Abduvohidova Sabina Zokir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P1284.
Ilmiy rahbar: Muxtarova Aziza Erkinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Badritdinova Madina Baxromovna, psixologiya fanlari doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro  xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishning  psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishida shaxsning nazariy va amaliy axborotlarni o‘rganish orqali faoliyatda natijaga erishishga intilishining maqsadlarni aniq va strategik belgilash ko‘nikmasiga bog‘liqligiga asoslanib, kasbiy o‘sish motivatsiyasi metokognitiv xususiyatlarga ko‘ra psixologik peridiktor ekanligi aniqlangan;  
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishning psixologik xususiyatlari shaxsning ijtimoiy shartlangan metorefleksiv fikrlashini professional identifikatsiyaga bog‘liq shakllanishiga asoslanib vaziyatli, retrospektiv, perspektiv refleksiyaning o‘zaro uyg‘unligiga ko‘ra namoyon bo‘lishi aniqlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning yo‘nalganlik darajasiga ko‘ra shaxsning o‘ziga yo‘nalganligi kasbiy o‘ziga bahoni, pedagogik faoliyatga yo‘nalganlik esa natijadorlikka intilishning kuchliligi bilan ifodalanib, professional funksiyalarning amaliyotda assimilyaisiyalanish dinamikasi kasbiy identifikatsiyani barqarorlashuviga  olib kelishi asoslangan;
 bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishning psixologik modeli refleksiv faoliyat, metakognitiv nazorat, professional yo‘nalganlik va o‘quv-motivatsion mexanizmlarning integral uyg‘unligiga ko‘ra psixik avtoregulyasiyaning dinamik konturlarini belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishida shaxsning nazariy va amaliy axborotlarni o‘rganish orqali faoliyatda natijaga erishishga intilishining maqsadlarni aniq va strategik belgilash ko‘nikmasiga bog‘liqligiga asoslanib, kasbiy o‘sish motivatsiyasi metokognitiv xususiyatlarga ko‘ra psixologik peridiktor ekanligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-422-son buyrug‘i bilan «Rivojlanish psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-422-a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan va tahlil qilingan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishning psixologik xususiyatlari shaxsning ijtimoiy shartlangan metorefleksiv fikrlashini professional identifikatsiyaga bog‘liq shakllanishiga asoslanib vaziyatli, retrospektiv, perspektiv refleksiyaning o‘zaro uyg‘unligiga ko‘ra namoyon bo‘lishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-422-son buyrug‘i bilan «Rivojlanish psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-422-a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishning psixologik mexanizmlarini takomillashtirish dinamikasi o‘rganilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning yo‘nalganlik darajasiga ko‘ra shaxsning o‘ziga yo‘nalganligi kasbiy o‘ziga bahoni, pedagogik faoliyatga yo‘nalganlik esa natijadorlikka intilishning kuchliligi bilan ifodalanib, professional funksiyalarning amaliyotda assimilyaisiyalanish dinamikasi kasbiy identifikatsiyani barqarorlashuviga  olib kelishi asoslanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-422-son buyrug‘i bilan «Rivojlanish psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-422-a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirish darajasini baholash uchun psixologik test va diagnostika usullari ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishning psixologik modeli refleksiv faoliyat, metakognitiv nazorat, professional yo‘nalganlik va o‘quv-motivatsion mexanizmlarning integral uyg‘unligiga ko‘ra psixik avtoregulyasiyaning dinamik konturlarini belgilash asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-422-son buyrug‘i bilan «Rivojlanish psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-422-a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan psixologik treninglar, seminarlar va boshqa pedagogik tadbirlar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish