Hasanov Husniddin Kamol o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

 
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Chol” konseptining lingvo-kognitiv tahlili”. 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4042.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Kilichev Bayramali Ergashovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Turniyazov Behzod Nigmatovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida “chol” konsepti voqealangan xalq og‘zaki ijodi namunalari hamda badiiy matnlarini lingvo-kognitiv jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilshunosligida “chol” konsepti lingvo-kognitiv yondashuv asosida kompleks yoritilib, unga xos bo‘lgan semantik, psixologik, ijtimoiy va madaniy omillar bilan birga “chol” konsepti keksa inson obrazigagina emas, balki milliy tafakkur, avlodlar uzviyligi, qadriyatlar merosi va hayotiy donishmandlik timsoli ekanligi asoslangan;
“chol” konseptining konseptosfera, freym va kognitiv model doirasida shakllanishi hamda uning semantik yadrosi, assotsiativ maydoni, emotsional-estetik komponentlarining verballashuvi paremiologik birliklar, ertaklar va nasriy asarlar misolida dalillangan;
“chol” konseptining og‘zaki va badiiy matnlarda verballashuviga xos bo‘lgan metaforik modellar va lisoniy vositalar  milliy mentalitetdagi ifoda shakllari asosida tizimlashtirilib, “donolik”, “sabr”, “iztirob”, “yolg‘izlik”, “umid”, “vatanparvarlik” kabi semantik birliklarning denotativ va signifikativ belgilari asoslangan;
“chol” konsepti asosida shakllangan avlodlar almashinuvi, tarixiy xotira kabi gumanitar kategoriyalarga mansub badiiy va obrazli ifodalar hamda milliy-madaniy qadriyatlar freym, slot, realiya, ssenariy kabi lingvo-kognitiv vositalar orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Chol” konseptining lingvo-kognitiv xususiyatlari hamda badiiy asarda aks etish o‘rni hamda tushunchalar sistemasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilshunosligida “chol” konsepti lingvo-kognitiv yondashuv asosida kompleks yoritilib, unga xos bo‘lgan semantik, psixologik, ijtimoiy va madaniy omillar bilan birga “chol” konsepti keksa inson obrazigagina emas, balki milliy tafakkur, avlodlar uzviyligi, qadriyatlar merosi va hayotiy donishmandlik timsoli ekanligi bilan bog‘liq natijalaridan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-dekabrdagi 523/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarning ilmiy saviyasini oshirishga erishilgan;
“chol” konseptining konseptosfera, freym va kognitiv model doirasida shakllanishi hamda uning semantik yadrosi, assotsiativ maydoni, emotsional-estetik komponentlarining verballashuvi paremiologik birliklar, ertaklar va nasriy asarlar misolida dalillangan natijalar va xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 – Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 25-dekabrdagi 04/1-4266-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyihaning nazariy va amaliy qismi ilmiy asoslangan xulosalar va dalillar bilan boyitilgan;
“chol” konseptining og‘zaki va badiiy matnlarda verballashuviga xos bo‘lgan metaforik modellar va lisoniy vositalar  milliy mentalitetdagi ifoda shakllari asosida tizimlashtirilib, “donolik”, “sabr”, “iztirob”, “yolg‘izlik”, “umid”, “vatanparvarlik” kabi semantik birliklarning denotativ va signifikativ belgilari asoslangan natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy tahlil to‘garaklari faoliyati uchun material sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 9-yanvar № 01-03/2-sonli maʼlumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarning badiiy mahorati hamda lisoniy salohiyatiga oid qarashlar boyitilgan;
“chol” konsepti asosida shakllangan avlodlar almashinuvi, tarixiy xotira kabi gumanitar kategoriyalarga mansub badiiy va obrazli ifodalar hamda milliy-madaniy qadriyatlar freym, slot, realiya, ssenariy kabi lingvo-kognitiv vositalar orqali ochib berilishi bilan bog‘liq ilmiy natijalardan Samarqand viloyat teleradiokanali tomonidan 2024-yil iyun oyida efirga uzatilgan “Xayrli kun” eshittirishining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 10-yanvardagi 01-07/24-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvning ushbu soni uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish