Begmatova Shaxlo Faxriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni soliqqa tortishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2960
Ilmiy rahbar: Usmanova Muxlisa Sagdullaevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kuziev Ravshan Ramazanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni soliqqa tortishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholining qimmatli qog‘ozlarga investisiya kiritishini rag‘batlantirishda O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlarini daromad solig‘idan ozod qilish taklif etilgan;
soliq to‘lovchining soliq davri davomida jami mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi ish haqi va boshqa daromadlaridan mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun shaxsiy investisiya hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan daromadlarini ularni o‘n ikki oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilish taklifi asoslangan;
kapital bozorining likvidligi va investision jozibadorligini oshirishda rentabelli va salohiyatli davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini «Xalq IPO» orqali ommaviy joylashtirish hamda aholining IPO jarayonlarida ishtirokini rag‘batlantiruvchi soliq mexanizmlarini joriy etish taklif etilgan;
mamlakatimizda chet ellik nominal saqlovchilarning mahalliy kapital bozorida faol qatnashishlarini ta’minlashda qimmatli qog‘ozlarni saqlashga ma’sul muassasa hamda kastodian banklarni ochish, hamda zarur infratuzilmani yaratishda ushbu yangi institutlarga foyda solig‘idan soliq kanikullari berish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholining qimmatli qog‘ozlarga investisiya kiritishini rag‘batlantirishda O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlarini daromad solig‘idan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi “Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi №PQ-90-sonli Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2024 yil 22 maydagi №22-49795-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2022-yil aprelidan 2024-yil apreliga qadar mamlakatimizda aholining qimmatli qog‘ozlarga investisiyalari hajmining 1,3 martaga o‘sishini ta’minlangan, hamda 2028-yil 31-dekabrga qadar ushbu imtiyoz tufayli kutilayotgan o‘sish 2 martani tashkil qilishi prognoz qilinmoqda;
soliq to‘lovchining soliq davri davomida jami mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi ish haqi va boshqa daromadlaridan mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun shaxsiy investisiya hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan daromadlarini ularni o‘n ikki oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentyabrdagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-291-sonli Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2024 yil 22 maydagi №22-49795-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholining shaxsiy investisiya hisobvarag‘ini ochish tadbirini joriy etishga imkon bergan va 2024-yilning I choragida oldingi yilning shu davriga nisbatan mamlakatimizda aholining qimmatli qog‘ozlarga investisiyalari hajmining 25 foizga o‘sishi ta’minlangan;
kapital bozorining likvidligi va investision jozibadorligini oshirishda rentabelli va salohiyatli davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini «Xalq IPO» orqali ommaviy joylashtirish hamda aholining IPO jarayonlarida ishtirokini rag‘batlantiruvchi soliq mexanizmlarini joriy etishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030 Strategiyasi to‘g‘risida”gi №PF-158-sonli Farmoni 49-maqsad “Mamlakatimizning investisiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish” bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2024 yil 22 maydagi №22-49795-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilga borib rentabelli va salohiyatli davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarining kamida 25 foizini xalqqa sotilishi ta’minlanadi, aholining IPOda ishtiroki darajasini 2,5 martaga oshirishga erishiladi;
mamlakatimizda chet ellik nominal saqlovchilarning mahalliy kapital bozorida faol qatnashishlarini ta’minlashda qimmatli qog‘ozlarni saqlashga ma’sul muassasa hamda kastodian banklarni ochish, hamda zarur infratuzilmani yaratishda ushbu yangi institutlarga foyda solig‘idan soliq kanikullari berishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030 Strategiyasi to‘g‘risida”gi №PF-158-sonli Farmoni 49-maqsadi “Mamlakatimizning investisiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish” bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2024 yil 22 maydagi №22-49795-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2030-yilga borib qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar hajmi 2,8 martaga, chet ellik nominal saqlovchilar ishtirokining ulushi 25 foizga, kastodian banklar faoliyati orqali qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar samaradorligi yillik 4,2 foizga oshishi kutilmoqda.