Turaeva Gulchehra Urayimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘smirlarda deviantlilikning konativ aspektlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P1317.
Ilmiy rahbar: Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda deviantlilikning konativ aspektlarini tadqiq etish asosida uni psixokorreksiyasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlar orasida deviant xulq-atvorning konativ aspektlari (xatti-harakat va iroda bilan bog‘liq jihatlari) namoyon bo‘lishida ularning ijtimoiy xohish va ehtiyojlarga yo‘nalganligi, mavjud meʻyor va qoidalarga zid harakat qilishga intilishi, tajovuzkorlik va zo‘ravonlikka moyilligi, noanʻanaviy fantaziyalar yoki noodatiy xobbilarga berilishi, jinsiy og‘ishishlar va dismorfobik holatlarga moyilligi darajasida farqlanishi aniqlangan.
o‘smirlarda deviantlikning konativ aspektlari shakllanishi va ifodalanishida kompleks ijtimoiy-psixologik determinantlarning muhimligiga ko‘ra “deviant xulqni namoyon etishga moyillik va intilish”, “yashirin ichki motivlar”, “oddiy va ijobiy hayot tarziga intilish” hamda “yaxshi xulqqa moyillik” kabi yo‘nalishlar o‘smirning ijtimoiy muhitda o‘zini tutish strategiyasi va o‘z-o‘zini nazorat qilish darajasi bilan uzviy aloqada namoyon bo‘lishi aniqlangan.
o‘smirlarda deviantlilikning konativ aspektlari shaxsiy sifatlariga ko‘ra asabiylashganlik, spontan tajovuzkorlik, ruhiy siqilganlik, psixosomatik buzilishlar, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan tajovuzkorlik, emotsional holatda, o‘ziga va ijtimoiy muhitga doimiy negativ munosabat, ta’bi xiralik, tortinchoqlik, ishonchsiz, g‘amgin, ichki azoblanish, emotsionol holatlarning noturg‘unligi, chidamsizlik, beixtiyor asabiylashish, injiq bilan bog‘liq shaxslilik jihatlari asoslangan.
o‘smirlarda deviantlilikning konativ aspektlari dinamikasini psixodiagnostik qiyosiy tahlil qilish natijasida uni pasaytiruvchi psixokorreksion model ishlab chiqish asosida deviant xulqning “shaxslararo munosabatlardagi dominantlik”, “kommunikativ sifatlar” “ijtimoiy status”, “o‘zaro birgalikda yashash, hamkorlikda faoliyat yuritish”, insonlar o‘rtasidagi muloqot darajasi shakllanishiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda deviantlilikning konativ aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida:
o‘smirlar orasida deviant xulq-atvorning konativ aspektlari (xatti-harakat va iroda bilan bog‘liq jihatlari) namoyon bo‘lishida ularning ijtimoiy xohish va ehtiyojlarga yo‘nalganligi, mavjud meʻyor va qoidalarga zid harakat qilishga intilishi, tajovuzkorlik va zo‘ravonlikka moyilligi, noanʻanaviy fantaziyalar yoki noodatiy xobbilarga berilishi, jinsiy og‘ishishlar va dismorfobik holatlarga moyilligi darajasida farqlanishi aniqlangan ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-282-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-282 a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda deviant xulq namoyon bo‘lishida meʻyor va qoidalarni buzishga intilish,addiktiv axloqqa moyillik,tajovuskor va zo‘ravonlikka moyillik hissining differensial farqlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlarda deviantlikning konativ aspektlari shakllanishi va ifodalanishida kompleks ijtimoiy-psixologik determinantlarning muhimligiga ko‘ra “deviant xulqni namoyon etishga moyillik va intilish”, “yashirin ichki motivlar”, “oddiy va ijobiy hayot tarziga intilish” hamda “yaxshi xulqqa moyillik” kabi yo‘nalishlar o‘smirning ijtimoiy muhitda o‘zini tutish strategiyasi va o‘z-o‘zini nazorat qilish darajasi bilan uzviy aloqada namoyon bo‘lishi aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-282-son buyrug‘i bilan “Deviantologiya moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-PM-282 a-son ma’lumotnomasi).Natijada o‘smirlik davrida deviant xulq namoyon bo‘lishining kompleks ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlarda deviantlilikning konativ aspektlari shaxsiy sifatlariga ko‘ra asabiylashganlik, spontan tajovuzkorlik, ruhiy siqilganlik, psixosomatik buzilishlar, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan tajovuzkorlik, emotsional holatda, o‘ziga va ijtimoiy muhitga doimiy negativ munosabat, ta’bi xiralik, tortinchoqlik, ishonchsiz, g‘amgin, ichki azoblanish, emotsionol holatlarning noturg‘unligi, chidamsizlik, beixtiyor asabiylashish, injiq bilan bog‘liq shaxslilik jihatlari asoslangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-282-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-PM-282 a-son ma’lumotnomasi).Natijada o‘smirlarda deviantlilikning konativ aspektlari shaxsiy sifatlariga ko‘ra jihatlar yoritib berilgan.
o‘smirlarda deviantlilikning konativ aspektlari dinamikasini psixodiagnostik qiyosiy tahlil qilish natijasida uni pasaytiruvchi psixokorreksion model ishlab chiqish asosida deviant xulqning “shaxslararo munosabatlardagi dominantlik”, “kommunikativ sifatlar” “ijtimoiy status”, “o‘zaro birgalikda yashash, hamkorlikda faoliyat yuritish”, insonlar o‘rtasidagi muloqot darajasi shakllanishiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-282-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-PM-282 a-son ma’lumotnomasi).Natijada o‘smirlarda deviant xulq dinamikasini psixodiagnostik qiyosiy tahlil qilish natijasida uni pasaytiruvchi psixokorreksion dastur va psixokorreksion model ishlab chiqilgan.