics Center) hamda dasturiy tizimlar integratsiyasini ta’minllovchi ekotizim asosida takomillashtirishga doir taklifi Tashkent International University raqamli marketing infratuzilmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 05-dekabrdagi №07/292-son ma’lumotnomasi). Natijada, universitetda ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash vaqti 78 foizga, talabalar so‘rovlariga javob berish vaqti 85 foizga qisqargan, lidlarni baholash aniqligi 94 foizga etgan;
“Oliy ta’lim tashkilotlarning sun’iy intellektga asoslangan raqamli marketing faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni talabalarga yuqori qiymat yaratish, etkazish va ularning tajribasini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatlarning butun bosqichlarida o‘zaro munosabatlarga asoslangan tizimni sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanish yordamida amalga oshirishga qaratilgan jarayonlar majmui sifatida ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirishga doir taklifi oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Raqamli iqtisodiyot” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 27-dekabr 2024-yildagi 448-son buyrug‘i). Natijada, oliy o‘quv yurti talabalarida “marketing strategiyasi” tushunchasi korxonaning bozorda uzoq muddat muvaffaqiyatli ishlashi va barqaror rivojlanishi, bozor ulushi va o‘z brendini imijini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarini amalga oshirish uchun marketing dastaklaridan optimal foydalanish asosida isteʼmolchilarining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat metodologiyasi, usullari, tartiblari va harakatlari majmui sifatida yanada kengroq nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan.