Sattarova Shaxnozaxon Qo‘chqarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘I nomi): “Pedagoglar faoliyatida pozitiv fikrlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P196.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  PhD.03/30.12.2021.P.26.02. 
Rasmiy opponentlar: Umarov Bahriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Melibaeva Roza Nasirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shoyimova Shoxista Sanakulovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: pedagoglar faoliyatida pozitiv fikrlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini kompleks tadqiq etish va uni rivojlantish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qituvchilarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari kasbiy munosabatlarda kognitiv-emosional barqarorlik, stressga chidamlilik, ixtiyoriy nazorat va optimistik atributiv uslublarni dinamik ifodalanishiga asoslanib intrapsixik resurslarning pozitiv fikrlash darajasiga vektorli ta’siri bilan determinasiyalashganligi dalillangan;
pedagoglardagi pozitiv fikrlash darajasi muvaffaqiyat  haqidagi semantik birlikni ishdagi monotonlikni o‘zgartiruvchi omil sifatida faollashtirish ish motivasiyasini oshirganligi tufayli optimistik kognitiv strukturaning mehnat faoliyatidan qoniqqanlik darajasi ta’sirida namoyon bo‘lishi bilan determinasiyalashganligi aniqlangan;
pedagoglardagi pozitiv fikrlashni namoyon bo‘lishiga psixologik to‘siq bo‘luvchi omillar emosional charchoq, shaxsiy yutuqlarni redkusityalashga intilishning ijtimoiy aloqalar, tashabbuskorlik va vaziyatni nazorat qila olish kabi xususiyatlarning sust rivojlanganligi bilan bog‘liqligi tufayli shaxsiy depersonalizasiyaning «ekzistensial frustrasiya» asosida kuchli namoyon bo‘lishiga ko‘ra aniqlangan;
pedagoglar faoliyatida pozitiv fikrlashning namoyon bo‘lish darajalari ijtimoiy-demografik (yosh, jins, hudud, mehnat tajribasi) omillarning kasbiy «Men»ni differensiasiyasiga ta’siri natijasida muvaffaqiyatni umumiy faollik rakursida idrok etishga bog‘liq kasbiy moslashuv darajasiga identiv namoyon bo‘lishiga ko‘ra aniqlangan;
pedagoglarda pozitiv fikrlashni rivojlantirish modeli faoliyatga nisbatan pessimistik kognisiyalarning optimistik qarashlarga faoliyat intrinsiv motivlar va shaxsiy – kasbiy identifikasiya orqali o‘zgarishi muhimligi tufayli motivasion-kognitiv-ijodiy-ijtimoiy-emosional xususiyatlarning «men muvaffaqiyatli» konstruktiga ko‘ra birligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Pedagoglar faoliyatida pozitiv fikrlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik faoliyat subektlari bo‘lgan o‘qituvchilarning ijtimoiy-psixologik holati asosida, kasbiy munosabatlar va intrapsixik resurslar orqali namoyon bo‘ladigan pozitiv fikrlash darajasi, kognitiv-emotsional barqarorligi, stressga psixologik qarshilik darajasi, ixtiyoriy nazorat va optimistik atributiv uslublar kabi omillar orqali ularning pozitiv fikrlash darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi determinantlar sifatida aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi PM 383-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM 383-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan pedagog psixologlarning pozitiv fikrlashini tadqiq etishning nazariy-uslubiy tahlili hamda zamonaviy tushunchasining mohiyati ochib berilgan va kasbiy rivojlanishdagi  ahamiyati tayanch kompetensiyalarni shakllantirish hamda pozitiv fikrlovchi pedagogning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
    pedagoglar faoliyatida pozitiv fikrlashning namoyon bo‘lish darajalari demografik va kasbiy jihatdan jins, staj, tashkilot, hudud hamda ijtimoiy-psixologik omillar, kasbiy tajriba davomiyligi, genderga xos psixologik xususiyatlar va kasbiy moslashuv darajasi bilan bog‘liqlikda rivojlanishining qiyosiy tahlili dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi PM 383-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM 383-son ma’lumotnomasi).  Natijada,  har tomonlama etuk, pozitiv xarakterga ega bo‘lgan pedagogni kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishishda, pedagogning kasbiy rivojlanish jarayonida, pozitiv fikrlashni o‘rni va ahamiyatining rivojlanishidagi  tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
    pedagoglar faoliyatida pozitiv fikrlashning yuzaga kelishida uchraydigan kasbiy inqiroz omillari, emotsional charchoq, ish unumdorligining pasayishi, motivatsiya etishmasligi, psixovegetativ sindromlar, pedagoglarda negativ atributiv uslublar, pessimistik kognitiv struktura va kasbiy so‘nish holatidagi negativ ta’sirlarga oid ilmiy natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi PM 383-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM 383-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixolog va pedagog kadrlarning pozitiv fikrlashini rivojlantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan; 
pedagoglarda pozitiv fikrlashni keskin susaytirishga bevosita ta’sir etuvchi psixologik omillar emotsional charchoq, hissiy kuyish sindromi sifatida namoyon bo‘lish bilan bir qatorda, pedagogik faoliyatda moslashuv darajasi yuqori bo‘lgan kasbiy moslashuv va optimizm pozisiyasi ilmiy asoslangan bo‘lib, pedagoglarda ijtimoiy aloqalar, tashabbuskorlik va vaziyatni nazorat qila olish kabi sifatlar orqali pozitiv kognitiv-emotsional uslublar, optimizm pozisiyasi bilan pozitiv fikrlash o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik asoslanib, ushbu faktorlarni rivojlantirish imkoniyati mavjud ekanligi isbotlangan natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi PM 383-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM 383-son ma’lumotnomasi).. Natijada, psixolog va pedagog kadrlarning pozitiv fikrlashini rivojlantirish uchun zarur kognitiv-emotsional uslublar, optimizm pozisiyasi bilan pozitiv fikrlash kabi ilmiy-amaliy uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan; 
pedagoglarda pozitiv fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik mexanizmlar asosida  metodikalar ishlab chiqish orqali, yangi ijtimoiy-psixologik mexanizmlar va treninglar shakllantirish natijasida pedagoglarda pozitiv fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan  mexanizmlar samaradorligi asosida muayyan bilim, ko‘nikma va malaka, faol psixologik rivojlanish, ijtimoiy tajriba, shaxsiy identifikatsiya, intensiv rivojlanish, mustaqil kasbiy hayotga tayyorlanish, shaxsiy motiv va ehtiyojlarni anglash, o‘z shaxsiyatining barcha tomonlarini qabul qilish, pozitiv barkamollik, psixologik ma’rifatparvarlik va kompetentlikni oshirishni va pozitiv fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan psixodiagnostik majmuaning «Pozitiv psixologiya» modulning yaratilishi hamda pedagoglar faoliyatida pozitiv fikrlashni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik treningning psixotexnologiyalari O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi PM 383-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM 383-son ma’lumotnomasi).  Natijada, pedagoglarda ayrim muammoli vaziyatlarda ijobiy munosabatni yaratadi, o‘zini rivojlantirishning faol shakllarini qo‘llab-quvvatlaydi, shaxslararo munosabatda ochiqlik va insoniy munosabatni rivojlantiradi hamda ta’limga pozitiv yondoshuv tufayli tinglovchilarining hulq-atvorida ham atrofdagilarga pozitiv munosabatlarni shakllantirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish