Kalkonova Lutfiya Yusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda xotirani rivojlantirishning psixologik imkoniyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.PhD/P921.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna psixologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Bekova Shamsiya Djabbarovna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xotirani rivojlantirishning psixologik imkoniyatlarini tadqiq etish va uni takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda mnemik faoliyatning shakllanishi psixik rivojlanishning yosh-dinamik tizimiga ko‘ra materialning anglanganlik darajasi, ixtiyoriy xotira mexanizmlari va emotsional ahamiyatga ega vizual stimullarni qayta ishlash kabi kognitiv-mnemik vositalar asosida tayyorlov guruhi bolalarida vizual xotira ustunligi dallilangan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kognitiv–mnemik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganishga ko‘ra fikrlash va idrok jarayonlarining tarkibiy komponentlari audial va vizual xotiraning shakllanganlik darajasi, diqqatning barqarorligi va ixtiyoriyligi, idrokning yaxlitligi, strukturaliligi, konstantligi, yo‘nalganligi va boshqariluvchanligi, shuningdek tafakkurning umumlashtirish operatsiyasi kabi kognitiv integratsiya mexanizmlari asosida xotira tizimlari bilan umumiy kognitiv jarayonlar o‘rtasida izchil fasilitativ o‘zaro ta’sir mavjudligi asoslangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv-mnemik ko‘rsatkichlarning shakllanishiga ko‘ra qulay oilaviy muhitning audial xotira bilan manfiy, o‘zidan qoniqmaslikning vizual xotira bilan teskari, adovat holati esa ko‘rish xotirasi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlanishi tufayli oilaviy munosabatlarning bola psixikasiga ta’sir qiluvchi differensial psixologik mexanizm ekanligi asoslangan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda mnemik faoliyatning shakllanishida o‘yinning yetakchi faoliyat ekanligiga ko‘ra o‘yinterapiyasi, artterapiya, ertakterapiya, sensor-integrativ va realksatsion psixologik intervensiyalar asosida maqsadga yo‘naltirilgan esda qoldirish va qayta xotirlashni faollashtiruvchi mnemotexnika mashg‘ulotlarining yuqori samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xotirani rivojlantirishnining psixologik imkoniyatlarini oʻrganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda mnemik faoliyatning shakllanishi psixik rivojlanishning yosh-dinamik tizimiga ko‘ra materialning anglanganlik darajasi, ixtiyoriy xotira mexanizmlari va emotsional ahamiyatga ega vizual stimullarni qayta ishlash kabi kognitiv-mnemik vositalar asosida tayyorlov guruhi bolalarida vizual xotira ustunligi dallilanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18- avgustdagi PM-85-sonli buyrug‘iga binoan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Pedagogik psixologiya» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18- avgustdagi PM-85-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xotiraning ixtiyorsizdan ixtiyoriyga o‘tish mexanizmlarini ifodalovchi psixik boshqaruv tizimi sifatida modellashtirilgan konseptual yondashuv shakllantirilgan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kognitiv–mnemik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganishga ko‘ra fikrlash va idrok jarayonlarining tarkibiy komponentlari audial va vizual xotiraning shakllanganlik darajasi, diqqatning barqarorligi va ixtiyoriyligi, idrokning yaxlitligi, strukturaliligi, konstantligi, yo‘nalganligi va boshqariluvchanligi, shuningdek tafakkurning umumlashtirish operatsiyasi kabi kognitiv integratsiya mexanizmlari asosida xotira tizimlari bilan umumiy kognitiv jarayonlar o‘rtasida izchil fasilitativ o‘zaro ta’sir mavjudligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-85-sonli buyrug‘iga binoan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Pedagogik psixologiya» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-85-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xotira tizimining ichki strukturasi asosida mnemotexnik mashg‘ulotlar samaradorligini aniqlovchi ilmiy asos yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv-mnemik ko‘rsatkichlarning shakllanishiga ko‘ra qulay oilaviy muhitning audial xotira bilan manfiy, o‘zidan qoniqmaslikning vizual xotira bilan teskari, adovat holati esa ko‘rish xotirasi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlanishi tufayli oilaviy munosabatlarning bola psixikasiga ta’sir qiluvchi differensial psixologik mexanizm ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM- 85-sonli buyrug‘iga binoan ilmiy yangilik sifatida «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Oila psixologiyasi» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgust dagi PM- 85-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqoridagi fan modullarini yangi ma’lumotlar bilan boyitish imkoniyati yaratilgan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda mnemik faoliyatning shakllanishida o‘yinning yetakchi faoliyat ekanligiga ko‘ra o‘yinterapiyasi, artterapiya, ertakterapiya, sensor-integrativ va realksatsion psixologik intervensiyalar asosida maqsadga yo‘naltirilgan esda qoldirish va qayta xotirlashni faollashtiruvchi mnemotexnika mashg‘ulotlarining yuqori samaradorligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-85-sonli buyrug‘iga binoan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Pedagogik psixologiya» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-85-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi bolalar psixologlarining uslubiy faoliyatini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish