Himmatova Nodira Normamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar ijtimoiylashuvining psixologik xususiyatlari(inklyuziv ta’lim sinflarii misolida)», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/P613.
Ilmiy rahbar: Pulatov Jamshid Abdumajitovich psixologiya fanlari boʻyicha (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Minboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Kasimova Xulkar Atabaevna, psixologiya fanlari bo‘yich falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarning inklyuziv muhitda ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash va ularning shaxslararo munosabatlar orqali shakllanish mexanizmlarini asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’lim muhitida ijtimoiylashuvi «onaga bo‘lgan munosabat», «aka-uka va opa-singilga bo‘lgan munosabat» va «xulq-atvorning ijtimoiy mosligi» darajasiga ko‘ra o‘qituvchi va tengdoshga bo‘lgan munosabatning shaxsni o‘zini qabul qilish darajasi orqali namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
shaxs ijtimoiylashuvining refleksiv xususiyatlarga bog‘liqligi alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhitga integratsiyasida «motivatsion-qadriyatli» va «operatsion-faoliyatli» interaktiv yo‘nalishning dinamikasiga ko‘ra o‘quvchi pozisiyasining boladagi ijtimoiy men orqali shakllanishi hamkorlikdagi munosabatni kuchayishiga ta’siri asosida isbotlangan;
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan inklyuziv sharoitli umumta’lim tashkilotlariga o‘tkazilishi jarayonida o‘smirlardagi moslasholmaslik, o‘zini va boshqalarni rad etish, emotsional noqulaylik, ekspamizmdagi ichki nazoratning balandligi tufayli yangi ta’lim muhitiga moslashuvchanlik «ota-ona va o‘qituvchi» diadasi munosabatlarini ifodalovchi tashqi nazoratga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan kichik maktab yoshi va o‘smirlarning psixologik xususiyatlariga ko‘ra «ta’limga ehtiyoj va maktabga munosabat», «yangi turdagi munosabatlarga intilish» va «o‘qish faoliyatiga qiziqish» bilan bog‘liq xavotirlanish darajasini ifodalanishi tufayli ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvda o‘qituvchi avtoriteti muhim ta’sir determenanti ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar ijtimoiylashuvining psixologik xususiyatlari (inklyuziv ta’lim sinflarii misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’lim muhitida ijtimoiylashuvi «onaga bo‘lgan munosabat», «aka-uka va opa-singilga bo‘lgan munosabat» va «xulq-atvorning ijtimoiy mosligi» darajasiga ko‘ra o‘qituvchi va tengdoshga bo‘lgan munosabatning shaxsni o‘zini qabul qilish darajasi orqali namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligiga asoslangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi PM-164-son buyrug‘i bilan «Shaxslararo munosabatlar psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi PM-164-son ma’lumotnomasi). Natijada alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’lim muhitiga ijtimoiylashuvida o‘zini qabul qilish darajasini baholash imkoniyati yaratilgan;
shaxs ijtimoiylashuvining refleksiv xususiyatlarga bog‘liqligi alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhitga integratsiyasida «motivatsion-qadriyatli» va «operatsion-faoliyatli» interaktiv yo‘nalishning dinamikasiga ko‘ra o‘quvchi pozisiyasining boladagi ijtimoiy men orqali shakllanishi hamkorlikdagi munosabatni kuchayishiga ta’siri asosida isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi PM-164-son buyrug‘i bilan «Shaxslararo munosabatlar psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi PM-164-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi pozisiyasining boladagi ijtimoiy men orqali shakllanishiga hamkorlikdagi munosabatni kuchayishiga xizmat qilgan;
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan inklyuziv sharoitli umumta’lim tashkilotlariga o‘tkazilishi jarayonida o‘smirlardagi moslasholmaslik, o‘zini va boshqalarni rad etish, emotsional noqulaylik, ekspamizmdagi ichki nazoratning balandligi tufayli yangi ta’lim muhitiga moslashuvchanlik «ota-ona va o‘qituvchi» diadasi munosabatlarini ifodalovchi tashqi nazoratga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi PM-164-son buyrug‘i bilan «Shaxslararo munosabatlar psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi PM-164-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab jamoasining inklyuziv ta’limda jarayonidagi bo‘lgan bolalar oilalariga tashrif buyurishlari ularning motivatsiyasini oshishish xizmat qilgan;
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan kichik maktab yoshi va o‘smirlarning psixologik xususiyatlariga ko‘ra «ta’limga ehtiyoj va maktabga munosabat», «yangi turdagi munosabatlarga intilish» va «o‘qish faoliyatiga qiziqish» bilan bog‘liq xavotirlanish darajasini ifodalanishi tufayli ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvda o‘qituvchi avtoriteti muhim ta’sir determenanti ekanligi asoslangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil
11-noyabrdagi PM-164-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologik trening» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi PM-164-son ma’lumotnomasi). Natijada alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan kichik maktab yoshi va o‘smirlarning ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvda o‘qituvchi muhim ta’sir determenanti ekanligi yaqqol namoyon bo‘lgan.